309
ko’plab sohalarning yuksak cho’qqilarini zabt etmoqdalar.
Shu bilan birga
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar zamirida inson va uning
manfaatlari mujassam ekan, bu jarayon uzluksiz davom etadi.
Dortmund texnika universiteti professori Gabrieli Mentgez mamlakatimiz
ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib shunday degan edilar;
“Mamlakatingizda iqtidorli o’qituvchi va talabalarni davlat tomonidan keng
miqyosda qo’llab–quvvatlash tizimi samarali yo’lga qo’yilgan, imtiyozli
stipendiyalar
va mukofotlar joriy etilgan, ko’rik-tanlovlarni muntazaam o’tkazish
yaxshi an’anaga aylangan” [1. 163 b].
2016 yil 24 avgustda Oliy Majlis tomonidan ma’qullangan “Yoshlarga oid
davlat siyosati to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunning maqsadi, yoshlarni davlat va jamiyat oldidagi munosabatlarini
tartibga solish bilan birga, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning
intellektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-
sharoit yaratishni nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy va huquqiy chora
tadbirlar tizimini ham takomillashtirishdan iboratdir. Ushbu qonun 33 moddadan
iborat bo’lib, u O’zbkiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab
bergan yoshlarga oid davlat siyosatining davomi sifatida yangi bosqichga
ko’tarilganligi, mohiyatan yoshlarni ijtimoiy-huquqiy, siyosiy-ma’naviy, intelektual,
jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashishini nazarda tutadi [5].
Yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarni ahloqiy negizlarini buzishga olib
keladigan xatti-haratlardan, terrorizm va diniy ekstremizm,
separatizm, zo’ravonlik
va shavqatsizlik g’oyalaridan himoya qilish bilan birga, ushbu yot g’oyalarga qalqon
bo’la oladigan vatanparvarlik tuyg’usini kamol toptirishga ham xizmat qiladi.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Biz yoshlarga oid davlat
siyosatini hech og’ishmasdan, qatiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom
ettiramiz, balki, bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab
qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga
hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi
310
uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
[2.14].
Mamlakatimizda yoshlarni o’z bilimlari va ko’nikmalarini hayotda sinash,
erkin
fikr bildirish, rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish uchun barcha
sharoitlar mavjud. Shuningdek, yurt taraqqiyoti uchun muhim sanalgan
innovatsiyalar va kreativ yondashuvlar asosida Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari
bilan ataladigan aniq fanlarga ixtisoslashgan maxsus maktablar ham tashkil
etilmoqda.
Oliy ta’limni yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda.
Jumladan, 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks
rivojlantirish dasturi qabul qilinganligi fikrimizni to’ldiradi [3.12,13].
Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlarni har jihatdan qo’llab-quvvatlash
borasida shunday degan edi; “Albatta biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va
kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo’lgan yoshlarni
tarbiyalash bo’yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib
aytadigan bo’lsak, bugungi kunda butun dunyoda aholining,
birinchi navbatda,
yoshlarni ongi va qalbini egallashi uchun qanday keskin kurash borayotganini, diniy
ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar
kuchayotganini xisobga oladigan bo’lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy
sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga
ko’tarishimiz zarur” [4,17].
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston boy tarixga ega
bo’lgan keng imkoniyatlar mamlakatidir.
Bu Vatan dunyoda Imom Buxoriy,
Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek va boshqa minglab allomalarni yetishtirib, uning
dovrug’ini butun olamga mashhur qila olgan mard, jasur o’g’lonlar yurtidir. Biz
yoshlarimizni ayni globallashuv sharoitida yot g’oyalar ta’siridan qutqarishni, ularni
Vatanga sadoqat, milliy iftihor, o’zligini topishlari uchun ko’maklashishimiz, ularga
qanot bo’lishimiz kerak. Shundagina biz ko’zlagan ezgu maqsadlarimizga erishgan
bo’lamiz. Buning uchun barcha imkoniyatlar davlatimiz tomonidan kafolatlangan.
311
Bizdan esa, faqat va faqat o’z yo’limizdan og’ishmay, o’zligimizni, milliy
birligimizni asrab-avaylash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: