O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

To’xtayeva Dilorom Akromjon qizi
 - Andijon davlat universiteti


84 
uchun jonini ayamagan insonlarning hayot yo’li va faoliyatini o’rganish hamda 
vatanparvarlik maktabi tarbiyasidan o’rnak olishni yo’lga qo’yish bugungi davr 
talabidir.
Xalqimizning uzoq o’tmishi, dunyoqarashi, Vatanga muhabbati va sadoqati, 
bosqinchilarga qarshi nafratidan bizga darak berib kelayotgan solnomalaridan biri 
Urxun-Enisey yodgorliklaridir
.
Bu turkiy tilda bitilgan yozma bitik VI-VIII asrlarda 
yaratilgan. Ushbu bitikda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi mardonavor 
kurashlari, Tunyukuk kabi turkiy beklarning dovyurakligi, xalq oldidagi xizmatlari
jasur va mardligi, aqlli, tadbirkor inson ekanligi haqida hikoya qilinadi.
Muqaddas islom dinida ham iymon tushunchasidan keyin «Vatan» 
tushunchasining ifodalanishi bejiz emas. Zero, “Vatanni sevmoq iymondandir”, 
degan mashhur hadisning zamirida olam-olam ma’no bor.
Millat taqdiri bilan yashash, Vatanga e’tiqod, adolat, insoniylik tuyg’usi 
yuksak darajada shakllangan, milliy g’urur va iftixorimizga aylangan buyuk 
bobokalonlarimizning o’gitlarida o’z aksini topdi. Buni biz Vatanga e’tiqodli 
yurtdoshlarimizdan Shayx Najmiddin Kubro
 
faoliyatida ko’rishimiz mumkin.
 
Shayx 
Najmiddin Kubro yoshlarning Vatanga muhabbatini oshirish bilan birgalikda, bir-
birlariga mehr-oqibatli bo’lishga undadi. U asos solgan “Kubroviya” tariqati orqali 
uning Vatan, millat qadriyatlariga naqadar sodiq inson ekanligiga guvoh bo’lamiz. 
Shayx o’z e’tiqodida mustaqkam turib, islom tariqatidagi «Og’ir kunda Vatanni 
tashlab ketgan kishi iymonsizdir” degan aqidaga amal qildi. 
O’z Vatani ozodligi yo’lida qo’liga qilich olib, dushmanga qaqshatqich 
zarbalar keltira olgan Xorazmning mard o’g’loni Jaloliddin Manguberdidir.
 
Jaloliddin 
Manguberdining hayoti va vatanga e’tiqod yo’lidagi faoliyatini chuqur tahlil asosida 
o’rganish o’quvchilarning Vatanga e’tiqod, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, g’urur va 
iftixor, vatan va xalq tinchligi yo’lida jon fido etish, insonparvarlik kabi qarashlarini 
tarkib toptirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin 
Manguberdi butun hayoti davomida o’z xalqi va vatanini sevdi, tarixi va 
madaniyatini yuksak qadrladi, ona tabiat go’zalliklarini qalban his qildi, ardoqladi. 
Rivoyat qilishlaricha, Jaloliddin hayqirib oqayotgan Jayxunga kesak otgan ukasining 


85 
chakkasiga tarsaki qo’yib yuboradi, – suvga kesak otmoq, tuproqqa tupurmoq gunohi 
azim, sen Xorazmni onang o’rnida ko’r! – deb xitob qiladi. 
Bu rivoyat orqali Jaloliddin Manguberdining Vatan, ona zaminga bo’lgan 
mehri, e’tiqodi yuksak ekanligi ko’rinib turibdi. Jaloliddin bolaligiga xos yuqorida 
keltirilgan xulq-atvor, odob, axloq ko’rinishlari, go’zal fazilatlari hozirgi va kelgusi 
avlod uchun namuna sifatida xizmat qiladi. Uning bu kabi fazilatlari; tanlagan 
yo’lidan qaytmasligi, ma’rifatparvarligi, Vatanni qalban sevishi, islom dini, 
ustozlarini qadrlagani, mardligi, halolligini targ’ibot qilish, yosh avlod uchun har 
tomonlama namunali inson ekanini ko’rsatish bugungi kunda o’qituvchilarning 
muhim vazifalaridan biridir. 
Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va xotirasi xalqimiz uchun buyuk qadriyat 
sanaladi. Uning ibratli hayoti, millati va vataniga bo’lgan cheksiz muhabbati, 
mustahkam e’tiqodi har birimiz uchun namuna va o’rnakdir. Jangovar salohiyati va 
lashkarboshilik mahoratini o’rganish, ularni kelgusi avlodga targ’ib etish ta’lim-
tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Uning vatan ozodligi yo’lida chekkan 
zahmatlarini targ’ib va tashviq qilish yosh avlodni vatan, el-yurtga e’tiqod tomon 
yetaklaydi.
O’zbek millatini dunyoga tanitgan bobomiz Amir Temurdir. U nafaqat millatni 
dunyoga mashhur qildi, Vatanning sarhadlarini kengaytirib, markazlashgan, cheksiz 
hududga ega bo’lgan mamlakat barpo etib, ilmu ma’rifatni rivojlantirdi, ajoyib va 
go’zal bog’u rog’lar, tog’lardek yuksak minora, obidalar barpo etdi. O’z millati 
qadriyatlarini ulug’ladi, ularning qadriga etdi. Millat taqdiri bilan yashash, vatanga 
e’tiqod, adolat, insoniylik uning butun hayotiy faoliyatini tashkil etdi. Shu bois Amir 
Temur «Kuch adolatdadir» degan hukmni chiqardi. Bu hikmat asrlar davomida 
xalqimiz uchun asosiy yo’riqnoma bo’lib kelmoqda. Amir Temur o’z vasiyatini 
ham millat va vatan qadr-qimmatini o’ylab bayon qilgan, farzandlari, nabiralariga 
millat va Vatan ravnaqi haqida qayg’urish, kambag’al, yo’qsillarning boshini silashni 
vasiyat qildi, so’nggi daqiqalarida ham o’z xalqi va vatanining taqdirini o’yladi: 
«O’g’illarim, millatning ulug’ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga 
qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. 


86 
Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni 
boylar zulmiga tashlamang. “Adolat va Ozodlik» dasturingiz, rahbaringiz o’lsun. 
Men kibi uzun saltanat surmak istasangiz, qilichingizni yaxshi o’ylab chekingiz. Bir 
da’fa chekkandan so’ngrada uni ustalikla qo’llangiz. Orangizga nifoq tuxumlar 
ekilmasligi uchun ko’p diqqat bo’ling. Ba’zi xodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq
tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda 
sizga idora shaklini, uning ilkularini ko’rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz toj 
boshingizdan tushmas” [2,4]. Amir Temur bu o’rinda millat deganda Vatanni, unda 
yashaydigan elatlarni nazarda tutgan edi. 
Shoir Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o’rin, tug’ilib o’sgan joy, 
maskan, manzil ma’nolarida qo’llagan. U o’zining “Hayrat ul-abror” dostonida 
Vatanga bo’lgan e’tiqodini, mehr-muhabbatini namoyon etgan. Shoir tug’ilib o’sgan 
vatani Xurosonni Vatanlar ichra tengsiz Vatandir, deya ta’riflaydi: 
Ziynat aro ravzai rizvondir ul, 
Ravzani qo’y, mulki Xurosondir ul. 
Shuningdek, shoir ona shahrini jannatga qiyoslaydi. Xuroson jahonning ko’ksi, 
Hirot esa uning yuragidir deb ta’kidlaydi. Hirot shahrining maftunkorligi, go’zal 
tabiatining tasviri shoir qalamida o’z jilvasini topadi. Shoir vatanining tasvirini 
keltirar ekan, uning go’zalligi oldida hayrati yanada oshadi: 
Alloh - Alloh, ne Hiri, bu Hiri. 
Bir-biridan turfa aning har biri . 
Navoiy butun hayoti davomida xalq g’ami, dardi, Vatanni obodonlashtirish 
qayg’usi bilan yashadi, ijod qildi. Shu sabab uning barcha asarlarida vatanga 
muhabbat, e’tiqodning yuksak namunasini ko’rish mumkin.[3,389]
Vatan sog’inchi, musofirlik dardida kuyib-yongan, buyuk insonlardan biri shoh 
va shoir Boburdir. Bobur ruboiylaridagi nola, alamli faryod, ona yurtidan olisda 
g’urbat azoblarini tortgan kishining sog’inch-iztiroblaridan darak beradi:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi, 
Shod etmas emish ko’ngilni mehnatda kishi. 
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh, 


87 
G’urbatda sevinmas emish, albatta kishi. 
Bobur asarlarini o’qiganda, vatan, hayotga bo’lgan muhabbat ifodalanganligiga 
guvoh bo’lamiz. U vatanparvar shoir sifatida, har doim inson va uning erki, vatanga 
muhabbat va sadoqatni kuyladi, ilm-ma’rifat va yurtga e’tiqodni targ’ib qildi. Bobur 
asarlari va uning hayot yo’li bilan tanishar ekanmiz, har bir misrada uning vatanga 
e’tiqodi ifodalanganligini ko’ramiz.[4,143] 
Xulosa qilib aytish mumkinki, insoniyat tarixida vatanparvarlik fazilatlarini 
shakllantirish o’zining muayyan tarixiy yo’liga ega bo’lgan masaladir. Bu masala har 
doim ta’lim va tarbiya jarayonining yetakchi vazifalaridan hisoblangan. Bugungi 
kunda ham o’quvchilarda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish maqsadida ta’lim 
mazmuniga bir qator mavzular va o’quv materiallari kiritilgan. Biroq, o’quvchilarda 
vatanparvarlikni shakllantirish, nazariy va amaliy yondashuvlarga tayangan holda
ta’lim mazmunini o’quvchilarda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishga xizmat 
qiladigan o’quv materiallari bilan boyitish pedagogika fanining dolzarb masalalaridan 
biridir. Shu o’rinda quyidagi tavsiyalarning alohida amaliy ahamiyati bor: 
vatanparvarlik ruhida bo’lgan shonli sanalarga taallukli turli kechalarni o’tkazish; 
harbiy va mehnat shon shuhratiga sazovor bo’lgan joylarga sayyohatlar uyushtirish; 
vatanparvarlik mavzusidagi kinofilmlar namoyish etish; o’zbek milliy harakatli 
o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish; urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar 
o’tkazish; tarixiy muzey va teatrga madaniy sayohat qilish. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish