173
So'nggi bir necha o'n yilliklar ichida sog'liqni saqlash sohasidagi ko'plab
texnologik yutuqlarga qaramay, bugungi kunda bemorlarning kasallik varaqalari
yuritish 50 yil oldingi bemorlarning kasallik varaqalarini yuritishga o‘xshaydi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etib va bemorlarning kasallik varaqalarini
yuritishda avtomatlashtrishgan tizimlardan foydalanilsa mamlakat sog'liqni
saqlash
tizimini takomillashtirishga katta hissa qo'shadi. Bemorlarning avtomatlashtirilgan
tibbiy kasallik varaqasi tibbiyot xodimlariga bemorning kasallik tarixi haqida tezroq
ma'lumot olish shifokor ishini smaradorligini oshiradi.
Bemorlarning kasallik varaqalarini yuritishga qaratilgan birinchi qadam bu
bemorlar yozuvlarini foydalanuvchilarni, uni yaratish va saqlash uchun mavjud
texnologiyalarni va undan foydalanishdagi to'siqlarni sinchkovlik bilan o'rganishdir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining qoʻllanishi ilmiy bilimlarni va amaliy
tajribalarni, ijtimoiy jarayonlarni amalga oshishi hamda
tashkil etishda foydalanish
uchun tartiblashtirish imkonini yaratadi. Oʻz navbatida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarining quyidagi hossalarida oʻz aksini topgan:
Jamiyatning axborot resurslarini faollashtirish va samarali foydalanish
imkoniyatini beradi, bu esa boshqa turdagi resurslarning tejalishiga olib keladi;
Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning muhim intellektual funksiyalarini amalga
oshiradi;
Axborotli
jamiyatning
shakllanishi
davrida
axborotli
jarayonlarni
optimallashtirishni, koʻp hollarda esa avtomatlashtirish imkonini beardi;
Yangi bilimlarni yaratish, toʻplash, tarqatish jarayonlarida asosiy roʻl oʻynaydi
va hokazo.
Muayyan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish uchun uning tuzulishi
uch qismdan iborat boʻlishi talab qilinadi:
Texnik vositalar majmuidan – hisoblash, kommunikatsiya
va tashkiliy texnik
vositalardan iborat;
Dasturiy vositalar tizimidan – system va programm taʻminotidan iborat;
Tashkiliy-uslubiy taʻminot tizimidan – muaayyan avtomatlashtirilgan axborotli
tizimdan foydalanish uchun boshqaruv va texnik hodimlarga moʻljallangan meyoriy-
uslubiy va qoʻllanma hujjatlardan iborat.
Shu jarayonlarni hisobga olgan holda tibbiyot muassasalrida bemorlarni shaxsiy
kasallik varaqalarini yuritishda avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish juda
muxum va samarali.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi bemorlar anketasini avtomatlashtirilgan
tizimini yaratishdan iborat. Asosiy vazifasi bemor saytga kirib oʻzi uchun qulay
boʻlgan tibbiyot muassasasini tanlab boʻlgandan keyin oʻzi tanlagan shifokorni
qabuliga shifokorning vaqtiga qarab yoziladi va birinchi koʻrikdan soʻng
tizim
avtomatik ravishda anketani toʻldiradi. Bemor saytdan foydalanish uchun oldin
registratsiyadan oʻtadi va oʻzi uchun login parol oladi. Ushbu login va parol orqali
foydalanuvchi hohlagan vaqtda satyga kirib sayt yangiliklaridan xabardor boʻlishi va
davolanishga extiyoj sezsa shifokorlarni reytingi boʻyicha tanlashi mumkin yoki oʻzi
yashab turgan hududga yaqin boʻlgan joydan shifoxonani tanlashi mumkin.
174
Tizim uchun qoʻyilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
• Bemorlarning shifokorlar qabuliga on-line yozilishini taʻminlash;
• Bemorlar ankatasini avtomatik shakllantirish;
• Bemorlar anketasiga ixtiyoriy vaqtda murojaat qilishni taʻminlash;
• Bemorlar anketasidan kerakli alomatlar boʻyicha izlashni taʻminlash;
• Tizimning tarmoqda ishlashini taʻminlash;
• Foydalanuvchi modullarini ishlab chiqish;
• Shifokorlarga qulay boʻlishi uchun bemorning kasallik tarixi maʻlumotlarini
qidirish va koʻrish imkoniyatini yaratish;
• Foydalanuvchilarga shifokorni tanlash uchun shifokorlar reytingini hosil qilish,
reyting davolangan bemorlar izohi orqali amalga oshiriladi.
Masalaning qoʻyilishidan kelib chiqqan holda quyidagi masala ostilarini tahlil
qilish va amalga oshirish talab qilinadi:
-
Tizim uchun berilganlar bazasi jadvallarini aniqlash va tahlil qilish;
-
Tizimning modullarini aniqlash;
-
Tizimning dizaynini ishlab chiqish;
-
Shifokorlar bilan ishlashni tashkillashtirish;
-
Bemorlar bilan ishlashni tashkillashtirish;
-
Hisobotlar koʻrinishini belgilash;
-
Hisobotlarni taqdim etish modulini ishlab chiqish.
-
Boshlangʻich maʻlumotlar bilan tizimning ishlashini tahlil qilish va toʻgʻirlash.
Do'stlaringiz bilan baham: