2. Suhbat Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish


Tayyorlov guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari



Download 348,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana26.05.2022
Hajmi348,09 Kb.
#610210
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5402198281382006477

Tayyorlov guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. 
Katta guruhda 
bolalar orqali egallangan ko’nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o’rgatish vazifalarini 
murakkablashtirishi imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
 

Bolalar rasmlarning mazmunini boyitish berilgan mavzu bo’yicha rasm syujetini bolalar 
mustaqil holda aniqlashga o’rgatish. 

Syujetda harakat natijasida predmetning formasini o’zgartirishga o’rgatishi (masalan, 
engashishni, yugurishni)



Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni 
qog’ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (razmerlarini o’zgartirmaslik). 

Rang qobiliyatlarini rivojlantirish mustaqil holda syujetga mos rangni berishga o’rgatish. 
Bu yoshda bolalarning analitikfikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachiga berilgan mavzuga 
mos syujetli mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi 
bo’lsa, bolalar o’zlari qanaqa uy, kim quryapti, qaerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi 
predmetning formasi o’zgarishini bilishadi shu o’zgartirishlarni tasvirlay oladilar. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o’rgatishning vazifalari. 
Dekorativ 
rasm solish, tasviriy san’atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go’zallik xissini rivojlantiradi. Halk 
dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi, hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. 
Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat va halqlarning dekorativ san’at asarlari bilan tanishtirish 
bilan birga, vatanga bo’lgan muxabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo’lgan 
xurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
 

Bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini kompozitsiya bilan bog’lash 
xissini rivojlantirish; 

Ranglar hissini rivojlantirish; 

Dekorativ san’atdagi usullarni farqlay olishni va aloxida elementlarni o’z ijodida 
qo’llay olishni rivojlantirish; 

Mo’ykalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko’nikmalarini hosil qilish; 
Bolalarni dekorativ rasm solishga o’rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, 
ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o’rtasidagi bog’liqlikni ko’ra olish malakasini rivojlantirishi 
zarur. Bola predmetni shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi 
o’zgarishini xis qilishi va albatta, tushunishi zarur. SHundan kelib chiqgan holda u naqsh bilan bezashning 
ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o’rtasidagi bog’liqlikni bilib, tushunib boradi. 
Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil 
qilishga o’rgatish zarur. CHunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo’la olmaydi. 
Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri–rangni xis qilishni rivojlantirishdir. Rang–naqsh 
ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog’langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib 
bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg’unlashishini albatta, 
barchasini o’zlashtira olmaydilar. Lekin, rang xissi ularda bog’chagacha bo’lgan yoshdan boshlab rivojlana 
boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruxda murakkablashib boradi: 
yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli 
uyg’unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o’rganib 
bo’lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga kontsentratsiyalash ya’ni, qaratish lozimdir: bu–
shu oddiy-sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir. 
Boshlangich tasviriy ko’nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruxda ega bo’ladilar. 
Ikkinchi kichik guruxda ayrim vazifalar dekorativ harakterga ega. Masalan: «Ro’molchaning chetini 
chiziqlar bilan beza». Lekin bunday mashg’ulotning asosiy maqsadi–naqsh hosil qilish emas, to’g’ri 
chiziqlarni turli yo’nalishda o’tkazish malakasini mustaxkamlashdir.

Download 348,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish