103
o‘sha davrlarda ham xuddi bugungidek muhim hisoblangan. Bu qadimiy merosni
o‘rganish, uning bugungi kun uchun foydali tomonlarini o‘zlashtirish bilan yoshlar
qalbida vatanni sevish va uning muhofazasi uchun xizmat qilishga bo‘lgan prinsipial
pozitsiya, siyosiy iroda va azm-u shijoatni uyg‘otish mumkin.
Hozirgi davrgacha bo‘lgan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni o‘rganishda
tarixiy asarlar yaqindan yordam beradi,
shuningdek, davlat va uning xavfsizligi,
vatanni himoya qilish g‘oyalari badiiy asarlarda ham batafsil yoritilgan. Chunonchi,
XI asrda (taxminan 1069-1070-yillar) yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u
bilig” asarida mamlakatni idora etish tartibiga alohida diqqat qaratilib, lashkar va xos
yigitlar (ya’ni soqchilar) qanday xislatlarga ega bo‘lishi lozimligi yuksak badiiy
mahorat bilan she’riy tarzda qalamga olingan. Asarning “Qo‘shin boshlig‘iga kerak
ko‘p qiliq” bo‘limida lashkarboshi uchun zarur bo‘lgan xislatlar sanab o‘tiladi.
Adibning yozishicha, askarlarga bosh bo‘lgan kishi dovyurak, hushyor, jasoratli,
qattiqqo‘l, talabchan va rostgo‘y bo‘lmog‘i shart. Shundagina uning qo‘l ostidagilar
undan o‘rnak olishadi. Lekin u yuraksiz bo‘lsa, butun boshli qo‘shinga ta’sir
o‘tkazadi. Qo‘shinning mustahkam bo‘lishi tinchlikka erishishga bo‘lgan ishonchning
asosiy mezonidir. Yusuf Xos Hojib lashkarboshiga qo‘shinni
boshqarish va uning
mustahkam bo‘lmog‘i masalasida shunday maslahat beradi:
“Ishonchli kishilarni
lashkar saflarining oldi va orqasiga qo‘y”
[3, 61-b]. Yusuf Xos Hojib qudratli davlat
asosini “
kuchli lashkar, kuchli lashkarni saqlash uchun ko‘p boylik, ko‘p boylikni
to‘plash uchun badavlat xalq, boy-badavlat xalqqa ega bo‘lish uchun adolatli
siyosat
”da deb biladi [4, 66-b]. Albatta, bu singari fikrlar o‘n asrdan buyon
ahamiyatini yo‘qotmasdan yashab kelmoqda. Shu jumladan, javonmardlik g‘oyasini
ilgari surgan, Pahlavon nomi bilan Eron-u Hindistongacha
tanilgan Pahlavon
Mahmud ruboiylarida ham zohirda mardlik va jasurlikni, botinda ma’rifatni kashf
etish targ‘ib etilgan:
“Qora tosh sira ham bo‘lmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard,
Quloq solgin Puryoyvaliy so‘ziga,
Qo‘rqoqlardan biron chiqqanmidi mard.”
[5, 126-b]
104
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida buyuk ajdodlarimizning mana shunday
qimmatli mulohazalari aks etgan asarlarini o‘qitish orqali vatanni himoya qilish ulug‘
bir vazifa ekanligini, buning uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozimligini yosh
avlodning qalbi va shuuriga singdirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Chunki har bir
inson xalq tinchligi yo‘lidagi xizmatni qalban his etsa, bu vazifani to‘laligicha ado
etishga harakat qiladi. Mana shunday badiiy ta’sirchan asarlar orqaligina qalbga kirib
borish mumkin. “Qutadg‘u bilig” dostonidan namunalarning umumta’lim maktablari
8-sinfida o‘qitilishi, Pahlavon Mahmudning javonmardlik g‘oyalarini tarannum
etuvchi ijodi bilan akademik litseylarning birinchi
bosqichida tanishtirilishi
yoshlardagi jasorat va mardlik tuyg‘ularini, Vatanni himoya qilish istagini
shakllantirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri ekanligi quvonarli hodisadir.
Boshqaruv ishlarida har jihatdan oqilona siyosat olib borgan Sohibqiron Amir
Temurning “Temur tuzuklari” asarida sipohlar, lashkarlarning faoliyatini tashkil
etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Buyuk bobomiz saltanatning intizomini
ta’minlashda o‘n ikkita qonun-qoida belgilab qo‘yganini, bu qonunlarni bajarishda
ham o‘n ikki toifaga suyanishini e‘tirof etadi. Ahamiyatga
molik jihati shundaki,
sipohsolorlar, lashkarlarni to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda eng ishonchli kishilar
sifatida sanab o‘tadi:
“To‘rtinchi toifa – amirlar, sarxanglar, sipohsolorlarga
majlisimdan o‘rin berib, martabalarini yuqori ko‘tardim. Ular bilan suhbatlashib,
maslahatlar oldim. Sipohgarlik ishlarida ularga tayanib, ulardan kengash tilar edim.
Beshinchi toifa – sipoh va raiyat bo‘lib, har ikkisig‘a bir ko‘z bilan qaradim.
Sipohiylardan chiqqan bahodirlar, dovyuraklarg‘a maxsus faxrli o‘tog‘a, kamar va
tarkash raqdim etib, martabalarini ko‘tardim...”
[6, 65-b]. Temuriylar saltanatining
asoschisi Amir Temurning askar va uning qo‘mondoniga bo‘lgan e’tibori, ishonchi
hamda minnatdorlikni e’tirof etuvchi faxriy unvon va sovg‘alari haqidagi
ma’lumotlarni o‘qir ekanmiz, hozirgi kunda ham mustaqil O‘zbekistonimizda jasorat
ko‘rsatgan yoki yutuqlarga sazovor bo‘lgan harbiylar uchun “Mustaqillik”, “Amir
Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari
uchun” kabi medallarni tashkil etish zaminida Amir Temur boshqaruviga
tayanilganligi ko‘nglimizni yanada g‘ururga to‘ldiradi. Shuningdek,
Prezidentimiz
105
Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi Farmoniga muvofiq harbiy ta’lim
muassasalariga “Temurbeklar maktabi” nomining berilishi davlatimiz tomonidan
harbiy sohaga nisbatan berilayotgan asosiy e’tiborlardan biri sanaladi. Darhaqiqat,
yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, yurt himoyachilarining
xizmatlarini munosib rag‘batlantirish yo‘lida bunday orden va medallarning ta’sis
etilishi ularga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom namunasidir.
Demak,
tinchligimizning
posboni
hisoblangan
yurt
himoyachilarini
tarbiyalashda, ularni vatan tayanchi qilib yetishtirishda tarixiy,
badiiy merosdan
foydalanish yo‘lidan borish davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan bo‘lib
qolaveradi. Zero, Sharq allomalarining tarixiy merosi, ularning zamonaviy
sivilizatsiya rivojidagi o‘rni, ya’ni barcha milliy qadriyatlarimiz va milliy ruhimiz
mumtoz adabiyotimizda o‘z ifodasini topgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, milliy ruh yengilmas kuchdir. Milliy ruh kuchli bo‘lsa, iroda,
vatanparvarlik va milliy g‘urur ham yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: