O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash


Halqum murtagi  (tonsilla pharyngea)



Download 12,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/383
Sana28.05.2022
Hajmi12,23 Mb.
#613095
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   383
Bog'liq
Ahmedov. anatomiya 2 jild

207


Halqum murtagi 
(tonsilla pharyngea) 
toq b o ‘lib, halqum 
gumbazi va orqa devori sohasida chap va o ‘ng eshituv naylarining 
halqum teshiklari o ‘rtasida joylashgan. Bu sohada 4 -
6
ta k o ‘ndalang 
burmalar bo ‘lib, ulaming ichida halqum murtagining limfoid 
to ‘qimasi joylashadi. Goho bu burmalar pastga tomon osilib, burun 
to ‘sig‘iga boradi va halqum bilan burun o ‘rtasini berkitib qo‘yadi. 
Burmalaming erkin yuzalari ko‘p qatorli kiprikli epiteliy bilan 
qoplangan. Ular ostida halqum murtagining diametri 0,8 mm gacha 
bo ‘lgan limfoid tugunchalari joylashgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda halqum murtagi yaxshi bilinib, birin­
chi 
2
oyda uning uzunligi 5 - 7 mm, kengligi 5 - 6 mm va qalinligi
3 - 4 mm bo ‘ladi. Emizikli davrda murtak tez o ‘sadi va unda limfoid 
tugunchalar hosil b o ‘ladi.
Nay murtagi 
(tonsilla tubaria) 
juft b o ‘lib, eshituv nayining 
halqum teshigi sohasida joylashgan shilliq parda ostida to ‘plangan 
limfoid to‘qimadan iborat. Uning shilliq pardasi k o ‘p qatorli kiprikli 
epiteliy bilan qoplangan.
Nay murtagi yangi tug‘ilgan chaqaloqda yaxshi bilinib, uzunligi 
7-7,5 mm va kengligi 3-3,5 mm. Bola hayotining birinchi yilida 
unda limfoid tugunchalar va ko ‘payish markazlari paydo b o ‘ladi. 
Bu murtak bolalikning birinchi davrida eng katta hajmga ega bo ‘lib, 
balog‘at va o ‘smirlik davrlarida kichraya boradi.
Hazm va nafas a’zolari devoridagi yakka-yakka limfa
tugunchalari (noduli lym phoidei solitari). 
Bu limfoid tugunchalar 
hazm a ’zolari (halqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo ‘g ‘on 
ichak, o ‘t pufagi) hamda nafas a ’zolari (hiqildoq, tracheya, bosh, 
b o ‘lak va segment bronxlari) shilliq pardasi va shilliq osti asosida 
bo‘ladi. Ular bir-biridan turli masofada va chuqurlikda joylashadi. 
Goho ular shilliq pardani qoplagan epiteliyga shunchalik yaqin 
joylashadiki, ular ustida shilliq parda tepacha hosil qiladi. Yuqorida 
ko ‘rsatilgan a ’zolar shilliq pardasidagi limfoid tugunchalar miqdori 
juda ko ‘p. Bola va o ‘smirlar ingichka ichagi shilliq pardasida 15000 
ga yaqin yakka-yakka limfa tugunchalari b o ‘ladi. 
0
‘n ikki barmoq
208


ichak va och ichakning proksimal qismida shilliq pardaning 
1
sm

yuzasiga kattalarda 30 - 35 ta yakka-yakka limfa tugunchalari to ‘g ‘ri 
keladi. Och ichakning distal qismida ulaming soni 41 - 45 bo‘lsa, 
yonbosh ichakda 35 - 40 ta bo ‘ladi.
Hiqildoqning shilliq pardasi ichida limfoid to ‘qima halqa 
shaklida joylashgan limfa tugunchalar shaklida bo‘ladi. Limfoid 
to‘qima hiqildoq usti tog‘ayi orqa yuzasi, hiqildoq dahlizi, hiqildoq 
qorinchalari va cho‘michsimon-hiqildoq usti burmalari shilliq 
pardasida yoyilgan shaklda joylashadi.
Yakka-yakka limfa tugunchalari yangi tug‘ilgan chaqaloqda 
ancha zich joylashadi. Och ichakning boshlang‘ich qismida 1 sm

maydonda 13-14 ta yakka-yakka limfa tugunchalari bo ‘lsa, uning 
oxirida 18-19 ta. Ulaming o ‘lchamlari 0,2 - 0,3 mm. Bir yoshli 
bolada ingichka ichak shilliq pardasida ulaming soni 
2 0
taga, 
o‘lchamlari esa 0,3-1 mm ga yetadi. 15 yoshda ulaming soni yangi 
tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 2-3 marta ko ‘payadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq y o ‘g ‘on ichagi shilliq pardasining 
4 sm
2
maydonida 3 dan 28 gacha yakka-yakka limfa tugunchalari,
2-3 yosh bolada ulaming soni 60 taga yetadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning hiqildog‘i shilliq pardasida (dahliz 
va hiqildoq qorinchalari sohasida) yakka-yakka limfa tugunchalari 
yaxshi rivojlangan bo‘lib, uning pastki qismida (boylam osti 
sohasida) bir yoshdan keyin vujudga keladi. Cho‘michsimon- 
hiqildoq usti burmasida yakka-yakka limfa tugunchalari erta bolalik 
davrida paydo b o ‘ladi. Bola hayoti davomida yakka-yakka limfa 
tugunchalari soni sezilarli darajada ko‘payadi va 
1 0
-
11
yoshlarda 
ulaming soni yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 1,5-2 marta ko ‘p 
bo‘ladi.

Download 12,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish