O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Salomova Uzukjamol
 - Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi


302 
Bundan tashqari, Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bilimga 
chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash 
muqaddas vazifadir”. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakat 
mustaqilligining, uning iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy asoslarini mustahkamlash 
bilan birga ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya sohasini isloh etish, yoshlarimizni 
ham ma’nan, ham jismonan yetuk, bozor iqtisodiyoti sharoitida bemalol raqobatlasha 
oladigan, ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va ma’naviy ma’rifiy meros hamda 
zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuksak aql-zakovat sohiblari etib, voyaga 
yetkazish masalalari davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. 
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning barcha sa’y-harakatlari ham, har tomonlama 
yetuk avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan. Buning uchun yoshlarga 
miliy o’zligini anglatish, ularning qalbi va ongiga milliy hamda umuminsoniy 
qadriyatlarni singdirish, ma’naviy bilimlar bilan qurollantirish, ma’naviy va jismoniy 
jihatdan chiniqtirish talab etiladi. Mana shunda, barkamol avlod - el- yurtimizning 
farovon va baxtli kelajagini hal qilishdek katta mas’uliyatli ishni ado etishga qodir 
bo’ladi. 
Zamonaviy bilimlar bilan qurollanmagan, bilim va tafkkur dunyosi keng 
yoshlarsiz O’zbekistonning kelajagini, jahon hamjamiyatidagi mustahkam o’rnini 
tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham yoshlarni barkamol avlod darajasiga 
yetkazishning bosh vositasi bo’lgan ta’lim tizimini isloh etish jarayonida miliy ta’lim 
mazmuni va sifatini zamon talablari darajasiga ko’tarish bilan bir qatorda, taraqqiy 
topgan davlatlar o’quv markazlariga borib o’qishlariga, profesor-o’qituvchilarning 
esa xorijda malaka oshirishlariga hamda ta’lim sohasi bilan bog’liq xorijiy mablag’ 
va grantlarni respublikaga jalb etishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. 
Erkin fikrlaydigan, o’zining qat’iy nuqtai nazariga ega bo’lgan, yuksak 
ma’naviyatli shaxs - yot buzg’unchi g’oyalarga nisbatan immunitet hosil qilishi va 
egallagan bilimlarini ezgu ishlarga, yurt ravnaqiga yo’naltirishi mumkin bo’ladi. 
Yoshlarimiz ongi va qalbida g’oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni milliy 
istiqlol g’oyasidan qudratli vosita bilan qurollantirish borasida talay ishlar amalga 
oshirilmoqda. 


303 
Yoshlar davlat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-
iqtisodiy siyosat mohiyatini anglab etgandagina, elim deb, yurtim deb yashashga 
odatlanadi. Ana shundagina yoshlar haqiqiy xalq hokimiyati uchun, mamlakat 
himoyasi uchun, o’z yurti shon-shavkatini butun bashariyat nazarida himoya qilish 
uchun bolalar, ayollar, qariyalarni turli balo-qazolardan asrash uchun o’zining 
o’zligini, asl madaniyatini, milliyligini saqlash uchun millatchilik, irqchilik, 
aqidaparastlikka hamda turli tuman buzg’unchi g’oyalarga qarshi samarali va 
maqsadga yo’naltirilgan kurash olib bora oladi. Yoshlar mamlakat oldida turgan 
muammolarni yechimini qidirishda faol ishtirok etishi, mamlakatimiz tarixini buzib 
ko’rsatuvchilarga, hayot tarzini evropalashtirish tarafdorlariga qarshi oqilona, faol 
hamda sidqidildan kurashish zarur. 
Buning uchun o’sib kelayotgan yosh avlodni bilim bilan qurollantirish, miliy 
qadriyatlarimiz ma’naviyatimizni tiklash, jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz 
durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog’lom, ma’naviy yetuk qilib 
tarbiyalashdek vazifalar qo’yilgan. 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib, yoshlar tarbiyasiga davlat siyosati darajasida 
qaralayotgan bir paytda quyidagilarga e’tibor berishimiz lozim: ta’lim tizimidagi 
o’zgarishlar, yangi, zamon talablariga javob beradigan ixtisosliklarning yuzaga 
kelishida yoshlarning kasbiy qiziqishlarini oshirish; yoshlarimiz jamiyatda munosib 
o’rin egallashlari; yoshlarimizning ijtimoiy faolligini oshirish; yoshlarning ochiq 
muloqotga moyillik kayfiyatini paydo qilish; yoshlarning g’oyaviy-mafkuraviy 
immunitetini shaklantirish. 
Har bir yosh yigit-qiz millat, mamlakat taqdirida milliy manfaatlarining 
ustuvorligini nafaqat tan olishi, shuningdek, unga qat’iy amal qilishi, o’zida 
g’oyaviy-mafkuraviy qat’iyatlilik kayfiyatini shakllantirishi, hurfikrlilik va 
tolerantlikka ustuvor ahamiyat berishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar 
uyg’unligiga amal qilishi yaxshi natija beradi. Arastu ta’kidlagani kabi «munosib 
odam bo’lmoq, fazilatlar egasi – fozil bo’lmoq demakdir” [1]. Zero, munosib bo’lish 
jamiyatga xizmat qilishdir. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish