114
Vatanparvar shaxsning psixologik komponentlari asosiy ikki sohasi uning
makonda, zamonda, vaziyatda, holatda individual tipologik kelib chiqishiga muvofiq
ravishda ishtirok etadi. Mazkur yondashuvning ushbu ikki sohasi shaxsning tipologik
xususiyatlari bilan bog’liqligi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. Chunki har bir
individ, shaxs biri ikkinchisini takrorlamaydigan fenomen, jumboq sifatida
qolaveradi. Bu esa psixologiyada doimiy ilmiy yondashuvlar ketma-ketligini vujudga
keltiruvchi asosiy omildir. Biroq mazkur vaziyat shaxs tarkibiy tuzilmasini tadqiq
etishda cheklovlarni belgilamaydi.
Aynan psixologiya sohasining tadqiqot ob’ekti turlicha
xarakter xususiyatga
ega inson bo’lgani kabi fanda yondashuv ham turli mutaxassislar tomonidan turlicha
idrok etiladi [2, 117-b]. Boshqa tabiiy va aniq fanlardan holi psixologiya sohasida
tadqiqotchi izlanuvchi, ilmiy xodim yangicha qarash, yangicha yondoshuvni
shakllantirishda
empirik xulosalarga asoslanadi, chunki psixologiya fani ob’ekti
shaxsning o’zi bo’lishi, bu tadqiqotchi shaxsning materialistik yondashuvida
cheklovlarni belgilashi ehtimoli mavjud, aksincha empirik faktorlar qanchalik ustuvor
ahamiyatga ega bo’lsa, farazning mazmun-mohiyati yangilik sifatida shunchalik keng
qamrovga ega. Vatanparvar shaxsning o’z-o’ziga munosabati shaxslararo ob’ekt
emas, aksincha ob’ektlararo sub’ektdir, o’z-o’ziga munosabat turli insonlarda turlicha
kechadi, muammoning ayni shu sohasi ko’proq tadqiq qilinishi lozim.
Demak, vatanparvar shaxsning o’z-o’ziga munosabatida uning fiziologiyasi,
individual tipologik xususiyatlari, temperamenti ham tadqiq doirasida bo’lishi kerak.
Shaxsning daslabki individual namoyon bo’ladigan belgilarining asl mohiyati
o’rganilsa, malumki, muammoning ko’lami irsiy belgilarga tutashadi. Hozirgi zamon
nuqtai nazari bilan aytganda, sog’lom onadan sog’lom bola tug’iladi. Shaxsni doim
biologik, fiziologik, psixologik takomillashib boruvchi ruhan to’liqsiz makro va
mikro biologik tabiiy qurilma deb olsak, demakki, takomillashuv jarayonining ham
psixospektor boshlang’ich nuqtasi va kulminatsion yakuniy nuqtasi mavjud. Shaxs
takomillashuvi jarayonining ishga tushishi ichki
regulyatsiyasi rivojlanish
dinamikasiga ta’sir etuvchi dastlabki faktor bu psixogenetik irsiy belgilardir [3, 127-
b]. Irsiy belgilar nasldan naslga beriluvchi tabiiy tanlanish natijasida bosh miya katta
115
yarimsharlar po’stlog’i ostida psixokompleks markazlarning psixofiziologik izlari,
belgilarning tutilib qolishi va irsiylanish jarayonida faol ishtirok etishi deyish
mumkin.
Ma’lumki, endigina tuxumdan ochib chiqqan qushning bolasi birdaniga qanot
yozib ucholmaydi, uning qanot yozib uchishi uchun 20 kun yoki undan ko’proq vaqt
kerak bo’ladi, bu jarayonda polaponning shunchaki qanotlari o’sib chiqishi
uchungina vaqt kerak xolos, muammoning mohiyati esa o’sha
uchar qanotlarning
shakllanishiga necha milliard yillar kerak bo’lgan, degan savol bilan ochiladi va
barchani birdek qiziqtiradi. Agar holatni boshqacharoq tarzga o’zgartirsak, ya’ni unga
monand insonlarning ongu tafakkuri misolida ko’rib chiqsak, savollar murakkab tus
oladi. Demak, shaxs azaliy to’liq bo’lmagan to’liqsiz mavjudod, uning to’liq shaxsga
aylanishi uchun muqarrar vaqt belgilangan bo’lib, qisqa fursat ichida va asrlar osha
cheksiz kutilmalar ketma-ketligi hamohangligida takomillashib boraveradi.
Modomiki shunday ekan aytish lozimki, insoniyat ongu tafakkurining aniq
belgilangan
chegarasi mavjud emas, biroq turlicha qarashlar, beo’xshov xatti-
harakatlari, jabhalari mavjud. Xulosa shuki, vatanparvar shaxsning o’z-o’ziga
munosabatini tadqiq etishda uning qanaqa yo’sinda ekanligiga emas, rivojlanib tarkib
topishi, o’sish sur’ati va takomillashib borishi bilan bog’liq davriy qonuniyatlari
hamda printsiplariga ko’proq diqqatni jamlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: