Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 6. Bosh vazirni vazifasidan ozod qilish



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

 
§ 6. Bosh vazirni vazifasidan ozod qilish 
 
1990-yil mart oyida O„zbekiston Respublikasida Prezident lavozimi tashkil 
etilishi, yuqori ijro organlarini qayta tashkil etish bo„yicha Konstitutsiyaga 
kiritilgan o„zgartirishlarda Prezidentga O„zbekiston Respublikasi Ministrlar 
Sovetini (hukumatini) iste'foga chiqarish, iste'foni qabul qilish masalasini qo„yish 
tartibi kiritilgan edi. 
1992yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada hukumatni iste'foga 
chiqarish, Bosh vazirni muddatidan oldin vazifasidan bekor qilish masalalari 
ko„rsatilmagan edi. Bu masala ya'ni, Bosh vazirni muddatidan avval lavozimidan 
ozod qilish va Vazirlar Mahkamasini iste'foga chiqarish 2007-yil 11-aprelda qabul 
qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to„g„risida”gi Konstitutsiyaviy qonunida tartibga solindi va shu asosda 
“O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to„g„risida”gi qonuniga ham 
o„zgartirishlar kiritildi. 
Konstitutsiyaviy qonunning 5-moddasida Bosh vazirni lavozimidan ozod 
etish tartibi quyidagicha belgilanadi: 
“O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan quyidagi hollarda lavozimlardan ozod etiladi: 
a) Bosh vazirning iste'foga chiqish to„g„risidagi arizasiga binoan; 
b) Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarish mumkin bo„lmay qolgan taqdirda; 
v) O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal 
faoliyatiga taxdid soluvchi hal qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, 
shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O„zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; 
g) O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 
siyosiy partiyalar fraksiyalarining O„zbekiston Respublikasi Prezidenti ko„rib 
chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusini O„zbekiston Respublikasi Oliy 


429 
Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari 
qo„llab quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senatiga ovozga qo„yilgan tegishincha O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy soni uchdan ikki 
qismidan ko„prog„ining ovozini olsa, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirning lavozimidan ozod etish to„g„risida qaror 
qabul qiladi. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimida ozod etilishi bir 
vaqtning o„zida O„zbekiston Respublikasi Hukumatining iste'foga chiqishiga sabab 
bo„ladi”
1

Milliy qonunchiligimizda birinchi marta qanday hollarda Bosh vazirni 
lavozimidan ozod etish asoslari va tartibi aniq belgilandi. Bu Bosh vazir 
mas'uliyatini kuchayishiga olib keladi. O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, faqat 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladi. Bosh 
vazirni lavozimidan ozod etilishini asoslari sifatida quyidagilar belgilangan: 
- Bosh vazirni iste'foga chiqish to„g„risida bergan arizasi. Bosh vazir o„z 
xohishini bilan lavozimidan ozod qilishni so„rab, Prezidentga murojaat qilish 
xuquqiga ega. Bunday ariza berishning sabablari ko„p bo„lishi mumkin. Uning 
sog„ligini yomonlashgani, qilayotgan ishidan o„zi qoniqmasligi, yangicha sharoit 
va talablarga javob bermasligi, yoshini ulg„ayib borishini, boshqa ishga o„tish 
istagi, ishda yo„l qo„ygan kamchiliklarga o„zi iqror bo„lishi va xokazolar; 
- Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarishi mumkin bo„lmay qolganda. Bunda 
ham uning sog„ligi boshqa yerga yashash uchun ketishi, oilaviy sabablar va 
boshqalar bu holatni keltirib chiqarishi mumkin; 
- Vazirlar Mahkamasi tartibida uning normal faoliyatiga taxdid soluvchi hal 
qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir 
necha marotaba O„zbekiston Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Prezidentning 
1
2011 йил 18 апрелдаги қонуни билан бу модда ва Вазирлар Махкамаси тўғрисидаги қонунининг тегишли 


430 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; 
- Vazirlar Mahkamasi kollegial organ. Undagi hamjixatlik, birdamlik 
muvaffaqiyatli faoliyat garovidir. Hukumatdagi har qanday ixtilof insonlar 
taqdiriga, mamlakat taqdiriga, rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi. Ixtilof vujudga 
kelishi esa Bosh vazir o„z faoliyatini yetarli boshqara olmayotganligidan dalolat 
beradi.Hukumat faoliyatida ixtilof vujudga kelsa, bunda birinchi navbatda Bosh 
vazir aybdor. Bunday shaxs shunday yuksak lavozimga nomunosibdir; 
- Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga Bosh vazirni lavozimidan ozod qilishni ko„rib chiqish 
uchun kiritgan taqdimi asosida. Bunday qoidaning kiritilishi Qonunchilik 
palatasining, siyosiy partiyalarning mavqyeini oshiradi. Bosh vazir mas'uliyatini 
kuchaytiradi. Siyosiy fraksiyalarning bunday tashabbusi Qonunchilik palatasidagi 
yetakchi siyosiy partiyalar fraksiyasi tomonidan qo„llab quvvatlansa va tashabbus 
Prezident tomonidan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga 
qo„yilganda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonini 
uchdan ikki qismidan ko„prog„i ovozini olsa, Prezident Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish to„g„risidagi qaror qabul qiladi. Bu moddadagi Bosh vazirni lavozimdan 
ozod etilishi tartibida alohida jihatlar mavjud. Agar Bosh vazirning arizasi 
bo„yicha Bosh vazir o„z vakolatlarini bajarishi mumkin bo„lmay qolgan holatda
Vazirlar Mahkamasi faoliyatida hal qilib bo„lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, 
Vazirlar Mahkamasi Konstitutsiya, qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari, 
farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan holatda Bosh vazir Prezident tomonidan 
to„g„ridan to„g„ri vazifasidan ozod qilinsa, Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish 
tashabbusi bilan siyosiy partiyalar fraksiyalari chiqqan vaqtda bu masala Oliy 
Majlis palatalariga qo„yilib, yetarli ovoz olgandagina Bosh vazir Prezident 
tomonidan lavozimdan ozod qilinadi. Ya'ni bunda Bosh vazirni lavozimdan ozod 
qilish asosi partiya fraksiyalarining tashabbusi va Oliy Majlis palatalarining shu 
tashabbusni qo„llab quvvatlashi hisoblanadi. 
моддасига “д” қисм қўшимча қилиб киритилган.


431 
Bosh vazir qanday holatda vazifasidan ozod etilmasin bu hukumatning to„la 
tarkibida iste'foga chiqishiga sabab bo„ladi. Chunki hukumat a'zolari Bosh vazir 
taqdimi bilan Prezident tomonidan tayinlanadi. Yangi Bosh vazir hukumat 
a'zolarini yangitdan taqdim qiladi. Bu degani barcha hukumat a'zolari yangilanishi 
kerak degan ma'noni bermaydi. Yangi Bosh vazir avvalgi hukumat a'zolari 
orasidan ham tegishli lavozimlarga taqdim qilishi mumkin. Bunday tajribalar 
xorijiy mamlakatlar davlatchiligida qo„llaniladi. 
2011-yil 18-apreldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o„zgartirishda Bosh vazirni 
muddatidan oldin lavozimidan ozod qilishning yana bir tartibi belgilandi. Bu bilan 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish tartibidir. 
Unga asosan O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan Qonunchilik 
palatasi o„rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi 
deputatlarining umumiy sonining uchdan bir qismi tomonidan O„zbekiston 
Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo„yicha O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini qo„shma majlisi muhokamasiga Bosh 
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. 
Ishonchsizlik votumi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolarining 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi. Bunday holda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish 
to„g„risida qaror qabul qiladi. Shunday hol yuz bersa Vazirlar Mahkamasining 
butun tarkibi iste'foga chiqadi. 
Konstitutsiyaga kiritilgan shu o„zgartirish asosida Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish to„g„risidagi qonun hujjatlarining tegishli moddalariga shu qo„shimcha 
“d” band sifatida kiritildi.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish