Darsning tuzilishi
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
o’tilgan mavzuni so’rash
yangi mavzu bayoni
yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu bayoni:
Plastik massalar sintetik yoki tabiiy yuqori molekulyar birikmalar (polimerlar)
asosida olinadigan materiallardir. Plastmassalar qayta ishlash protsessida (qizdirish
va bosim ta’sirida) kerakli shaklni olish va uni saqlab qolish xossasiga ega.
Plastmassalardan turli tuman materiallar va buyumlar olinadi. Bu buyumlarni
tayyorlash usuli plastmassaning tarkibi, xosassi va buyum turiga bog’liq.
Plasmasadan tayyorlangan material va buyumlar qurilishda xonalarning pol,
devo va shiftlarini qoplash uchun, pogonaj buyumlar ( pluntuslar, zina tutqichlari,
list ko’rinishidagi qoplama materiallarni mahkamlash uchun rasklatkalar va
boshqalar ), shuningdek issiqlikni izalyatsiya qiluvchi material (polistrilli
penoplast, minora va boshqalar), Gidroizolyatsiya materiallari (plyonkalar ) va
germetiklovchi materillar (zamaska, qistirma) sifatida ishlatiladi.
Plastmassalardan trubalar va ularning biriktiruvchi va shakldor qismlari, havo
y o’llari, vintilyator detallari hamda armaturalar (drossellar, shiberlar) va boshqa
uskunalar tayyorlanadi. Plastmassadan qurulish mashinalarning turli detallari,
chunonchi,shesternyalari , podshipniklari , friktsion va tormoz ustquymalari,
boshqarish richaglarining dastalari va boshqalar tayyorlanadi.
Plastmassalarning tarkibi va xossalari
Plastmassalarning
tarkibi
.
Plastmassalar
bog’lovchi,
to’ldirgich,
plastifikator, qotirgich, rang beruvchi modda va stalbilizator kabi kompanentlardan
tashkil topadi.
Bog’lovchilar plastmassalarning asosi bo’lib, ularning xossalarini, belgilaydi.
Bog’lovchilar sifatida molekulalari ko’pmarta qaytariladigan struktur zvenolardan
iborat tabiy yoki suniy (sintetik) smolalar ishlatiladi. Polemerlar deb ataluvchi
176
sintetik smolalar turli xomashyolarni (toshko’mir, neft, tabiy gaz va boshqalarni)
ximiya korxonalarida qayta ishlash va polemerlash yoki dastlabki monomerlarni
polikondensasiyalash yo’li bilan olinadi.
Polemerlanish reaksiyasida
oddiy birikmalarning (monomerlarning) ko’p
miqdordagi bir xil molekulalari qo’shimcha maxsulotlar ajratib chiqarmasdan bitta
murakkab molekulaga (polimerga) birikadi. Polimerlash yo’li bilan polietilen,
polipropilen, poliizobutilen kabi sintetik polimerlar olinadi.
Polikondensasiya reaksiyasida
bir necha oddiy birikmalardan tarkibi
dastlabki maxsulotlardan farqqiladigan polimer xosil bo’ladi. Polikondensasi
yareaksiyasida qo’shimcha moddalar (suv, ammiak va boshqalar) ajralib chiqadi.
Fenol-formaldegidli, karbamidli, poliamidli, poliefirli va sintetik polimerlar
polikondensasiyalash yo’li bilan olinadi.
Polimerlarning qizdirilgandagi va sovitilgandagi xossalariga ko’ra ular
termoplastik va termoreaktiv xillarga bo’linadi.
Termoplastik polimerlar
qizdirilganda yumshaydi, sovuganda esa qotadi.
Ularning elektr qarshiligi katta, suv shimuvchanligi kichik va ximiyaviy
barqarorligi yuqori, lekin issiqqa chidamliligi, qattiqligi past, organi
kerituvchilarda osongina shishadi va eriydi. Bu gruppaga ko’pgina polimerlash
polimerlari kiradi.
Termoreaktiv polimerlar
issiqlik hamda bosim ta’sirida qotadi va qayta
qizdirilganda yumshamaydi. Ular termoplastik polimerlardan mustahkamligi,
issiqlikga chidamliligi va qattiqligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu gruppaga
karbamidli, fenol-formaldegidli, epoksidli va boshqa ayrim polimerlar kiradi.
To’ldirgichlar plastmassaga kerakli xossalar (yuqori mustahkamlik, issiq
bardoshlik, ko’pga chidashlik, yuqori zarbiy qovushqoqlik) berish va uni
arzonlashtirish
uchun
qo’shiladigan
moddalardir.
To’ldirgichlar
sifatida
kukunsimon (kvarsuni, bo’r, talk, yog’och uni va boshqalar), tolali (azbest,
yog’och va shisha tolalari) hamda qatlamli (qog’oz, ip gazlama, yog’och, shpon va
boshqalar) moddalar ishlatiladi. Xar bir to’ldirgich plastmassaning xossasini
yaxshilasa, boshqa xossasini u yoki bu darajada yomonlashtiradi, shuning uchun
ularni tanlash hamda miqdorini belgilash materialning vazifasi va undan
foydalanish sharoitlarini hisobga olish kerak.
Plastifikatorlar plastmassalarning plastic xossalarini yaxshilaydi va ularni
qayta ishlashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat, kamfora, olein
kislata va boshqalar ishlatiladi.
Qotirgichlar plastmassalarning qotish vaqtini qisqartirish va buyum ishlab
chiqarish texnologik jarayonini tezlatish maqsadida qo’shiladi.
Rang beruvchi moddalar plastmassalarga ma’lum rang beradi. Rang
beruvchilar sifatida barqaror, vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydigan hamda yorug’lik
ta’sirida ransizlanmaydigan organik (nigrozin, xrizoidin) va mineral pigmentlar
(oxra, surik, mumiyo, umbra vaboshqalar) ishlatiladi.
177
Stabilizatorlar havodagi kislarod, yorug’lik va issiqlik ta’sirida eskiradigan
plastmassa buyumlarning xizmat muddatini uzaytiradi, elastikligini pasaytiradi
hamda mo’rtligini oshiradi.
Plastmassalar tarkibiga ularning xossalariga ta’sir etuvchi maxsus
qo’shilmalar kiritilishi mumkin. Masalan, g’ovak plastmassa olish uchun smolaga
plastmassani g’ovakli qiluvchi qattiq,suyuq yoki gazsimon moddalar – poroforlar
qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |