27
qarindoshligiga shubha bilan qarash yoki uni rad qilish hollari uchray boshladi.
Ba’zi olimlar, masalan, vengr olimi U, Nemet, ural-oltoy tillarining hammasi
emas, balki ugor va turkiy tillargina qarindoshlikni ega deb hisoblaydi.
R.Ramstedt,Viklund, Andersen, Munkachi, Kollender kabi tilshunoslar esa ugor-
fin tillari
oltoy tillari bilan emas, balki hind-evropa til oilasi bilan qarindosh
deydilar. V.I.Litkin va K.E. Maytinskaya kabi sobiq ittifoq tilshunoslari ham hind-
evropa va ugor-fin tillaridagi olmosh o’zaklarining mos kelishiga tayanib, bularni
qarindosh deb hisoblaydilar.
Taniqli sobiq ittifoq tilshunosi E.D.Polivanov oltoy tillari bilan koreys tili
genetik qarindosh bo’lishi mumkin
degan fikrni bildirgan holda, oltoy tillarining
ural tillari bilan qarindoshligi masasiga shubha bilan qaraydi.
Sobiq ittifoq tilshunoslari N.A.Baskakov, G.D.Sanjeev, E.I.Ubryatova va
boshqalar, oltoy tillari o’zaro genetik qarindosh, deyish bilan birga, oltoy va ural
tillari genetik qarindosh emas, balki tipologik o’xshash tillardir deb hisoblaydilar.
Ayrim tilshunoslar, masalan, Dj.Klouson, V.Kotvich. A.M.SHcherbak va
boshqalar oltoy tillari o’zaro genetik qarindoshligini ham tan
olmaydilar va ular bu
tillardagi umumiy hodisalarni uzoq muddat davom etgan aloqa-aralashuv natijasi
deb biladilar. (Buning isboti uchun A.M.SHcherbak turkiy, mug’ul, tung’us-
manchjur tillarida boshqa tillar ta’siriga juda kam uchraydigan sonlar hamda asosiy
lug’at fondini tashkil etuvchi so’zlar o’zaro mos kelmasligini dalil sifatida
keltiradi). D.Deni “Fin-ugor tilshunosligiga kirish” asarida hind-evropa va fin-ugor
tillarining qarindoshligi haqidagi fikrga uzil-kesil zarba berdi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab ural-oltoy tillarining qarindoshligi
masalasiga qiziqish qayta jonlandi. Vengriyada D.Fokash,
Finlyandiyada
M.Ryasyanen va sobiq ittifoqda Dj.Kiekbaevlar o’z asarlarida ural-oltoy tillarining
genetik qarindoshligini yoqlab chiqa boshladilar. Ural tillari vakillari bilan oltoy
tillari vakillari uzoq vaqt madaniy va moddiy aloqada bo’lganligi oqibatida bu
tillarda bir-biriga yaqin hamda o’xshash grammatik hodisalar vujudga kelgan
degan xulosaga keldilar. Ayniqsa, oltoy tillari o’zaro juda yaqinligini alohida
ta’kidladilar. Tilshunoslikda bu tillarning tipologik
bir xilligidan tashqari, fonetik
va grammatik jihatdan ham juda ko’p o’xshashliklarga egaligi qayd qilinadi. Biroq
hozirga qadar ural-oltoy tillari qarindoshligi masalasi uzil-kesil hal qilingan emas.
URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI
MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1.Turkologiyada Ural va Oltoy tillarining o’xshash tomonlari haqida qanday fikrlar
mavjud?
2. Ural va Oltoy tillarining genetik tasnifi qanday xulosalarga olib keladi?
3.Ural va OLtoy tillarining qiyosiy tadqiqi bo’yicha qaysi olimlar ko’proq
shug’ullanganlar?
11.
Ural-Oltoy tillarga xos umumiy hodisalar nimalarda ko’rinadi?
12.
Oltoy tillariga xos umumiy fonetik xususiyatlarini sanab bering.
13.
Oltoy tillariga xos leksik xususiyatlar.
14.
Bu tillarda singormizm mavjudmi?
28
15.
Oltoy tillarini tashkil etuvchi guruhlar.
16.
Ural va Oltoy tillari tuzilishidagi o’xshashliklar.
17.
Oltoy tillari vakillarining geografik joylashuvi.
TAYANCH ATAMALAR:
1.
Ural tillari.
2.
Oltoy tillari.
3.
Genetik qarindoshlik.
4.
Qiyosiy tipologiya.
5.
Genetik tasnif.
A D A B I YO T L A R :
1.
E.Fozilov. O’zbek tilining tarixy morfologiyasi.
Toshkent 1965 yil.
2.
N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie turkskix yazqkov.
M.1969 g.
3.
I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent.
Do'stlaringiz bilan baham: