240
ixtiyori bilan kasaba uyushmalari tuzish, uning ustavi talablariga rioya etish sharti
bilan kasaba uyushmalariga a'zo bo„lish huquqiga ega.
Nafaqaxo„rlarning uyushmaga a'zo bo„lishi, undan chiqishi haqidagi tartib-
qoidalar ustavlarda belgilangan.
Kasaba uyushmalarining ustavlarini ro„yxatga olish tartibi “O„zbekiston
Respublikasi jamoat birlashmaalri to„g„risida”gi qonunda belgilangan.
- Kasaba uyushmalari qaerda tuzilishidan qat'iy nazar, davlat organlaridan
mustaqil, ular bilan sherikchilik, hamkorlik asosida ish olib boradi;
- tashkilot, muassasa ma'muriyati tomonidan nazorat qilinmaydi, ularga
hisob berilmaydi;
- ularni faoliyatiga qonunda ko„zda tutilmagan
hollarda aralashuv mumkin
emas va bunday aralashuv qonunsiz hisoblanadi.
Kasaba uyushmalari o„z faoliyatini belgilovchi hujjat Ustavni mustaqil
ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Uyushmani tarkibiy tuzilishini belgilaydi,
rahbar organlarini tuzadi (saylaydi), yordamchi organlarni tashkil qiladi.
Kasaba uyushmalari o„z vazifasini kollegial, oshkoralik asosida amalga
oshiradi. Masalalarni hal qilish uchun yig„ilishlar (konferensiya, plenum, qurultoy)
o„tkazadi.
Kasaba uyushmalari butun dunyoda mehnatkashlarning, aholining iqtisodiy-
ijtimoiy huquqlarini, manfaatlarini himoya qilish vazifasiga ega. Ana shu vazifani
muvaffaqiyatligi, samarali bajarish uchun ular
dunyo miqyosida hamkorlik
qilishlari mumkin. Buning uchun kasaba uyushmalari boshqa malakatlardagi
kasaba uyushmalari bilan hamkorlik o„rnatishi, tajriba almashtirishi mumkin.
Ular kasaba uyushmalarining xalqaro tashkilotlariga a'zo bo„lishi mumkin.
Kasaba uyushmalarini mehnatkashlarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini
himoya qilish asosiy ya'ni konstitutsiyaviy vazifa bo„lsa, ularga qonunlarda shu
vazifani bajarish yuzasidan tegishli vakolatlar yuklangan.
Ular qonunga asosan quyidagi huquqlarga ega:
-
o„zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qonunlar va
boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
241
-
jamoat shartnomalari, bitimlar tuzadi;
-
mehnat va kasaba uyushmalari to„g„risidagi qonunchilikka rioya qilinishini
nazorat qiladi;
-
mehnat nizolarini ko„rib chiqishda
ishtirok etadi;
-
mehnat va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga doir ma'lumotlar bilan
tanishadi;
-
ma'muriyat tomonidan jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat qiladi;
-
ma'muriyat va mehnat jamoasi o„rtasidagi nizolarni hal qilishda ishtirok
etadi;
-
davlatlararo bitimlar tuzishda ishtirok etadi.
Kasaba uyushmalarining eng muhim faoliyati, vakolatlaridan biri,
ma'muriyat qonunda ko„rsatilgan hollardan tashqari
xodimni kasaba uyushmasini
roziligisiz ishdan bo„shata olmaydi.
Kasaba uyushmasi tuzilgan va faoliyat yuritayotgan idora, tashkilot,
muassasa ma'muriyati, mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarini faoliyatiga
yordam berish, ko„maklashish majburiyatiga ega.
Kasaba uyushmalarini faoliyatiga to„sqinlik qilish, aralashganlik uchun
qonunlarda javobgarlik belgilangan.
Kasaba uyushmalari xodimlarni
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini, qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ularni moddiy qo„llab-quvvatlashda
ishtirok etadi. Xodimlarning axloqiy-ma'naviy tarbiyasida, huquqiy ongini
ustirishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: