107
Zero, Birinchi Prezident I.Karimov aytganlaridek: “Bobur biz uchun tom ma’nodagi
buyuk madaniyat, oliy darajadagi sharqona odob va axloq timsolidir”.
Boburning Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, u
ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari ta’sirida umidsizlikka tushgan kezlardagi
kayfiyati she’rlarida yorqin aks etgan. Keyinchalik o’z yurtini tark etib, Afg’oniston
va Hindistonga yuz tutganda Bobur she’riyatida Vatan tuyg’usi, Vatan sog’inchi,
unga qaytish umidi mavj ura boshlaganligini quyidagi misralarda ko’rishimiz
mumkin:
Tole’ yo’qki jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi,
O’z erni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netay, ne yuz qorolig’ bo’ldi.
Ushbu misralarda Bobur o’z yurtini tark etishga majbur bo’lib, ayriliq va
sog’inch hissi bilan o’z ona yurti, ota makonidan yiroqda yashab o’tkazgan
har bir
kunining firoqli dardini yuksak darajada aks ettirgan. Shu bilan birga Bobur lirikasida
she’riyatning asosiy mazmuni bo’lgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go’zalligi,
unga cheksiz muhabbat, hijron azobi, ayriliq alamlari va visol quvonchlari nihoyatda
go’zal va mohirona ifoda etilgan. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol
va hijron mavzui ham salmoqli o’rin tutadi. Uning g’azal va ruboiylarida, tuyuq va
masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go’zalligi, beqiyos husnu latofati, Sharqona
odobu axloqi, nozu-karashmasi yengil va o’ynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta
mahorat bilan tarannum etiladi [3: 91].
Ma’lumki, har bir yozuvchi-shoir o’zining tanlagan yo’li, shu bilan birga unga
ilhom bag’ishlab turuvchi, o’z sevgan yori bo’ladi va ana shu yor vasliga she’r va
g’azallar bitadi. Bobur ham ana shunday “san’at”dan
unumli foydalana olgan
ijodkordir, uning sevgi haqidagi har bir misralari nafaqat sevishgan qalblar uchun,
balki har bir kitobxon qalbida sevgining naqadar buyukligini, sevgan inson har
narsaga qodir bo’lishligini va eng muhimi, sevgi yo’lida zahmat chekishning ham o’z
tarovati borligiga urg’u beradi.
108
Qilmadi Farhodu Majnun o’zni rasvo men kabi —
Kim, bu nav’ ish — ish emastur hech oqil qilg’udek.
Ul pari ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,
Ishq atvorini ishq ahlig’a mushkil qilg’udek.
Bobur o’z lirik she’rlarida
har doim odamlarni yaxshilikka, ezgulik, adolat,
insonparvarlik, yuksak insoniy tuyg’ularni qadrlashga, yomonlikdan hech bir naf’
yo’qligini ko’p marotaba ta’kidlab o’tgan:
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko’rmag’ay yomonlig’ hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.
Davlatni boshqarish sohasida ham, adabiyotda ham alohida mavqe’ga ega
bo’lgan bu zot juda ko’p ibratli pand-nasihatlar, insoniy fazilatlarni shakllantiruvchi,
mol-dunyo, hokimiyat to’plab hech kim o’zi bilan olib keta olmasligini ta’kidlaydi,
Bobur aforizmlari bilan ham mashhurdir.
Jumladan, uning:
“Giriftem olam ba mardiyu-zo’r,
Lek, naburdem bo xud bago’r”
Ma’nosi: (“Butun olamni mardlik va zo’rlik bilan qo’lga kirita oldik, lekin go’rga
o’zimiz bilan hech narsa olib ketolmadik”),
Davlat uchun o’zingni zor etma,
Izzat uchun o’zingni xor etma.
Bobur yuqoridagi satrni Qosimbekka aytgan. Ma’lumki, Bobur Toshkentga
kelganida, uning tog’asi Mahmudxon uni yaxshi
kutib olmaydi va mensimaydi,
aksincha, Shayboniyxon yuborgan elchi bilan shatranj o’ynab, elchiga yuqoridan,
Boburga esa pastdan joy berganligi uchun ham ushbu satrlar bunyod bo’lgan [2: 286].
Shoirning adabiyot sahnasidan o’rin olgan shoh asarlaridan yana biri uning
“Vaqoe’”sidir. O’sha davrda katta obro’ga ega bo’lgan buyuk tarixchi va yozuvchi
Hirotlik Xondamir uning mazkur asari bilan tanishib chiqqandan so’ng:
109
“Uslubingizdagi nafis bir soddalik qarshisida mening shoirona yuksak bir uslubim
ortiqcha bir takallufdek tuyuldi”
, deb, yozib qoldiradi [1: 44].
Ulug’ shoir Bobur “Vaqoe’”sida haqiqiy va chin sevgi
borasida juda qimmatli
va ibratli gaplarni yozib qoldiradi, so’z sehridan yuksak darajada foydalanadi, tabiat
manzaralari bilan qiyoslaydi. Jumaladan, u ilk muhabbati Mohimbegimga yuzlanib,
“Mening sizga intilishim – tog’ daryosining yuqoridan pastga qarab otilishiga
o’xshaydi. Bu daryoni orqaga qaytarish hech kimning qo’lidan kelmaydi”,
deganida,
fikrimiz o’z isbotini topadi. Bunga javoban esa, sevgi
va sadoqat alomati sifatida,
Bobur podsholik udumiga yon berib, Mohimbegim ustiga yana ikki xotin olgan
bo’lsa ham, Mohimbegim buni bag’rikenglik bilan kechirgani, yana o’zini unga
shunchalik fido qilgani tengsiz bir muhabbat va sadoqat nishonlari sifatida namoyon
bo’ladi.
Istiqlol yillarida Bobur o’z yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidentining farmoniga ko’ra, 1993-yilda Bobur
tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon
shahrida Bobur nomida
universitet, teatr, kutubxona, milliy bog’ («Bog’i Bobur») bor. Bobur milliy bog’i
majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi
bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bog’idagi yodgorlik majmuida shoirga
haykal o’rnatildi. Andijondagi markaziy ko’chalardan biriga, shuningdek
Toshkentdagi istirohat bog’i va ko’chaga, Andijon viloyati,
Xonobod shahridagi
istirohat bog’iga Bobur nomi berildi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur
nomidagi medali ta’sis etildi. 1993-yil 23-dekabr kuni Xalqaro Bobur jamg’armasi
tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining murakkab hayoti
va ijodi bilan yoshlarni har doim yaxshilik va fidoiylikka, mardlik va oliyjanoblikka
undaydi. Bu esa yosh avlod qalbida ajdodlardan faxrlanish, o’rnak olish kabi
sharqona insoniylik fazilatlarini yanada rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: