O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Olimjonov Xushnudbek Maxamadsalim o’g’li



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Olimjonov Xushnudbek Maxamadsalim o’g’li
- O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik 
instituti 


75 
Maxsus adabiyotlarda mudofaa va xavfsizlik tushunchalari turlicha talqin qilingan. 
“Xavfsizlik” kompleks tushuncha bo’lib, huquq-tartibotni himoya qilishni, terrorizmga 
qarshi harakatlarni, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash tadbirlarini, iqtisodiy 
tadbirlarni, shuningdek mudofaa sohasidagi harbiy vazifalarni o’z ichiga oladi. 
Xavfsizlik sohasidagi talablar xavfsizlikning mudofaa qismi talablariga nisbatan keng 
ko’lamli ekanini isbotlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak. 
Mudofaa va milliy xavfsizlikni tadqiq etishda “xavfsizlik” tushunchasini 
ta’riflash g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Xavfsizlik doimo inson va jamiyatning 
asosiy ehtiyoji bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
O’zbek tilining izohli lug’atida “xavf” so’zi biror ko’ngilsiz hodisa yoki falokat 
yuz berishi ehtimolligi deb qaralgan. Xavfsizlik esa xavf-xatarning yo’qligi, xavf 
bo’lmagan xolat deb izohlangan. Ushbu muammoga yunon faylasufi Aflotun 
xavfsizlik holatiga zararni “bartaraf etish” mos keladi, deb tushungan. “Bartaraf 
etish” tushunchasida xavfsizlik sub’ektining muayyan faoliyati mujassam, shu bilan 
birga bu faoliyatning nechog’lik samarali bo’lishi mo’ljallanadi. Amir Temur “Temur 
tuzuklari”da hokimiyat va davlatning ijtimoiy faoliyatida ra’iyatning xavfsizligini 
ta’minlash bosh vazifa ekanligini ta’kidlagan [3]. 
Hozirgi 
kunda 
esa, 
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyev 
tomonidan
2017 yilning 7 fevralida tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni [4] da 
mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi sifatida xavfsizlikni ta’minlash, 
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish belgilab 
berildi. 
Shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohadagi islohotlarimizning mazmuni 
yangidan qabul qilingan Mudofaa doktrinasida [5]
 
keng yoritilgan bo’lib, mudofaa va 
xavfsizlik 
tushunchalarga 
ta’rif 
ham 
berilgan. 
Xususan, 
O’zbekiston 
Respublikasining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayoti va 
xavfsizligi himoya qilinishini ta’minlovchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-
huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlar tizimi – mamlakat 


76 
mudofaasi deb, milliy manfaatlarning harbiy sohada davlat xavfsizligiga bo’lgan 
tahdidlardan himoyalanganlik holati – harbiy xavfsizlik deb, ta’riflangan. 
Doktrinada O’zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyilini, yaqin qo’shnilar 
bilan do’stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirishni ifoda etadi. Unda davlatimiz 
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat mudofaa va xavfsizligini 
ta’minlash ustuvor vazifa sifatida aniq belgilab qo’yilgan.
Xavfsizlik tushunchasiga yuqorida keltirib o’tilgan mudofaa va xavfsizlikni 
ta’minlashning huquqiy asoslarida va boshqa manbalarda keng ta’riflar berilgan. 
Xavfsizlik tushunchasi shaxs, ijtimoiy guruhlar, davlat, jamiyat, tamaddun 
hayotiy borlig’i, shon-sharafi, qadr-qimmati, qadriyati mezonini belgilovchi falsafiy 
kategoriya sifatida qaraydigan olimlar ham bor. Shu jihatdan xavfsizlik inson 
huquqlariga nisbatan birlamchi hisoblanadi. Nazariy jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, 
xavfsizlik deganda insonga yoki boshqa mavjudodlarga, inson yoki mavjudod 
tomonidan tahdid mavjud emasligi tushuniladi. Xavfsizlikning mohiyati, sirasini 
aytganda, xavf-xatarning yo’qligidadir. Shuning uchun “xavfsizlik” tushunchasi 
jamiyatning hayotiy faoliyati va davlatning yashashi uchun, avvalo, uning 
fundamental, asosiy boyliklari va manfaatlari uchun biron tahdidning yo’qligi bilan 
belgilanadi. 
Yuqorida keltirilgan “mudofaa” va “xavfsizlik” tushunchalarini qonunlarimizda 
hamda izohli lug’atlardan keng ko’lamdagi ta’riflari va tushunchalarini keltirib 
o’tishga xarakat qildikki, bu o’rganilayotgan ob’ektning eng muhim belgilarini 
aniqlash va qiyoslash imkonini beradi. 
Katta Oksford lug’atida “xavfsizlik” o’zida: birinchidan, qo’rquv, vahima va 
notinchlikdan himoyalanish, holi bo’lish; ikkinchidan, mahkamlik, ishonch, kafolat; 
uchinchidan, ishonchlilik, barqarorlik, mustahkamlik [6] kabi tushunchalarni o’zida 
mujassam etgan.
Shunday ekan, har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan 
mohiyatga ega. Bugungi kunda har bir mintaqaning o’z xususiyatlari, o’z tahdid 
manbalari va xavfsizligini saqlash omillari mavjud. Yuqoridagi fikrlardan kelib 


77 
chiqib, xavfsizlikni ta’minlash – bu ehtimoliy beqaror, nomuntazam namoyon 
bo’luvchi zararli omillardan himoyalanishdir, deb ta’riflash ham ma’qul bo’ladi. 
Xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat hayotining himoyalanganlik darajasidir. 
Xavfsizlik – turli tarzdagi ehtimoliy (shu jumladan fitna tarzidagi) tahdidlarni bartaraf 
etish, ularga qarshilik ko’rsatish, muayyan sharoitlarda ehtimoliy tahdidlarni keskin 
kamaytirish bilan bog’liq tegishli chora va harakatlar majmuasidir. Xavfsizlikni, avvalo, 
noqulay ichki va tashqi sharoitlarga qaramay, o’z yaxlitligini, o’z-o’zini rivojlantirish 
qobiliyatini saqlab qoluvchi ijtimoiy organizmning barqarorligi deb tushunmoq kerak. 
Davlat xavfsizligini ijtimoiy munosabatlarning umumiy holati sifatida tushunish 
nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham bizni ana shu munosabatlarning butun 
tizimida mamlakat xavfsizligining turlari sifatida namoyon bo’luvchi siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy, ilmiy-texnikaviy, sotsial, ekologik va boshqa xavfsizlik 
muammolarini ajratishga olib keladi. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy, sotsial, ma’naviy 
singari bir qator tizimlardan tarkib topgan yaxlit ijtimoiy organizmdan iborat bo’lib, 
mazkur tizimlarning har birida asosiy boyliklar (moddiy va ma’naviy) tevaragida 
ziddiyatlar tug’iladi va rivojlanadi. Ayni ziddiyatlar, aniqroq qilib aytganda, ulardan 
ayrimlari kuchayib ketgan hollarda nafaqat ana shu munosabatlar doirasi, balki butun 
davlat xavfsizligi uchun, jamiyatning jamiki hayotiy manfaatlari uchun xavf-xatar 
paydo bo’lishiga olib keladi. Qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi va 
rivojlanishini kuzatish, ana shu jarayonlarni samarali boshqarish va ularga ta’sir 
ko’rsatishning ob’ektiv imkoniyatiga ega bo’lish uchun jamiyat, davlat barcha 
munosabatlar majmuini o’z mohiyat tavsifiga, o’z rivojlanish qonuniga ega bo’lgan 
tizimli hamda muammoviy tahlilga beriluvchan bir tipli tasniflashga majbur bo’ladi. 
Bundan xavfsizlik sohasidagi munosabatlarning jamiki majmuasini tasniflashning 
keskin zarurati vujudga keladi.
Hozirgi vaqtda ham tajovuz, ham xavf-xatar manbalari jihatdan xavfsizlik 
haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi, lekin “xavfsizlik” tushunchasini ta’riflashda 
printsipial masalalarda, avvalgidek, yo biron-bir tizimning tajovuzga qarshi turish 
qobiliyati (ba’zan xususiyati, sifati) haqida yoki ob’ektning xavf-xatardan 


78 
himoyalanganlik yoki vayron qiluvchi ta’sir ko’rsatish ehtimoli yo’qligi bilan 
xarakterlanuvchi holati to’g’risida gap boradi. 
Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda, “xavfsizlik” 
atamasi ko’p ma’noli, hozirga qadar bu tushunchaning aniq va qat’iy ta’rifi mavjud 
emas. Ba’zi hollarda xavfsizlik maqsad sifatida, boshqa hollarda – kontseptsiya, 
uchinchi holatda ilmiy dastur yoki ilmiy fan sohasi sifatida qaraladi, o’rganiladi. 
Xavfsizlik tushunchasining kengligi “shaxsiy xavfsizlik”, “xalqaro xavfsizlik” va 
“global xavfsizlik” tushunchalari bilan ham bog’liq. Ushbu tushunchalar xavfsizlik 
mohiyatini ochib berishga qaratilgan. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash 
maqsadida, sohadagi islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda. 
Xavfsizlik – insonning o’zidagi mavjud bilimlari, mahorati, malakasi tufayli 
unga o’zgalar va o’zi tomonidan zarar yetkazilmasligini ta’minlovchi holatidir. 
Xavfsizlik – inson hayotining muhim maqsadi. Inson faoliyatining xavfsizligi – bu 
har jihatdan qulay bo’lgan hayot kechirishni ta’minlovchi imkoniyat. Xavfsizlik hissi 
– har qanday organizmning, xoh u shaxs, xoh xalq bo’lsin, yashovchanlikning muhim 
elementi va ijodiy sharoitidir. Xavfsizlik tushunchasi hozirgi davrda, davlat tizimining 
ishlash holatida mamlakatda ro’y beradigan xatarlar oqibatini bartaraf etish sharoitlari 
tahlilidan kelib chiqadi. Xavfsizlik tushunchasining eng muhim tarkibiy qismi mamlakat 
hududida yashayotgan aholining birdamligi haqidagi tasavvur bilan bog’liq. Endi 
urushning yangi realligi axborot urushi bo’lib, bunda hatti-harakatlar istagi haqida 
tasavvurlar o’sib kelayotgan yosh avlodning ongiga ta’sir etish oqibatlari bilan eng 
samarali va dahshatli bo’lganligidan, bu masala ham albatta e’tiborga olinishi kerak.
Axborot urushi – bu chegaralari belgilanmagan, axborot tizimlarining urushayotgan 
tomonlarning qaysi biriga taalluqliligini aniqlash imkoni bo’lmaydigan ommaviy 
axborot vositalari orqali strategik axborotni dushman tomonga yo’naltirayoganda, o’z 
mamlakati aholisining ham ongini zaharlab qo’yishi mumkin bo’lgan sharoitdagi 
urushdir. Hozirgi axborot urushi ko’proq dushman tomonning ongini zaharlash va 
buzish hamda o’z xalqining ongini jipslashtirishga qaratilgan urush bo’lib bormoqda. 


79 
Shuning uchun ham hozirda milliy xavfsizlikka ko’proq e’tibor qaratilib, u 
davlatning mudofaa qobiliyatini ham namoyon etadi. Bunda milliy xavfsizlikning 
sub’ektlari - shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi holatini anglatuvchi ibora sifatida 
tushunish tavsiya etiladi. Milliy xavfsizlik esa siyosiy kategoriya sifatida milliy 
manfaatlarni ta’minlashning usullari, vositalari va shakllarini anglatadi. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish