176
sintetik smolalar turli xomashyolarni (toshko’mir, neft, tabiy gaz va boshqalarni)
ximiya korxonalarida qayta ishlash va polemerlash yoki dastlabki monomerlarni
polikondensasiyalash yo’li bilan olinadi.
Polemerlanish reaksiyasida
oddiy birikmalarning (monomerlarning) ko’p
miqdordagi bir xil molekulalari qo’shimcha maxsulotlar ajratib chiqarmasdan bitta
murakkab molekulaga (polimerga) birikadi. Polimerlash yo’li bilan polietilen,
polipropilen, poliizobutilen kabi sintetik polimerlar olinadi.
Polikondensasiya reaksiyasida
bir necha oddiy birikmalardan tarkibi
dastlabki maxsulotlardan farqqiladigan polimer xosil bo’ladi. Polikondensasi
yareaksiyasida qo’shimcha moddalar (suv, ammiak va boshqalar) ajralib chiqadi.
Fenol-formaldegidli, karbamidli, poliamidli, poliefirli va sintetik polimerlar
polikondensasiyalash yo’li bilan olinadi.
Polimerlarning qizdirilgandagi va sovitilgandagi xossalariga ko’ra ular
termoplastik va termoreaktiv xillarga bo’linadi.
Termoplastik polimerlar
qizdirilganda yumshaydi, sovuganda esa qotadi.
Ularning elektr qarshiligi katta, suv shimuvchanligi kichik va ximiyaviy
barqarorligi yuqori, lekin issiqqa chidamliligi, qattiqligi past,
organi
kerituvchilarda osongina shishadi va eriydi. Bu gruppaga ko’pgina polimerlash
polimerlari kiradi.
Termoreaktiv polimerlar
issiqlik hamda bosim ta’sirida qotadi va qayta
qizdirilganda yumshamaydi. Ular termoplastik polimerlardan mustahkamligi,
issiqlikga chidamliligi va qattiqligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu gruppaga
karbamidli, fenol-formaldegidli, epoksidli va boshqa ayrim polimerlar kiradi.
To’ldirgichlar plastmassaga kerakli xossalar (yuqori
mustahkamlik, issiq
bardoshlik, ko’pga chidashlik, yuqori zarbiy qovushqoqlik) berish va uni
arzonlashtirish
uchun
qo’shiladigan
moddalardir.
To’ldirgichlar
sifatida
kukunsimon (kvarsuni, bo’r, talk, yog’och uni va boshqalar), tolali (azbest,
yog’och va shisha tolalari) hamda qatlamli (qog’oz, ip gazlama, yog’och, shpon va
boshqalar) moddalar ishlatiladi. Xar bir to’ldirgich plastmassaning xossasini
yaxshilasa, boshqa xossasini u yoki bu darajada yomonlashtiradi,
shuning uchun
ularni tanlash hamda miqdorini belgilash materialning vazifasi va undan
foydalanish sharoitlarini hisobga olish kerak.
Plastifikatorlar plastmassalarning plastic xossalarini yaxshilaydi va ularni
qayta ishlashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat, kamfora, olein
kislata va boshqalar ishlatiladi.
Qotirgichlar plastmassalarning qotish vaqtini qisqartirish va buyum ishlab
chiqarish texnologik jarayonini tezlatish maqsadida qo’shiladi.
Rang beruvchi moddalar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Rang
beruvchilar sifatida barqaror, vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan hamda yorug’lik
ta’sirida ransizlanmaydigan organik (nigrozin, xrizoidin)
va mineral pigmentlar
(oxra, surik, mumiyo, umbra vaboshqalar) ishlatiladi.
177
Stabilizatorlar havodagi kislarod, yorug’lik va issiqlik ta’sirida eskiradigan
plastmassa buyumlarning xizmat muddatini uzaytiradi, elastikligini pasaytiradi
hamda mo’rtligini oshiradi.
Plastmassalar tarkibiga ularning xossalariga ta’sir etuvchi maxsus
qo’shilmalar kiritilishi mumkin. Masalan, g’ovak plastmassa olish
uchun smolaga
plastmassani g’ovakli qiluvchi qattiq,suyuq yoki gazsimon moddalar – poroforlar
qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: