Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5-MAVZU: HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI. 
REJA: 
1. O’zbek tilining lug’at sostavi. 
2.
O’zbek tili serdialekt tillardan biri. 
3.
O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika. 
4.
Stilistik tadqiqotlar. 
Hozirgi o’zbek tilshunosligi avvalgi rus turkologiyasi eski o’zbek tili 
bo’yicha yozilgan lug’at va filologik traktatlarni va o’zlashtirish, bu maktablardagi 
lingvistik ideyalarni o’zbek tili materiallariga tadbiq qilish natijasida uzaga keldi. 
SHundan keyin o’zbek tilshunosligi shonli taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, o’zbek 
tili sinxronik, diaxronik, qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik aspektlarda o’rganish 
bo’yicha jiddiy natijalarga erishdi. O’zbek tilshunoslari safi beqiyos kengaydi, 
ularning ilmiy-nazariy tayyorgarligi yaxshilandi. Hozirgi o’zbek tilshunoslari 
safida o’nlab fan kandidatlari va fan doktorlari bor. O’zbektili masalalari Fanlar 
Akademiyasining A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot institutida, Toshkent, 
Samarqand va Nukus universitetlarida, respublika va viloyat pedagogika institutida 
va boshqa joylarda o’rganilmoqda. Bulardan tashqari, Moskva, Leningrad kabi 
ilmiy markazlarda ham o’zbek tili bilan shug’ullanuvchi olimlar bor. 
O’zbek tilining lug’at sostavi ko’pdan buyon o’rganilib keladi. O’zFA 
A.S.Pushkin nomidagi til va adabayot instituti tomonidan 1957 yilda nashr etilgan 
“Hozirgi o’zbek adabiy tili ”, 1966 yilda nashr etilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” 
asarining birinchi tomida o’zbek tili lug’at sostavi masalalariga birmuncha o’rin 
berilgan: O’zbekiston oliy o’quv urtlari filologiya va til-adabiyot fakul’tetlari 
studentlari uchun yozilgan darslik va qo’llanmalarda ham o’zbek tilining lug’at 
boyligiga ancha o’rin ajratilgan. 
Bu ishlar asos e’tibori normativ- tasviriy ishlar bo’lgani uchun o’zbek 
tilining so’z boyligi ularda norma va programma talablari asosida tavsif etiladi. 
O’zbek tili lug’at sostavining ma’lum sohalariga bag’ishlangan monografik 
tadqiqotlar yaratildi. O’zbek tilida inteknasional so’zlar (I.Isroilov, M.Po’latov, 
N.G’ulomova), evfemizmlar (N.Ismatullaev), eskirgan so’zlar (E.Qilichev), kasb-
hunar leksikasi (N.Mamatov, T.Dadaxonova-Tursunova, N.Bakoeva), 
antroponimlar (E.Begmatov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. 
S.Ibrohimov 1961 yilda “O’zbek tilining kasb-hunar leksikasi” degan 
mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 
O’zbek tili frazeologiyasiga bag’ishlangan birinchi yirik ish SH.Rax
matullaevning 1952 yilda Moskvada himoya qilingan ”Hozirgi zamon o’zbek 
tilidagi obrazli fe’l frazeologik birliklarning asosiy grammatik hususiyatlari” nomli 
kandidatlik dissertasiyasi bo’ldi. Bu ishning kirish qismida akad. 
V.V.Vinogradovning frazeologik konsepsiyasi o’zbek tili materialiga tatbiq etildi. 
SH.Raxmatullaev 1966 yilda “O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” degan 
mavzuda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 
O’zbek tili frazeologik boyligini to’plash va o’rganish keyinchalik badiiy 
adabiyot tili materialida olib borildi. Muqimiy frazeologiyasi (A.SHomaqsudov), 


22
Oydin asarlari frazeologiyasi (M.Husainov), A.Qahhorning frazeologiyasi 
novatorligi (I.Qo’chqortoev) buyicha kandidatlik dissertasiyalarini himoya qildi. 
M.Hakimov 1971 yilda frazeologiyaga oid “YOzuvchi va xalq tili” degan 
monografiya e’lon qildi.
Keyingi yillarda o’zbek tilining lug’at boyligi semasiologik planda ham 
o’rganila boshladi. O’zbek tilida sinonim so’zlar (S.Isamuhamedova), antonim 
so’zlar (B.Isabekov, R.SHukurov), polisemantik so’zlar (T.Aliqulov) bo’yicha 
kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi; o’zbek tilida polisemiya (M.Mirtojiev), 
so’z ma’nosi va uning valentligi (I.Qo’chqartoev) masalalari bo’yicha 
monografiyalari bosilib chiqdi.
I.Qo’chqortoev 1978 yilda “O’zbek tilida nutq fe’llari semantikasi 
(komponent va valent tahlil)” degan mavzuda doktorlik dissertasiyasi himoya qildi.
SH .Raxmatullev va uning shogirdlari leksik ma’noni tabiati haqida, 
polisemiya va antonimiya (I. Abduraxmonov), polisemiya va sinonimiya 
(R.Unusov, S.To’ychiev) bo’yicha maqolalar e’lon qilib, dissertasiya yoqladilar. 
O’zbek leksikografiyasi 50-yillarda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishdi. 
R.Abduraxmonov raxbarligida nashr etilgan “russko-o’zbekskiy slovarp”(1954), 
shuningdek, besh tomlik “russko-o’zbeksiy slovarp (1950-1955), A.K.Borokov tax
ririda nashr etilgan ”O’zbekcha-ruscha lug’at” (1959)da o’zbek tili so’z boyligini 
deyarli qamrab olindi, o’zbek tilining turg’un birikmalari kengroq izohlandi. 
O’zbek leksikografiyasining ilmiy prinsiplarini yaratish bo’yicha ham 
birmuncha ishlar qilindi. Bu sohada O.Usmonov, Z.Ma’rufov, S.Akobirov, A.X
o’jaxonov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. 
O’zbek tilida sinonim so’zlar lug’ati (A.Xojiev), antonim so’zlar lug’ati 
(SH.Raxmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov), frazeologik iboralar lug’ati 
(SH.Raxmatullaev), ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati (O.Usmonov) va boshqa max
sus lug’atlar yaratildi. 
O’zbek leksikografiyasi erishgan utuqlarning natijasi sifatida 1981 yilda 
60000 so’z va so’z birikmasini o’z ichiga olgan ikki tomlik “O’zbek tilining izohli 
lug’ati” nashr etildi.
O’zbek tilining fonetikasi hali keng ko’lamda o’rganilmagan. Bu sox
aga bag’ishlangan ishlar sifatida o’zbek tili haqidagi tasviriy asarlar va 
darsliklarning fonetika qismlari, yirik ish sifatida 
V.V.Reshetnikovning”O’zbekskiy yazqk (vvedenie, fonetika)” nomli 
monografiyasini ko’rsatish mumkin. 
A.Mahmudov o’zbek tili fonetik sistemasi masalalari bilan ko’pdan buyon 
shug’ullanib keladi. Uning ”O’zbek tilida so’z urg’usi” (1960), ”o’zbek tili 
unlilari” (1968), ”O’zbek tili sonorlari” (1980) kabi monografiyalari bosilib chiqdi. 
O’zbek tili grammatikasi ancha tugal o’rganilgan E.D. Palivanov, 
A.N.Kononov va boshqa rus olimlarining umum turkologik va o’zbek tili 
grammatikasi bo’yicha yozgan asarlari bu sohada olib borilgan tadqiqotlar uchun
nazariy va ilmiy-metodik asos bo’lgan. O’zbek tili grammatikasi bahsining rivojida 
A.G’ulomov, U.Tursunov, F.Kamolov kabi olimlar katta rolp o’ynaydi. 
O’zbek tilshunosligida grammatik tadqiqotlar so’z tarkibi,


23
so’z yasalishi, so’z turkumlari va sintaksis bo’yicha olib borildi.
O’zbek tilida so’z tarkibi masalalariga oid tadqiqotlardan so’zlarning 
morfologik tarkibi (O.Kosimxo’jaeva), qo’shma so’z (B.Madaliev), juft so’z 
(N.Abduraxmonov) bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni ko’rsatish mumkin. 
S.Usmonov o’zbek tilida birinchi bo’lib «Umumiy tilshunoslik» (1972) 
darsligini yaratdi. 
So’z yasalishi - o’zbek tilshunosligining max sus sox asi. 
Bu sox aning sistemali o’rganilishi A.G’ulomovning ilmiy 
tadqiqotlaridan boshlandi. U 1957 yilda «O’zbek tilida so’z yasalishi tarix
iy problemalari» degan temada doktorlik dissertasiyasi yoqladi. A.G’ulomov 
o’zbek tili bo’yicha bir qancha darslik va qo’llanmalar yozdi, monografiyalar 
yaratdi; akademik grammatikani yozishda etakchi avtorlardan biri sifatida ishtirok 
etdi. 
O’zbek tilida so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar bo’yicha kandidatlik 
dissertasiyalari himoya qilindi. (YO.Tojiev, M.Jo’raboev, A.Berdialiev).
So’z turkumlari bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tematikasi ancha 
keng. O’zbek tilida ravish (S.Fuzailov), numerativ so’zlar (P.Hamdamov), son 
(S.Nizomiddinova) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi: 
ko’makchilar (X. Berdiyorov), undalma (A.Sayfullaev), tasviriy so’zlar (R. 
Kuyg’urozev), kelishiklar (R.Rasulov, O.Oripov, T.Inoyatov), egalik 
(S.Asliddinov), ish-amal va holat nomlari (F.Isxoqov), fe’l darajalari (S.Ferdaus), 
fe’l zamonlari (A.Suleymonov, J.Jo’raeva), fe’lning funksional formalari 
(S.N.SHox nazarova) maxsus tadqiqotlar ob’ekti bo’ldi. 
A.Xojiev 1968 yilda o’zbek tilida to’liqsiz fe’l bo’yicha doktorlik dissertasiyasi 
himoya qildi. U 1975 yilda nashr etilgan akademik grammatikani yozishda ishtirok 
etdi; “Ko’makchi fe’llar” (1966), “To’liqsiz fe’l” (1970) monografiyalarini, 
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” (1974) asarini yaratdi. 
Sintaktik tadqiqotlar gap va uning bo’laklari, qo’shma gap sintaksisi 
masalalari bo’yicha olib berildi.O’zbek tilida gap va uning mohiyati 
A.G’ulomovning “Sodda gap” (1955) monografiyasida birinchi bor atroflicha 
yoritildi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (X.Ismatullaev), so’roq gap 
(A.Ahmedov) max sus o’rganildi, nominativ gap (X .G’ofurov), majhud 
konstruksiya (M.Mujdaboev), deb ravishdoshining sintaktik funksiyalari 
(M.SHaripov), sabab munosabatining ifodalanish yo’llari (S.G’oyibov) bo’yicha 
tadqiqotlar olib borildi. I.Toshaliev “Hozirgi o’zbek adabiy tilida kiritma 
konstruksiyalar” (1976) monografiyasini e’lon qildi. 
I.Rasulov o’zbek tilida bir sostavli gaplar bo’yicha qator asarlar yozdi, 1974 yilda 
“Hozirgi o’zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar” monografiyasini bostirib 
chiqardi. Oradan bir yil o’tgach, shu mavzuda doktorlik dissertasiyasi yoqladi. 
I.Rasulov-o’zbek tili bo’yicha oliy o’quv urtlari studentlari uchun yozilgan bir 
qancha darslik va qo’llanmaning avtorlaridan biri. 
A.Safoev-o’zbek tilida gap bo’laklari bo’yicha ko’zga ko’ringan mutax
assislardan biri. U “O’zbek tilida gapning bosh bo’laklari” (1958), “Hozirgi o’zbek 
tilida gapning (bosh bo’laklari) semantik-sintaktik jihatdan bo’linishi” (1976) 


24
monografiyalarini yozdi. 1969 yilda “Hozirgi o’zbek tilida sodda gapning ikkinchi 
darajali bo’laklari” degan temada dektorlik dissertasiyasini himoya qildi.
Qo’shma gap-o’zbek tilining qizg’in o’rganilayotgan sohalaridan biri. 
O’zbek tilida shart va to’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar (A.Azizova), 
payt ergash gapli qo’shma gaplar (A.Ma’rufov), to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma 
gaplar (X.Rustamov), bir necha ergash gapli qo’shma gaplar (E.Azlarov) bo’yicha 
kandidatlik dissertasiyalarini yoqlashdi. 
O’zbek tili punktuasiyasi bo’yicha qator qo’llanmalar yaratildi. X
.G’oziev o’zbek punktuasiyasi tarixiga oid bir qancha asar yozdi. K.Nazarov 
“O’zbek tili punktuasiyasi asoslari” (1971), “Tinish belgilari va yozma nutq” 
(1974), “O’zbek tili punktuasiyasi” (1976) qo’llanmalarini bostirib chiqardi. 
O’zbek tili-serdialekt va sersheva tillardan biri. Uning dialektik sostavi keng 
planda o’rganildi.
O’zbek tilshunosligida dialektologik tadqiqotlar bir necha yo’nalishda olib 
borildi. 
Ko’p dialektologlar o’zbek tilining muayyan joylarga bog’liq shevalarini 
o’rgandilar. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dastlabki namunalari E.D.Polivanov 
(Toshkent shevasi), K.K.Udaxin (Qorabuloq, Vodil shevalari) tomonidan yaratildi. 
M.Mirzaev 1965 yilda “O’zbek tilining Buxoro gruppa shevalari” degan 
temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. U o’zbek tili shevalari va boshqa 
masalalar bo’yicha bir qancha ilmiy asar yaratdi, oliy o’quv urtlari uchun o’zbek 
tili bo’yicha darslik va qo’llanmalar yozishda ishtirok etdi. 
Adabiy til va shevalarning o’zaro munosabati o’zbek tilshunosligining 
aktual problemalari qatoriga kiradi. SH.SHoabdurahmonov 1963 yilda “O’zbek 
adabiy tili va o’zbek xalq shevalari” temasida doktorlik dissertasiyasi himoya qildi. 
SHu nomda monografiyasi ham nashr etildi. 
O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika, asosan, o’tmish yozma yodgorliklari 
tilini, ayrim grammatik kategoriyalarining rivojlanish tarixini va o’zbek adabiy 
taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’lik bo’ladi. 
Bir guruh tilshunoslar X1-X Sh asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni 
lingvistik o’rganish bilan shug’ullandi. Usuf Xos Xojib “Kutadg’u bilik” 
asarining tili (K.Karimov), Ahmad Ugnakiy “Xibbatul xaqoyiq” asarining tili
(K.Mahmudov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. 
O’zbek tilshunosligida tarixiy tematikaning muhim yo’nalishlaridan biri 
grammatik kategoriyalar taraqqiyotini o’rganish bilan bog’liq bo’ldi. J.Mux
torov 1971 yilda “O’zbek tilida sifatdosh formalarning rivojlanish tarixi” degan 
temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. 
O’zbek tilini boshqa tillarga taqqoslab o’rganish ma’lum tarixga ega. 
O’zbek va fors-tojik tillarining o’zaro munosabatiga juda qadimdan e’tibor 
qilingani ma’lum. Alisher Navoiy o’zining “Muxokamat-ul lug’atayin” asarida 
eski o’zbek va fors-tojik tillarining poetik imkoniyatlarini bir-biriga taqqoslagan. 
Bu asar o’zbek tili semantikasi va stilistikasining solishtirma-tipologik 
masalalariga bag’ishlangan birinchi jiddiy asardir. 


25
O’zbek va rus tillarining o’zaro solishtirib o’rganishining birinchi ilmiy 
namunasi E.D.Polivanov yaratdi. 
O’zbek adabiy tilining ilmiy-akademik tasviriga bag’ishlangan asar “Hozirgi 
o’zbek adabiy tili” nomida G.A.Abduraxmonov tahriri ostida 1965 yilda qaytadan 
nashr etildi. Ikki tomdan tashkil topgan bu asarning birinchi tomida o’zbek adabiy 
tilining fonetik sistemasi, lug’at sostavi va morfologik tuzilishi yoritildi, ikkinchi 
tomida esa o’zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi tavsiflandi. 
HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI MAVZUSI 
BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 
1.O’zbek tilshunosligida turkologiya bo’yicha qaysi olimlar 
shug’ullandilar? 
2.Keyingi yillarda o’zbek tilshunosligining qaysi sohalari keng rivojlandi? 
3.O’zbek 
tilshunoslari 
turkologiya fanining rivoji uchun qanday hissa 
qo’shdilar? 
4.O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlari haqida nimalarni bilasiz? 
5.
O’zbek tilshunoslari turnologiya fanining rivoji uchun qanday hissa qo’shdilar? 
6.
O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlariga misollar ayting? 
7.
O’zbek tilshunosligida mazmuniy yo’nalishnign vujudga kelishi. 
8.
O’zbek tilshunosligida sistem tadqiqotlar. 
9.
O’zbek tilshunosligining etakchi olimlari. 
10.
O’zbek tilshunosligining turkologiyadagi o’rni. 
TAYANCH ATAMALAR: 
1.O’zbek turkologlari. 
2.O’zbek tilshunosligining maktablari. 
3.O’zbek leksikografiyasi. 
4.Tarixiy tilshunoslik. 
5.Qiyosiy tilshunoslik. 
6.Tarixiy-qiyosiy tilshunoslik. 
ADABIYOTLAR: 
1.A.Nurmonov va boshqa. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi. 
Toshkent. “FAN” 1992 yil. 
2.N.Mahmudov.ANurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent 
o’qituvchi. 1995 yil. 
3.O’zbek tili grammatikasi 1-11 tomlar. 
4.I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 


26

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish