Katta guruhda syujetli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
Bola besh yoshdan
boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo’ladi. U tevarak-atrofni o’zgarishlarini
tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish
tavsiya qilinadi:
"Bolalarning qishki o’yinlari".
"Bog’chada senga nimalar qiziqarli, shularni chiz".
"Men onamga guldasta sovg’a qilyapman".
"Quruvchilar yangi uy quryaptilar".
"Ona bolani bog’chaga olib ketyapti".
"Bolalar qorbobo yasayaptilar".
Katta guruxdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini
tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. Masalan, "Ikki ochko’z ayiqcha", "Ayyor tulki va
kulrang bo’ri", "Mushuk, xo’roz va tulki" va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va konkret masalada
bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, "14 yanvarь-ximoyachilar kuni", "8 mart-onalar bayrami", "21
mart-Navro’z bayrami". Katta guruxda o’tkaziladigan rasm mashg’ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan
holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa
joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning
xajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga o’zoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash
mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar ayniqsa ertak mulьtfilmlarni tomosha qilishni yaxshi
ko’rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha bola
rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga predmetlarni joylanishini ko’rsatishi kerak
va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muxim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun
unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib akvarel bo’yoq berib ma’lum mavzu
va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim.
5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat
predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofdagi sharoitni ham tasviriyadi.
Quyidagi vazifalari bor:
Ob’ektlar orasidagi o’zaro mazmunan bog’liqlikni tasvirlashga o’rgatish.
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (bunda qog’ozda gorizontal chizig’ini belgilab
chizish).
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan konkret aniqlangan bo’lishi kerak.
Ularga masalan, “Bayram” mavzusini berish kerakmas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo’lmagan narsani
chizish, yo o’zining imkoniyatiga to’g’ri kelmaydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo’yish mumkin.
Masalan, demonstratsiyani chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |