Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
 
1. Hukumatni hokimiyat tizimidagi o„rni qanday? 
2. Hukumat mavqyeiga nimalar ta'sir qiladi? 
3. O„zbekistonda hukumatni shakllanishi qanday kechgan? 


432 
4. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumati qanday 
shakllantiriladi? 
5. Vazirlar Mahkamasiningn tarkibi qanday? 
6. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qanday? 
7. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qanday amalga oshiriladi? 
8. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzilmalari, organ, 
tashkilotlari bilan munosabati qanday? 
9. Vazirlar Mahkamasini parlament va Prezident oldida mas'ulligi nimalarda 
namoyon bo„ladi? 
10. Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi faoliyatida qanday rol o„ynaydi? 
11. Bosh vazirning vakolatlari qanday? 
12. Bosh vazirni vazifasidan ozod etish tartibi qanday? 
13. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish tartibi qanday? 
14. Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir qanday hujjatlar qabul qiladi? 


433 
XXIV bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari 
§ 1. Mahalliy davlat organlari tizimi 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni 
tashkil etishga o„ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq Ittifoqchi 
respubliklar Konstitutsiyalaridan farq qilib, O„zbekiston Konstitutsiyasida 
mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organlarining tizimi alohida belgilandi. O„zbekistondan boshqa 
davlatlarning Konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha 
ishlatilmagan. Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va 
o„zini o„zi boshqaruv”, Qozog„iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy 
tuzilishi va o„zini o„zi boshqaruv”, Qirg„iziston, Rossiya va Estoniya 
Konstitutsiyalarida “Mahalliy boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida 
“Mahalliy ijro hokimiyati” alohida bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda 
berilgan. 
Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya 
sub'ektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo„g„inlarda tuman, 
shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat 
yuritadi. 
O„zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv, viloyat, tuman, 
shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan. 
Konstitutsiyaga asosan mamlakatimizda mahalliy miqyosda ham ikki 
turdagi, ya'ni vakillik davlat hokimiyati va ijro hokimiyati organlari mavjud. 
Konstitutsiyaning 
99-moddasiga 
binoan, “Viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda (tumanga bo„ysunuvchi shaharlardan shuningdek shahar tarkibiga 
kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari 
Kengashlari hokimiyatning vakillik organi bo„lib, ular davlat va fuqarolarning 
manfaatlarini ko„zlab o„z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”. Bu bilan 
konstitutsiyaviy asosda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi 


434 
belgilandi (viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari) va hokimiyatning 
vakillik organlariga hokimlar boshchilik qilishi belgilandi va bu organ davlat va 
fuqarolarni manfaatini ko„zlab, vakolatlarni amalga oshirishi mustahkamlandi.
Konstitutsiyada hokimlar qaysi ma'muriy hududlarda faoliyat ko„rsatishi 
haqida alohida norma bo„lmasa-da, Konstitutsiyaning 99-moddasi mazmunidan, 
ular viloyat, tuman, shaharlarda faoliyat ko„rsatishini bilib olsa bo„ladi, ya'ni 
hokimlar viloyatlar,shaharlar va tumanlarda tashkil qilinadi. 
Konstitutsiyaning 
102-moddasida 
“Vakillik va ijro hokimiyatini 
tegishliligiga qarab hokimlar boshqaradi” degan qoida mahalliy miqyosda vakillik 
hokimiyati bilan birga ijro hokimiyatini ham o„rnatilganligini ko„rsatadi. Mazkur 
modda qoidalari yana qaysi ma'muriy hududlarda hokim qanday tartibda 
tayinlanishi haqida hamda ijro hokimiyatining tizimi haqida xulosa qilish 
imkoniyatini tug„diradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining tizimini vakillik hokimiyati organlari – xalq 
deputatlari Kengashlari va hokimlar tashkil etadi. Ularning har biri o„zini tizimiga 
ega. 
Vakillik hokimiyati organlari, viloyatlar (Toshkent shahar), tumanlar va 
shaharlarning xalq deputatlari Kengashlaridan, ijro hokimiyati organlari viloyatlar 
(Toshkent shahar), tuman va shahar hokimlaridan iborat. Bu ikkala ta'rif bir 
qarashda har ikkala turdagi organlar tizimi bir xil, bir-biriga mos degan fikrga olib 
kelmasligi kerak. Chunki Konstitutsiyaga binoan, xalq deputatlari Kengashlari 
tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlarda tashkil qilinmaydi. Masalan Toshkent shahar tarkibidagi birorta 
tumanda xalq deputatlari Kengashlari, ya'ni vakillik organlari saylanmaydi. Ularda 
faqat ijro hokimiyati-hokimlar faoliyat ko„rsatadi. Bu vakillik va ijro hokimiyati 
organlaritizimidagi o„ziga xos xususiyatdir. 
Shunday qilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari,mamlakatning 
ma'muriy-hududiy tuzilishi viloyat, tuman va shahar pog„onalarida faoliyat 
ko„rsatadi. Ular davlat hokimiyatining vakillik organlari va ijro hokimiyati 
organlari ko„rinishida mavjuddir. 


435 
Mahalliy hokimiyat organlarining tizimi deganda viloyat, tuman, 
shaharlarda tashkil qilinadigan davlat hokimiyatining vakillik organlari – xalq 
deputatlari Kengashlari va ijroiya hokimiyat organlari – hokimliklar yig„indisiga 
aytiladi. Bu tizimga kiruvchi vakillik hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil, 
hamkorlik asosida tashkil qilinsa va faoliyat yuritsa, ijro hokimiyati organlari – 
hokimlar vertikal bo„ysunish asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish