O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim o’g’li -



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Maxamatkarimov Muzaffar Abdukarim o’g’li - 
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi 


128 
oluvchi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash zarur hisoblanadi. Hozirda jahon 
miqyosida vaziyat qanday tez o’zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida siyosiy ahvol 
tobora keskin tus olayotgani, turli qarama-qarshiliklar, mojaro va qonli to’qnashuvlar 
tez-tez ro’y berayotgani, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora 
ortib borayotgani, yaqin yon-atrofimizda davom etayotgan harbiy to’qnashuvlar bizda 
chuqur tashvish va xavotir uyg’otmasdan qolmaydi. 
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ta’biri bilan aytganda “Bugungi kunda 
dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va 
ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo’lishni 
talab etmoqda” [1, 9-b]. Globallashuv sharoitida qurolli kuchlarimizga har qanday 
vaziyatga tayyor, ham jismonan, ham ma’nan yetuk harbiy mutahassislarni yetkazib 
berish, harbiy sohani rivojlantirishda dunyo tajribasidan samarali foydalanish, 
birinchi navbatda tinchlikparvar kuchlarning zamonaviy harbiy-texnik salohiyati, 
kadrlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishish, chet el davlatlari bilan samarali 
hamkorlikni yo’lga qo’yish va malaka oshirish, tajriba almashish ishlari namunali 
yo’lga qo’yilishini ta’minlash ham bugungi kun talabi bo’lib qolmoqda. 
Dunyo shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning 
ma’naviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bo’lgan, yot va 
buzg’unchi g’oyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yo’llar bilan singdirishga qaratilgan 
urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin 
kurash ketayotgan bir sharoitda, Vatan himoyasiga shay turgan yoshlarimizni 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarini oshirish 
nafaqat harbiy tizimida xizmat qilayotgan mutahassislar, balki, har bir 
fuqarolarimizning burchi bo’lishi zarur. Harbiy ekspertlarning bergan ma’lumotlariga 
ko’ra, XXI asrda ana shunday axborot hurujlari bilan shug’ullanish orqali 
mamlakatlar xavfsizligiga tahdid solish, noqonuniy ishlar bilan shug’ullanish, katta 
pul miqdorlarining bir mamlakatdan ikkinchisiga o’tib ketaverishi o’ziga xos 
axborot-psixologik urushining yaqinlashib kelayotganligidan, uning quroli – aynan 
axborot va psixologik ta’sir ekanligini ta’kidlamoqdalar. Bu holat psixologlar oldiga, 
jumladan, ijtimoiy psixologiya oldiga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi [3, 143-b.]. 


129 
Shunday ekan, harbiy sohaning bu tahdidlardan holi etish harbiy pedagogikaning eng 
ustuvor maqsadi bo’lib qolaveradi. 
Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev “Mamlakatimizning konstitutsiyaviy 
tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va 
barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning bosh garovidir... 
Qurolli Kuchlarimizda jangovar ruhni yuksaltirish, askar va ofitserlarimizni jismoniy 
va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz 
kerak” [2, 39-b.] deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas. 
Har qanday islohotlarning amalga oshirilishi avvalo bajarilishi zarur bo’lgan 
vazifalarni udalay oladigan kadrlarni tanlash bilan belgilanadi. Zamonaviy harbiy 
bilim va ko’nikmaga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning jismoniy va aqliy 
tayyorgarligi bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy salohiyatlarini ham 
oshirish bugungi kunning talabi bo’lib qolmoqda. 
Harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarning har tomonlama yetukligi 
bevosita ularning psixologik imkoniyatlari bilan o’lchanadi. Auditoriya sharoitida 
nazariy bilimlarni puxta egallagan kadrlar dala-o’quv mashg’ulotlarida o’zlarini 
ko’rsata olishlari, turli sharoit va vaziyatlarga ruhan tayyor bo’lishlari zarur. 
Ushbu ishlar dasturlari o’z doirasiga quyidagi vazifalarni qamrab olishi tavsiya 
etiladi: 
Harbiy xizmatga yoki o’quv yurtiga qabul qilingan yoshlarning kasbiy 
motivatsiyasini o’rganish va chuqur tahlil etish.
Bu dasturning birinchi bosqichini o’z 
ichiga oladi va kadrlar joylashuvini oldindan prognoz qilish imkonini beradi. Qabul 
qilinuvchilarning harbiy sohaga qay darajada qiziqishi va layoqatini aniqlovchi 
maxsus baholash mezonlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish nazarda tutiladi. 
Bu o’z o’rnida kadrlar tayyorlash tizimi sifatini yanada oshiradi. Kasbiy 
motivatsiyani baholash mezoni o’z yurtiga va xizmat vazifasiga sadoqatli kadrlarni 
saralab olish imkoniyatlarini oshirishi bilan ham ahamiyatli bo’ladi. 
Harbiylarning nafaqat jismonan, balki ruhiy tayyorgarliklarini ham hisobga 
olgan holda ta’lim yo’nalishlarga taqsimlash. 
Bu dasturning ikkinchi bosqichi bo’lib, 
ushbu jarayonda harbiy ta’lim-tarbiya asosida rahbar yoki harbiy qo’mondonlik 


130 
tomonidan topshirilgan vazifalarni so’zsiz bajarishga bo’lgan layoqatini, intizomlilik 
va sadoqat tamoyillarini nazarda tutish kerak. Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash 
ishlarida zamonaviy innovatsion metodlarni barcha harbiy xizmatchilar uchun bir xil 
olib borilishini ta’minlashga ham e’tibor qaratiladi. 
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida harbiyning psixologik holatini bevosita 
kuzatib boruvchi mexanizmlarni tadbiq etish.
Harbiy bo’linmaning kichik 
guruhlaridan namunaviy qismlarni tanlab olgan holda ularning dala mashg’ulotlari va 
ko’rgazmali namoyishlardan avval va keyingi holatlarini o’rganish, shaxsiy 
tashabbuskorlik, guruhiy ahillik, quroldosh do’stlar bilan samimiy munosabatlarning 
tizimli monitoring qiluvchi metodikalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Bundan 
kutiladigan eng katta natija harbiy sohada ruhiy sog’lom muhitni real baholash va 
kelgusidagi o’zgarishlarni prognozlash imkoniyati yaratilishidir. 
Dala-o’quv mashg’ulotlarida harbiylarga psixologik xizmat ko’rsatishni tashkil 
etish.
 
Bunda harbiylarni o’z jangovar tayyorgarligini to’liq namoyon eta olishi, qurol-
aslaha bilan ishlash layoqati hamda ro’y berishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarga 
qay darajada tayyor ekanligi hisobga olinishi zarur. Bu borada uzoq muddatli va 
puhta o’ylangan yagona dastur asosida harbiy psixolog kadrlarni tayyorlashni 
jadallashtirish nazarda tutiladi. 
Yuqorida ilgari surilgan takliflar ijrosi albatta uzoq muddatga mo’ljallangan 
bo’lib, kerakli o’quv materiallarini chop etish, ta’lim maskanlarida axborot resurs 
markazlarini yangi o’quv adabiyotlari bilan boyitish ishlarini ham markazlashtirish, 
bu borada ajdodlarimizning tarixiy asarlarini, xorij mutaxassislari ilmiy 
qo’llanmalarini ishlab chiqish ishlarini ham jadallashtirish taklif etiladi. Harbiy 
ta’limda innovatsion yangiliklarni keng qo’llash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash, ularni o’z Vatani – O’zbekiston Respublikasini himoya qilishdagi 
burchlarini bajarishga har tomonlama tayyorlash – harbiy o’quv yurtlari pedagogik 
jamoalarining muhim vazifasi bo’lib qolaveradi. 
Pedagogika harbiy ta’lim va xizmatning uzviy bog’liqligini ta’minlagan holda 
quyidagi tamoyillarga asoslanishini ko’rishimiz mumkin: 


131 
- harbiy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan boshqa fanlar bilan birgalikda, 
talabalarni milliy va baynalminal ruhda tarbiyalashni kuchaytirish; 
- mehnatsevar, o’z Vatani uchun har qanday oliyjanoblik, jasorat va 
qahramonlikka tayyor yosh avlodni tarbiyalay oladigan o’qituvchi- murabbiylik 
xislatlarini rivojlantirish; 
- talabalarning ma’naviy tarbiyasini nazariy-amaliy bilimlar bilan qurollantirish, 
tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va o’tkazish, pedagogik malaka va ko’nikmalarni 
shakllantirish; 
- xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga, tiliga, diniy 
qadriyatlariga mos g’oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka ishonch, mehr-
muhabbat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini singdirish kabilar bo’lishi 
lozim. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish