O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Ibragimova Dilnura Zafarbek qizi
 - Andijon davlat universiteti


89 
ko’rgazmalilik-tasviriy vositalar rasmlar, diopozitivlar, kinokartinalar yordamida 
amalga oshiriladi. Tasviriy vositalarning xarakteriga karab ko’rgazmalilik haqiqiy 
tasviriy ko’rgazmalilik (narsa va hodisalarning haqiqiy tasviri) va simvolik 
ko’rgazmalilikka (kartinalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diogrammalar) bo’linadi. 
So’z ko’rgazmaliligi deganda o’qituvchining o’quvchilarda konkret tassavvurlarni 
uyg’otadigan erkin, obrazli nutqi tushiniladi. Biroq psixologik kuzatishlar va 
eksperimentlar shuni ko’rsatmoqdaki, hissiy idrok qilish abstrakt tafakkurning 
rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Kuzatuvchanlikni tarbiyalash faol uyushgan, aniq 
maqsadga muvofiq sistemali kuzatish ko’nikmasini tarbiyalash sifatida juda 
muhimdir. O’qituvchi kuzatishni tashkil qilar ekan, o’quvchilar oldiga aniq va 
muayyan bir maqsadni qo’yadi, kuzatishni yo’lga soladi, detallarni ajratib 
ko’rsatishni mazkur obyektni boshqa obyektlar bilan taqqoslashni va nomuhim 
belgilarni ajratib ko’rsatishni tavsiya etadi. O’quvchilarga kuzatish natijalarini so’z 
yoki ko’rgazmali tarzda qayd qilishini o’rgatish muhimdir. Hozirgi davr o’smir-
yoshlarida vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish sohasida psixologlar oldida 
turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-
o’smir-yoshlarda vatnaparvarlik fazilatlarini shakllantirish muammosini 
o’rganishda ijtimoiy yondashish lozim. Ularning ijtimoiy qarashlariga, xulqiga, 
qiziqishiga emotsional holatlari ehtiyojlari va boshqa jihatlarini tadqiq etishda 
muayyan ijtiimoiy davr, shart-sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib 
baho berish talab qilinadi. Masalan, hozirda shakllanib kelayotgan bozor 
munosabatlari sharoitida yoshlarning ijtimoiy qarashlari, qiziqishlari va yuzaga 
kelayotgan muammolar avvalgi davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagiga nisbatan 
o’zgarib, yangicha mazmunga ega bo’lmoqda.
-
o’smir-yoshlarning o’ziga xos turmush tarzini tahlil qilishda ularning oilaviy 
munosabatlari, hayot tarzi, yosh davrining rivojlanishini nazariy va empirik jihatdan 
o’rganish talab etiladi.
-
har bir o’smir jamiyatimizning to’laqonli a’zosi ekanligini esda tutgan holda 
vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish bo’yicha olib boriladigan targ’ibot- 
tashviqot ishlarini amalga oshirish zarurati ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.


90 
O’smir-yoshlar ongida vatanparvarlik fazilatlarining shakllanishida ko’p 
jihatdan ta’lim tizimining sifati katta ahamiyat kasb etadi. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitning, muhitning o’zgarishi oqibatida avlodlar o’rtasida doimo muayyan 
rivojlanish ro’y beradi. Shu sababli, keksa avlod bilan yoshlar o’rtasida o’zaro 
ziddiyat vujudga keladi. Ko’pincha, yoshlarning manfaat va qiziqishlari, faoliyati, 
tashqi ko’rinishi (moda) keksa avlod vakillarida norozilik, e’tiroz tug’diradi [1.19-b]. 
O’quv mashg’ulotlarini olib borishda o’smirlarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va 
qiziqishlarini hisobga olish kerak. Ta’lim jarayonida tazyiq o’tkazmasdan ma’rifiy 
asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish 
ko’nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish, o’qituvchi va tinglovchilar o’rtasida o’zaro 
hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va 
tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi kunda jahonda ro’y berayotgan 
voqealar tahlilidan, matbuot materiallaridan foydalanish, shu o’rinda, o’smirlarda 
vatnaparvarlik tuyg’usini shakllantirishda zo’rlash, majburlash usullaridan qochish 
lozim. Jahon adabiyotida munosib o’rin egallagan fransuz yozuvchisi Anatolg’ Frans: 
“Tazyiq ostida berilgan bilim, aqlni bo’g’adi”, - degan asosli fikrlarni bildirgan edi. 
Bu borada esa o’smir hayotidagi turli muamolarga differentsial yondoshish zarur. Bu 
metodologik tamoyil o’smirlarning oilaviy munosabtlari, ijtimoiy muhit o’smir 
ongiga ta’sirini o’rganishni talab qiladi. Bu borada o’smir yoshlarning jamiyatdagi 
tabaqalanish holatlarini e’tiborga olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, 
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy faol yoshlar 
guruhlari: o’smirlar, yosh olimlar, ishchilar, fermerlar, ishbilarmon yoshlar, 
san’atkorlar, tadbirkor yoshlar kabi guruhlar salmog’i ortib borayotgan bo’lsa, 
ikkinchi tomondan esa, ishsiz yoshlar bekorchi, sayoq, giyohvand, turli diniy oqimlar 
ta’sirida hujralarda diniy bilim olayotgan yoshlar jamiyat hayotida salbiy 
disfunktsional ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’lim muassasalarida vataparvarlik qadriyatlarini shakllantirish borasida 
amalga oshiriladigan tadbirlar tashkil har tomonlama emotsional jozibador, ko’tarinki 
ruhda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.


91 
Bugungi o’smir yoshlar - mustaqil O’zbekistonning kelajagi. Zotan, mana shu 
navqiron avlod vakillarini qanchalik ma’naviy jihatdan barkamol, yetuk kishilar qilib 
voyaga yetkazsak, ularning har birida vatanparvarlik fazilatlari, milliy g’urur ruhini 
izchil shakllantirib borsak, qat’iyatli,o’z kuch va imkoniyatlariga ishongan, 
ko’zlangan yuksak taraqqiyot marralari sari intiluvchan o’smir yoshlarni tarbiyalab 
boramiz. O’smirlarning dars va darsdan tashqari vaqtlarida vatanparvarlik tuyg’usini 
singdirishda pedagogik jihatdan e’tiborga olinishi lozim bo’lgan yana bir muhim jihat 
– turli vositalar yordamida berilayotgan ma’lumotni yetkazish masalasidir. Kitoblar, 
tayyor ko’rgazmali qurollardan tashqari hozirgi kunda audio-video vositalar, 
multimedialar, videoslaydlar, masofali o’qitish, elektron versiyalardan foydalanish 
imkoniyatlari kengaymoqda [2; 22-b].
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, o’smirlarda vatanparvarlik fazilatlarini 
shakllantirish jarayonida ulardagi kelajakka bo’lgan ishonch, istiqbolli rejalar tuzish 
va intilish hisslarini uyg’otish lozim. Kelajakka ishonch, ruhiy bardamlik, irodaviy 
xususiyatlarni shakllanishi va namoyon bo’lishi tetiklikni tarbiyalaydi, murakkab, 
o’ta qiyin vaziyatlarda ham mantiqiy fikrlash asosida vaziyatdan chiqa olish uchun 
harakat qilishga turtki beradi. O’smirlar ongida vatanparvarlik fazilatlarini 
tarbiyalashda ularda ijtimoiy faollikni keltirib chiqaruvchi emotsional hissiy holatlar 
asosiy omillardan biri sanaladi. O’smirlarda vatanparvarlik fazilatlari ulardagi ichki 
motivatsion omil sifatida shakllanishi ulkan tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
fazilatlarni shakllantirish bo’yicha olib boriladigan psixologik tarbiyaviy ishlarda aslo 
o’smir shaxsiga bosim o’tkazmaslik, uning fikri va “Men” obrazini hurmat qilish 
zarur. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish