Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


§ 6. Davlat va diniy tashkilotlar munosabati



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)

§ 6. Davlat va diniy tashkilotlar munosabati 
O„zbekiston dunyoviy davlat bo„lib, bu – davlat va din munosabatiga ta'sir 
qiladi. 
O„zbekiston aholisi (ko„pchiligi) islom diniga e'tiqod qiladi. Sobiq 
ittifoqning oxirgi yillarda islom diniga qarshi katta va asossiz kurashlar olib 
borildi. Aholining vijdon erkinligini buzildi. 


242 
Shuning uchun markazni islom diniga, dinga e'tiqod qiluvchilarga qarshi 
asossiz, kurashlarni olib borilayotgan bir paytda, hali mustaqillik e'lon 
qilinmasdan, O„zbekiston ittifoq tarkibida turgan vaqtda, 1991 yil 14 iyunda 
mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida” qonun qabul 
qilindi
1

Bu qonun har bir shaxsning vijdon erkinligini, diniy e'tiqod huquqini, dinga 
munosabatidan qat'iy nazar fuqarolar tengligini, shuningdek diniy tashkilotlarning 
faoliyati bilan bog„liq munosabatlarni tartibga soldi va dinni davlatdan 
ajratilganligini qonuniy mustahkamlab qo„ydi. 
O„zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qabul qilinishida bu 
masala alohida e'tibor berildi. 
Konstitutsiyaning 31-moddasida vijdon erkinligi fuqarolarning shaxsiy 
huquqlari qatorida mustahkamlandi. 
Konstitutsiyaning “Jamoat birlashmalari” bobining 61-moddasida esa davlat 
bilan diniy tashkilotlarning munosabatining konstitutsiyaviy asosi belgilab 
qo„yildi. Unga asosan “Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, hamda qonun oldida 
tengdirlar. Davlat diniy birlashmalar ning faoliyatiga aralashmaydi”. 
Demak, – diniy tashkilotlar va birlashmalar (ular qaysi dinga mansubligidan 
qat'i nazar) davlatdan ajratilgan, ya'ni mustaqil faoliyat yuritadi; 
-
diniy birlashma va tashkilotlar ham boshqa jamoat birlashmalari qatorida 
qonun oldida keng, ya'ni qonunlarga itoat etadilar; 
-
davlat diniy birlashma va tashkilotlar faoliyatiga aralashmaydi. 
Davlatning diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi, ularning faoliyati 
nazorat qilinmaydi degan gap emas. 
Konstitutsiyaning o„zida diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligi 
o„rnatilgan ekan,bu ularning faoliyatiga aralashmagan holda nazorat qilishni 
mumkinligini ko„rsatadi. 
Mamlakatimiz xalqining aksariyat kupchiligi “Islom” diniga e'tiqod qiladi, 
1
Бу қонун 1998 йил 1-майда янги таҳрирда қабул қилинган.


243 
shuningdek, boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar ham mavjud. O„z-o„zidan turli 
dinga mansub diniy tashkilot, birlashmalar tuzilgan bo„lib ular qonun oldida teng. 
Davlat va qonunning barcha diniy tashkilot va birlashmalarga bir xil talabi 
va munosabati diniy konfessiyalar o„rtasida tinchlik totuvlik bo„lishini ta'minlaydi. 
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o„zining vazifasini yuklamaydi
shuningdek, diniy tashkilot va birlashmalar ham davlat vazifalarini bajarishga 
urinmaydi, da'vo qilmaydi. 
Konstitutsiya normalarini hayotga kengroq tatbiq etish maqsadida 
mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida” 1991-yil 14-
iyunda qonun qabul qilingan. Qonun davlat bilan diniy tashkilot va birlashmalarni 
barcha munosabatlarni atroflicha tartibga soladi. 
Qonun 
qoidalarga 
asosan, 
diniy 
tashkilot 
va 
birlashmalarning 
Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi dushmanlik, nafrat, millatlar o„rtasida adovat 
keltirib chiqarishga, axloqiy negizlar va fuqaroviy totuvlikni buzishga qaratilgan, 
vaziyatni beqarorlashtiruvchi buxton, uydirmalar aholi urtasida vahima 
uyg„otuvchi xabarlarni tarqatish, jamiyat, fuqaro, davlat manfaatlariga zid faoliyat 
olib borishi taqiqlanadi. 
Din niqobi ostida davlat organlari, mansabdor shaxslarga biror-bir yo„l bilan 
tazyiq o„tkazish, yashirin diniy faoliyat olib borish aslo mumkin emas. 
Davlat bilan diniy tashkilot va birlashmalar munosabati har qanday dinning 
insonparvarlik, axloqiy, tarbiyaviy g„oyalaridan jamiyat rivojida unumli 
foydalanishga asoslanadi. Dunyoviy va diniy ta'limotlarning ijobiy jihatlaridan 
foydalanib tarbiya ishlarini olib borilishida diniy tashkilot va birlashmalarning 
to„g„ri munosabati katta rol o„ynaydi. 
Davlat va din munosabatlarida, dinning foydali jihatlaridan: uni 
ma'naviyatga ijobiy ta'siridan, axloqiy tarbiyaviy ta'siridan, insonlarni kamtarlik, 
kamsuqumlik, halollik, poklikka undaydigan boshqa qadriyatlar sifatida 
foydalanish va dindan g„arazli maqsadlarda foydalanish, dindan siyosat, davlat 
ishlariga aralashishiga bo„lgan harakatlarini taqiqlash, shunday hollar bo„lsa, 
ularga chora ko„rishda o„z aksini ko„rsatadi. 


244 
Davlat shuningdek millatlararo, diniy mojarolar, qonli to„qnashuvlarni oldini 
olish, ularni to„xtatishda dinning hayotbaxsh o„gitlaridan foydalanadi. 
Davlatning dinga nisbatan to„g„ri munosabati tufayli bugungi kunda 
Respublikamizdagi barcha dinlar tinch-totuv faoliyat ko„rsatmoqda va shu dinlarga 
e'tiqod qiluvchilar orasida totuvlik, hamjihatlik bo„lishida o„z hissasini 
qo„shmoqda. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish