inferior; 3 - extremitas anterior; 4-margo superior.
Taloqning
limfa
tugunchalari
yumaloq
shaklda
bo ‘lib,
ulaming ichidan markaziy arteriya o'tadi. Limfa tugunchalari
retikula to‘qimasi to ‘ri ichida joylashgan limfotsitlardan iborat.
Periarterial limfoid qinlar pulpada arteriyalar va taloqning markaziy
arteriyalarining boshlanish qismi atrofini o ‘rab oladi. Taloqning oq
pulpasi massasi taloq umumiy massasining 18,5 - 21% ini tashkil
qilsa, qizil pulpa 82 - 85% ini tashkil qiladi.
211
Taloq kurtagi homila hayotining 5 - 6 haftasida, oshqozonning
dorsal tutqichi ichida joylashgan mezenxima hujayralari to ‘plami
shaklida paydo bo‘ladi. Homila taraqqiyotining 2 - 4-oylarida vena
sinu'slari, qon tomirlar va trabckulalax, b o ‘l a j ^ limfa tugunchalari
hosil qiluvchi limfotsitlar to'planishidan hosil bo ‘ladi. 4 - 5 oylarda
arteriyalar atrofida periarterial limfoid qinlar paydo bO‘la boshlaydi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda taloq yumaloq shaklda b o ‘lib,
bo ‘laklardan iborat. Uning o ‘rtacha og‘irIigi 9,5 g b o ‘Isa, oq pulpa
a ’zoni 5 - 10%, qizil pulpa
8 6
% yaqin qismini, 3,5 % yaqin qismi
esa zich tolali biriktiruvchi to ‘qimadan iborat. Birinchi yilning
oxirida taloqning og'irligi 24 - 28 g bo‘Isa,
6
yoshda taloq og'irligi
bir yoshga nisbatan 2 marta kattalashadi va 16 - 17 yoshda' 165:-
171 g b o ‘ladi.
NERV TIZIMI H AQ ID AG IILM (NEVROIOGIA)
Umumiy m a’lumotlar
I.P. Pavlov ta iim o ti bo ‘yicha organizm ayrim a ’zolar yoki
tizimlar yig ‘indisi boim ay, tashqi muhit bilan uzluksiz aloqada
bo‘lgan tirik umumlashgan tizimdir. Har bir tirik mavjudot tashqi
muhitdan m a’lum ta ’sirot oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan
tashqari, organizmda bo ‘layotgan modda almashinish jarayonlari
ham o ‘z navbatida unga m a’lum bir ta ’sir qiladi va organizm bunga
javob qaytaradi. Ta’sirot tushayotgan soha bilan a ’zo o ‘rtasidagi
aloqa organizmda nerv tizimi vositasida bog‘lanadi. Nerv tizimi
tana qismlari va a ’zolaming faoliyatini bir-biri bilan bog‘lab bir
butun tizimni hosil qiladi. Ikkinchi tomondan nerv tizimi organizm
faoliyatining tashqi muhit bilan munosabatini boshqaradi.
Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy birligi-nerv hujayrasi b o iib ,
u o‘zidan chiqayotgan o ‘siqlari bilan birga
neyron
deb ataladi.
Neyronlar o ich am i, shakli, o ‘siqlarining soni va uzunligiga qarab
turli xil b o ia d i.
0
‘siqlari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki
neyrit va dendritlarga b o iin ad i. Neyronlaming dendritlari ko‘p
sonli va shoxlangan b o ia d i. Ular tashqi va ichki muhit ta ’sirini yoki
boshqa neyronlardan kelayotgan impulsni nerv hujayrasi tanasiga
o‘tkazib beradi. Akson yoki neyritlar bitta b o iib , nerv impulsini
hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki ish bajaruvchi a ’zoga
o‘tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab neyronlar
sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantimvchi
yoki effektor neyronlarga b oiinadi.
I.Sezuvchi neyronlami dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi
apparat - retseptor joylashgan. Retseptor ta ’sirotni qabul qilib, uni
nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar m a iu m bir ta ’sirotni qabul
qilishga moslashgan (mexanik, harorat va kimyoviy) b o iib , tuzilishi
213
har xil bo ‘ladi. Retseptorlaming joylashishiga qarab quyidagi
turlarga bo‘linadi:
1
.Ekstrotseptorlar tashqi muhit ta ’sirini qabul qiladi. Ular teri,
shilliq pardalar va sezgi a ’zolarida joylashgan.
2
.Introtseptorlar organizmning
ichki
muhitida bo‘ladigan
kimyoviy o ‘zgarishlar, shuningdek to ‘qima va a ’zolardagi bosim
o‘zgarishlari ta’sirotlarini qabul qiladi.
3.Propriotseptorlar mushak, pay, boy lam, fassiya va bo ‘g‘im
xaltasidagi ta ’sirotlami qabul qiladi.
II. Oraliq yoki assotsiativ neyron qo‘zg‘olishni sezuvchi neyron-
dan harakat neyroniga o ‘tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv
tizimida joylashadi.
III. Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlaming tanalari
markaziy nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan.
Ulaming aksonlari ish bajaruvchi a ’zolarga (ko‘ndalang targ‘il va
silliq mushaklar va bezlarga) boradi.
Odamning nerv tizimi neyronlar yig‘indisidan tashkil topgan
bo‘lib, ular o ‘zaro sinapslar vositasida qo‘shiladi. Bitta neyronning
oxirgi tolalari juda k o ‘p (
1 0
.
0 0 0
) neyron bilan qo‘shilishi mumkin.
Shu sababli bir joyda hosil bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishi juda ko‘p
neyronlarga o ‘tishi mumkin.
I.M.Sechenov, ta ’biricha nerv tizimining faoliyati reflektor
xarakterga ega. Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyi
nerv hujayralari zanjiridan iborat b o ‘lib, tarkibiga sezuvchi (afferent)
va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlar kiradi. Bular orqali nerv
impulsi retseptordan ish bajaruvchi a ’zolarga boradi. Nerv impulsi
reflektor yoyida 120 m/sek tezlikda yuradi. K o‘p hollarda reflektor
yoyi tarkibiga uchinchi (oraliq) neyron kirib, sezuvchi neyron bilan
harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi. Oddiy reflektor
yoyi, odatda, ikki: afferent va efferent neyrondan iborat. Afferent
neyronning tanasi markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashib, orqa
miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining soxta
unipolar hujayralaridan iborat. Bu hujayralaming pereferik o ‘siqlari
orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo ‘lgan bosh miya nervlari
214
tarkibida yo ‘nalib, ulaming uchlari retseptomi hosil qiladi. Ulaming
markaziy o ‘siqlari orqa miya nervlarining orqa sezuvchi ildizi va
bosh miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi
hujayraning bu o‘sig‘i orqa miyaning kulrang moddasida yoki bosh
miyaning harakatlantimvchi o ‘zagi efferent neyroni hujayralari bilan
sinaps hosil qilib birikadi va nerv qo‘zg‘alishi harakatlantimvchi
neyronga o ‘tadi. Harakatlantimvchi neyron o ‘siqlari orqa miya
nervlarining oldingi ildizi tarkibida ish bajamvchi a ’zoga boradi.
Odatda, reflektor yoyi tarkibida afferent neyron bilan efferent neyron
o‘rtasida oraliq neyron joylashadi.
Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda odam orga-
nizmining ikki asosiy: o ‘simlik va hayvoniy a ’zolar qismlariga mos
ravishda somatik va vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo ‘-
linadi.
Somatik nerv tizimi ko ‘ndalang targ‘il mushaklar va terini
innervatsiya qilib, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi.
Avtonom nerv tizimi ichki a ’zolaming silliq mushaklarini,
bezlami, yurak-qon tomirlar faoliyatini, a ’zo va to ‘qimalarda
modda almashinuvi jarayonini boshqaradi. Avtonom nerv tizimi
o‘z navbatida ikki: simpatik va parasimpatik qismlarga boiinadi.
Nerv tizimining somatik va vegetativ qismlarga boiin ish i shartli
ravishda, chunki organizmning butun hayoti nerv tizimining barcha
qismlarini bosh miya po ‘stlog‘i boshchiligida bir-biriga b o g ian ib
qilgan faoliyatidan iborat. Shuning uchun birorta a ’zo faoliyatining
o‘zgarishi boshqa a ’zolar faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi.
Masalan, jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi
kuchayadi va kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor
ravishda o ‘pka va yurakning faoliyati kuchayib, mushaklarga qon va
kislorodning kelishi ko ‘payadi. Topografik nuqtayi nazardan nerv
tizimi markaziy va periferik qismlarga boiinadi. Markaziy qismiga
bosh va orqa miya kirib, ular kulrang va oq moddalardan iborat.
Kulrang modda nerv hujayralarining to ‘plami, oq modda esa nerv
o‘siqlaridan tashkil topgan. Periferik qism tarkibiga nerv ildizlari,
tugunlari, chigallar va nervlar kiradi.
215
o ‘rtasida, uchinchisi esa ko ‘prikmng o ‘rqa qismida bo ‘lib, oldinga
qaragan. Keyingi davrlarda miya pufakchalari har xil o ‘zgarib, mi
yaning alohida qismlarini hosil qiladi. Beshinchi miya pufagidan uz-
inchoq miya hosil bo‘ladi.
Ortqi miya pufagidan rombsimon miya siqig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |