Меҳнат ва касб таълими


Plastmassalarning turlari va ishlatilishi



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

 
Plastmassalarning turlari va ishlatilishi 
Ximiya sanoati hozirgi vaqtda turli-tuman sintetik polimerlar ishlab 
chiqarmoqda, ularning turi yildan-yilga ortib bormoqda. Qurilishda polietilen, 
polipropilen, polivinilxlorid, polistirol, poliizobutilen, poliamidlar, ftoroplastlar 
kabi ayrim polimerlardangina foydalaniladi.
Polietilen 
oq rangli, qattiq, ximiyaviy barqarorligi yuqori bo’lgan 
termoplastik materialdir. U neft mahsulotlari yoki tabiy gazlarni qayta ishlashda 
ajralib chiqadigan gaz aralashmalaridan olinadigan etilenni polimerlash yo’li bilan 
tayorlaniladi. 
Polietilen ikki usulda: yuqori (150 MPa gacha) bosimda va 250
0
C dan past 
temperaturada hamda past (0,5-4 MPa) bosimda va 60-150
0
C temperaturada ishlab 
chiqariladi. Birinchi usulda polimerlash prosessi katalizatori sifatida kislaroddan, 
ikkinchi usulda esa maxsus katalizatorlardan foydalaniladi.
Yuqori bosimda olingan polietilen zichligi past polietilen (PENP), past 
bosimda olingan polietilen zichligi yuqori polietilen (PEVP) deb ataladi. PEVP 
zichligi, bikrligi va issiqlikka chiqadliligi yuqoriligi bilan PENP dan farq qiladi. 
PENP – yumshoq va elastic material. Polietilenning uzilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 10-20 MPa (100-200 kgk/sm
2
) ga teng. 
PEVP dan yasalgan buyumlar 80-90
0
C dan, PENP dan yasalgan buyumlar 
esa 60-70
0
C dan yuqori bo’lmagan temperaturalarda ishlatiladi.
Bevosita tushadigan quyosh nurlari va yuqori temperature ta’sirida polietilen 
eskiradi, bunda uning bikrligi va mo’rtligi ortadi. Eskirish jarayonini sekinlatish 
uchun polietilenga turli stabilizatorlar, ya’ni gaz quvurlarining qurumi, aromatic 
aminlar qo’shiladi. 
Polietilen mexanik usulda oson ishlanadi, gaz alangasi va uyurma 
qovushtirish apparatlari yordamida tez suyuqlanadi, payvandlanadi, o’t ta’sirida 
ko’kimtir alanga chiqarib tutamasdan yonadi, juda sekin alangalanadi. Polietilen 
ximiyaviy jihatdan inert bo’lgani uchun uni yelimlab yopishtirish qiyin.
Polietilenning kamchiligi shuki, sirt-aktiv moddalar (spirtlar, organic 
kislotalar 
va 
yuvish 
vositalari) 
ta’sirida 
dars 
ketadi. 
Bu 
salbiyxossakuchlanishostidabo’ladiganpolietilenbuyumlardanamoyonbo’ladi. 
Bu 
xossa ta’sirini polietilenga plastifikator qo’shib kamaytirish mumkin.
Polietilendan trubalar va ularning biriktirish qismlari, sanitatiya-texnika 
asboblarining detallari (umivalnik va vannalar uchun sifonlar, yuvish bakchalari, 


179 
dush to’rlari, suv taqsimlash armaturasi va boshqalar) tayorlanadi. Polietilen 
plyonkalari konstruksiyalarni gidroizolyasiyalash uchun ishlatiladi.
Polipropilen propilenni polimerlash yo’li bilan olinadigan rangsiz, yaltiroq 
termoplastik materialdir. Polietilenga qaraganda polipropilenning mustahkamligi 
va issiqlikka chidamligi yuqori, suv va gaz o’tkazuvchanligi hamda ximiyaviy 
barqarorligi past . Polipropilendan yasalgan buyumlarni 120
0
C gacha 
temperaturalarda ishlatish mumkin. Polietilenga qo’shilgan stabilizatorlarni 
propilenga ham qo’shib, uning eskirishini sekinlatish mumkin. Polipropilendan 
trubalar, trubalar armaturasi va suv taqsimlash armaturasi, umivalnik hamda 
vannalarning sifonlari, shuningdek gidroizolyasion plyonkalar tayyorlanadi. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish