Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 5. Bosh vazirning vakolatlari



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 5. Bosh vazirning vakolatlari 
 
Bosh vazirning vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo„yilgan. 
Konstitutsiyaga asosan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil qiladi va 


426 
unga rahbarlik qiladi. Uni samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo„ladi. 
Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilib, uning qarorlarini imzolaydi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig„iga binoan halqaro 
munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish yuritadi. 
Bosh vazirning vazifa va vakolatlari Konstitutsiyada shu tarzda ko„rsatilib, 
unga asosan Bosh vazirning vakolatiga Vazirlar Mahkamasining ishini tashkil 
qilish, 
unga rahbarlik qilish, Prezident topshirig„iga binoan halqaro 
munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish yuritish kiradi. 
Bundan tashqari, Bosh vazirning konstitutsiyaviy vakolatlari qatoriga 
Prezidentga tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi a'zolarini, viloyat, Toshkent 
shahar xokimlari nomzodlarini taqdim etish xuquqi ham kiradi. 
Konstitutsiyada Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasining ishi samarali 
bo„lishi uchun shaxsan javob berishga mas'uliyati (majburiyati) ham ko„rsatib 
qo„yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyada yana Bosh vazir O„zbekiston Respublikasi 
qonunlarida, Prezidenti farmonlarida, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan 
boshqa vazifalarni ham bajarishi belgilangan.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to„g„risidagi qonunning 15-
moddasida Bosh vazirning vakolat, vazifa va majburiyatlari quyidagicha 
belgilangan: 
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik 
qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi. 
Bosh vazir: 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning 
o„rinbosarlari o„rtasida vazifalarni taqsimlaydi
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi; 
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi; 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig„iga binoan halqaro 
munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko„radi hamda hukumatlararo 
shartnomalar va bitimlarni imzolaydi
davlat va xo„jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko„rib 


427 
chiqish talab etilmaydigan masalalari bo„yicha qarorlar qabul qiladi; 
O„zbekiston 
Respublikasi 
qonunlarida, 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Bosh vazir o„z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar 
chiqaradi. 
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to„g„risida O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi. 
Bosh vazir yo„qligida uning vazifasini Bosh vazir o„rinbosarlaridan biri 
bajaradi. 
Bularga e'tibor bersak, Bosh vazir o„z vakolatlariga kiruvchi masalalar 
yuzasidan farmoishlar qabul qilishi ko„rsatilgan bo„lib, shu bilan birga davlat va 
xo„jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko„rib chiqilishi talab 
etilmaydigan masalalar bo„yicha qaror ham qabul qilish xuquqiga egaligi 
ko„rsatilgan. Bu ham Bosh vazir vakolatiga kiradi.
Bosh vazirni vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh vazirning 
o„rinbosarlari ma'lum rol o„ynaydi. 
Bosh vazirning o„rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq, o„zlari 
rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli 
vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar hamda davlat va xo„jalik boshqaruvining 
boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni 
amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar. Vazirlar Mahkamasi 
muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini 
dastlabki tarzda ko„rib chiqadilar. 
Vazirlar Mahkamasi va faoliyatini tashkil etishda Vazirlar Mahkamasi 
Rayosati muhim rol o„ynaydi. 
Rayosat Bosh vazir va uning o„rinbosarlaridan iborat tarkibda tuzilib, 
Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlovchi organi sifatida faoliyat ko„rsatadi. 
Bosh vazirning qaroriga ko„ra, Rayosat tarkibiga O„zbekiston Respublikasi 
Hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin.


428 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish