O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Ziyayev F., Xolbekov A.
 – Toshkent moliya instituti


119 
Manguberdiga vazir etib tayinlandi. Biroq, sulton o’g’lini juda yaxshi ko’rgani uchun 
uni o’z yonida, markazda qoldirdi va uning o’rniga Malikni yuborishni maqsadga 
muvofiq deb bildi. 
Garchi Jaloliddin Manguberdini otasi yaxshi ko’rgan va markazda, yonida olib 
qolgan bo’lsada, otasining vorisi bo’lish borasida uning imkoniyatlari buvisi
Turkon xotun tomonidan kamaytirilayotgan edi. Turkon xotun imperiya armiyasida 
o’z urug’idan bo’lgan qang’li-qipchoqlarga keng imkon yaratib, o’z niyatini amalga 
oshirish uchun sharoit hozirlashga erishdi. U o’z yaqinlaridan bo’lgan amirlarini 
qo’shinga qo’mondon qilib tayinlangan edi. Ana shu darajada katta nufuz va qudrat 
sohibi bo’lgan Turkon xotun valiahdlik masalasida ham o’z so’zini o’tkaza oldi. 
Turkon xotun o’z urug’idan bo’lgan qang’li malikadan tug’ilgan Uzloqshohni valiahd 
tayin ettirdi. Uzloqshohga Xorazm, Xuroson va Mozandaron singari eng muhim 
viloyatlar berildi. 
Jaloliddin Manguberdi otasining g’arbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasur 
jangchi, iqtidorli sarkardalik qobilyatlarini namoyish etgan. Masalan, Irg’iz daryosi 
bo’yidagi jangda musulmon qo’shinining o’ng qanotiga Jaloliddin Manguberdi bosh 
bo’lgan (1216), uning jasorati tufayli Xorazmshoh qo’shini mag’lubiyatdan qutilib 
qolgan. Mo’g’ullarning jangdagi jasorati Xorazmshohga katta ta’sir ko’rsatgan, bu 
esa keyinchalik ular bilan ochiq maydonda urishishdan qochishga va oxir-oqibat
saltanatning halokatiga sababchi bo’lgan. 
Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrga bostirib kirib 
birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida Xorazmshoh 
Muhammad Kasbiy dengizi bo’yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur 
ada orolidan panoh topdi. Orolda Muhammad Xorazmshohning kasali zo’raygandan 
keyin va onasi asirlikka olinganini eshitib u Jaloliddin Manguberdi hamda o’sha 
paytda orolda bo’lgan uning ukalari - O’zlog’shoh va Oqshohni huzuriga chaqiradi. 
Va ularga qarata: “Mamlakatda hukmronlik iplari uzildi, davlat asoslari kuchsizlandi 
va emirildi. Bu dushmanning asl maqsadlari nima ekanligi ayon bo’ldi: uning 
tirnoqlari va tishlari mamlakat badaniga qattiq botdi. Men uchun ulardan qasosni 
faqat o’g’lim Manguberdi olishi mumkin. Shu uchun, mana, uni taxt vorisi qilib 


120 
tayinlamoqchiman. Sizlar ikkalangiz esa unga bo’ysunishingiz va amriga quloq 
osishlaringiz kerak”. Shundan keyin u qilichini o’z qo’li bilan Jaloliddinning beliga 
osib qo’ydi. Bu voqeadan bir necha kun o’tgach bandalikni bajo keltirdi. 
Totorlar Sultonga hujum qilishgan. Uning asir qilib olingan safdoshlari 
totorlarga, qochganlar orasida Sulton ham borligi haqida ma’lumot beradi. Totorlar 
uni ketidan ta’qib etish uchun o’n beshta otliqni yuboradi. Bulardan ikkitasi uning 
ketidan quvib etadi, lekin Sulton ularni o’ldiradi, boshqalari esa uni tutishdan umidini 
uzib orqaga qaytishadi. Shundan so’ng Sulton toqqa ko’tariladi. Tog’ yo’llarida esa 
qurdlar talonchilik maqsadida pistirmalar qurgan edilar. Ular, Sultonni tutib olishadi 
va bor narsalarini tortib oladilar. Ular Sultonni o’ldirishmoqchi bo’lishganda: “Men, 
haqiqatdan ham Sultonman, taqdirimni hal qilishga shoshma, sen uchun bir necha 
imkoniyatlar bor: xohlasang meni al-Malik al-Muzaffar Shihobiddin huzuriga olib 
bor, u seni taqdirlaydi, xohlasang men bilan qo’l ostimdagi mamlakatlardan biriga 
yur, seni bek qilib tayinlayman, eng badavlat odamlardan biriga aylanasan”, deydi. 
Bosqinchilar yo’lboshchisi uni Sulton mamlakatlaridan biriga olib borishga 
ko’nadi. Shu uchun u Sultonni urug’-aymoqlari yashaydigan chodirga olib boradi va 
uni xotini yonida qoldiradi. O’zi esa toqqa ot olib kelish uchun ketadi.Shu paytda 
qo’liga nayza ushlagan bir qurd kirib keladi. U ayoldan: “Bu xorazmlik kim? Nega 
uni o’ldirishmadi? deb so’raydi. Ayol unga: “uning kimligini aytishmadi, ammo erim 
uni Sulton deb rahm-shafqat qildi,” deydi. Shunda qurd unga: “Sizlar uning 
Sultonligiga ishondingizlarmi? U Sulton emas. Hilotda mening bundan yuz chandon 
yaxshi bo’lgan ukam o’lib ketdi. Bu nima bo’libdi”, deydi va nayzani unga shunday 
sanchadiki, boshqa nayza sanchishga zarurat qolmaydi. 
Shunday qilib bu yovuz kimsa so’z bilan ifodalab bo’lmas jinoyatga qo’l uradi, 
zaminni ulug’ insonning qoni bilan bo’yadi. U bu qilmishi bilan barcha qalblarda 
og’riq uyg’otdi, go’yo hayot otlig’ sharbatni to’kib nobud qildi. U tufayli islom 
binosi vayron bo’ldi. U qancha ulkalar, mamlakatlarda ayovsiz janglarda qatnashdi, 
o’limlarga chap berdi, musibatlardan xalos bo’ldi. Ammo hayot bilan vidolashish 
mavridi kelganda bu qudratli arslon nochor tulki panjalari ostida jon berdi. 


121 
O’zbekiston hukumati 1998 yilda Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul
bosqinlariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o’z xalqiga 
sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish 
maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” 
Qaror qabul qildi. Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga 
haykal o’rnatildi, yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalariga uning nomi qo’yildi. 
2000 yil 30 avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish