(sinus trans-
versus pericardii)
yurak asosida joylashgan. U oldindan va yuqo-
ridan aortaning ko‘tariluvchi qismi va o ‘pka poyasi, orqadan esa o ‘ng
bo‘lmachaning oldingi yuzasi va yuqori kavak vena bilan chegaralangan.
Perikard yangi tug‘ilgan chaqaloqda yumaloq shaklda bo‘lib, yu-
rakni zich o‘rab turadi. Uning vertikal o ‘lchami 35 mm, ko‘ndalangi
41,5 mm dir. U nisbatan qalin, ammo cho‘ziluvchan bo ‘ladi. Uning
yuqori chegarasi juda yuqori, to ‘sh-o‘mrov bo ‘g ‘imlarini qo‘shib
turuvchi chiziqqa yetadi. Pastki chegarasi esa yurakning pastki che-
garasiga teng. Bolalarda perikard harakatchan bo ‘ladi.
Arteriyalarning taraqqiyoti
Homila hayotining 3 - haftasida arteriya poyasi ikkita ventral aortaga
bo‘linadi. Bu arteriyalar jabra ravoqlariga qarab o ‘sadi va olti juft aorta
ravoqlari yoki jabra arteriyalarini hosil qilib, ular vositasida o ‘ng va
chap dorsal aortaning boshlang‘ich qismi bilan qo‘shiladi. Dorsal
aortadan uch guruh: segmentlararo dorsal, lateral va ventral segment
93
arteriyalari chiqadi. Yurak, qon tomirlar taraqqiyoti bilan birgalikda
miya, ichki a’zolar, qo‘l va oyoqlaming o‘sishi, qon tomirlar tuzilishini
o‘zgartirib yuboradi. I,II,V aorta ravoqlari yo‘qolib ketadi. Har bir
ventral aortaning I - III aorta ravoqlari o ‘rtasidagi qismi tashqi uyqu
arteriyasiga, III aorta ravog‘ i va dorsal aortaning oldingi bosh miya bilan
qo‘shilgan qismi ichki uyqu arteriyasiga aylanadi. Dorsal aortaning
II - IV aorta ravoqlari o‘rtasidagi qismi yopilib ventral aortaning shu
qismi umumiy uyqu arteriyasiga aylanadi. Chap IV aorta ravog‘ining
diametri kattalashib aorta ravog‘iga aylanadi. U ko‘tariluvchi aortani
chap dorsal aorta bilan qo‘shadi.
Chap dorsal aorta pastga tushuvchi aortaga aylanganidan so‘ng,
o ‘ng dorsal aortaning IV ravoqdan orqa qismi yopiladi. IV o ‘ng aorta
ravog‘i o ‘mrov osti arteriyasiga aylanadi. Chap o ‘mrov osti arteriyasi
segmentlararo dorsal arteriya tarmoqlaridan vujudga keladi.
0
‘ng
ventral aortaning III - IV ravoqlari o ‘rtasidagi qismi yelka-bosh
poyasiga aylanadi. VI aorta ravog‘i o‘pkaga ingichka o ‘pka arteriyasini
berganidan so‘ng o ‘ng tomondagisi yopiladi. Chap VI aorta ravog‘i
chap dorsal arteriya bilan bog‘lanib, Batallo nayiga aylanadi va
homilada u orqali qon o ‘pka poyasidan aortaga o‘tadi.
Segmentlararo dorsal arteriyalar o ‘z navbatida dorsal va ventral
tarmoqlarga bo‘linadi. B o‘yin va bosh sohalarida ulaming dorsal
tarmoqlaridan umurtqa arteriyasi va uning tarmoqlari hosil bo ‘ladi.
Tana sohasida ular qovurg‘alararo va bel arteriyalariga aylanadi.
Ventral tarmoqlardan chap o ‘mrov osti arteriyasi va o ‘ng o ‘mrov
osti arteriyasining distal qismi hosil bo ‘ladi.
0
‘mrov osti arteriyasi
taraqqiyot davrida qo‘lga o ‘sib kiradi.
Lateral segmentar arteriyalardan juft: diafragma, buyrak, buyrak
usti bezi va moyak arteriyalari hosil bo ‘ladi. Ventral segmentar arteri
yalardan esa tuxum sarig‘i arteriyasi hosil bo‘lib, undan qorin bo‘sh-
lig‘i a ’zolarini qon bilan ta’minlovchi toq arteriyalar rivojlanadi.
Kaudal joylashgan ventral segmentar arteriyalar o ‘ng va chap
kindik arteriyasiga aylanadi va uning boshlang‘ich qismidan chiqqan
tarm og‘i oyoq kurtagiga o ‘sib kiradi. Chanoq bo ‘shlig‘i a ’zolari va
oyoqning o ‘sishi munosbati bilan yonbosh (umumiy, tashqi va ichki)
94
arteriyalari juda tez o‘sadi va kindik arteriyasi ichki yonbosh arteriya
tarmog‘iga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |