Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning uch fazasi



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning uch fazasi 
 
Ushbu bosqichlar nimani anglatadi? 
 
1-bosqich
– CHAQIRIQ (DA’VAT).
Tanqidiy fikrlash chaqiriq deb 
ataladigan bosqichdan boshlanadi, uning davomida talabalarning 
CHAQIRIQ (DA’VAT) 
ANGLASH 
FIKRLASH (MULOHAZA) 


201 
qiziqishi uyg‘onadi, zarur savollar tug‘iladi va bunday bilimlarni olish 
uchun sabablar shakllanadi. 
2-bosqich
– ANGLASH.
Shundan keyin ma’noni anglash bosqichi 
keladi, uning davomida o‘quvchilar izlash uchun rag‘bat oladilar, ba’zi 
hollarda bunga o‘rganadilar ham. 
3-bosqich
– FIKRLASH (MULOHAZA).
Fikrlash bosqichi 
kulminatsiya hisoblanadi, uning davomida talabalardan o‘z bilimlarini 
umumlashtirish, bilib olgan narsalarni bungacha bilgan narsalari bilan 
taqqoslash, ularning savollarga javoblarni qay darajada olganiga qarab 
baholash (va zaruratga qarab yangi savollarni shakllantirish), bilgan 
narsalarini yanada katta muammolarga qo‘llash, bilib olgan narsalarini 
munozara qilish va himoya qilish ko‘nikmalari shakllanadi. 
 
Tanqidiy fikrlashning 14 muhim ko‘nikmasi 
 
Har qanday odam kuniga yuzlab qarorlar qabul qiladi, shuning 
uchun siz hohlaysizmi-yo‘qmi, lekin biz hammamiz tanqidiy fikrlovchi 
mavjudotmiz. Bizning tanqidiy fikrlashimizning sifatida farq bor, xolos. 
Biz variantlarga baho berayotganimizda, avvaldan muhim narsalarni 
joyiga qo‘yayotganimizda va o‘ylayotganimizda, aynan shu 
ko‘nikmadan foydalanamiz. Biroq u, yakunida uning sifatini hosil 
qiladigan boshqa ko‘nikmalardan tashkil topgan. 
Tahliliy fikrlashni rivojlantirish uchun, birinchi o‘rinda siz, 
mantiqning tuyg‘ulardan ustunligi muhimligini tushunishingiz kerak. 
Shuning uchun foydaliroq qarorlarni qabul qilish uchun siz mantiq 


202 
qonunlari va qarama-qarshiliklarini o‘rganing. Hamda quyidagi 
ko‘nikmalarni amalda qo‘llang va rivojlantiring. 
MA’LUMOT YIG‘ISH.
Ko‘p odamlar o‘zlarining haqliklariga 
ishonganliklari uchun butkul axmoqona qarorlar qabul qilishadi. Ulardagi 
ma’lumotlar eskirgan, yangilashga esa ularda xohish yo‘q. Shuning uchun 
bizning dunyo qanchalik tez o‘zgarayotganini unutmang. Barcha ochiq 
ma’lumotlarni yig‘ing, zero, bizning dunyomiz ne’matlarida kamchiliklar 
yo‘q. 
KUZATISH.
Siz sinchkov bo‘lishingiz kerak. Doim burningiz ostida 
bo‘lgan, siz o‘zingizga tegishli deb qabul qilgan narsalarga e’tibor 
bering. Buning ustiga bu faqatgina buyum emas, balki sizning va 
begonalarning xulq-atvori, har xil istehzoli holatlar va jumlalarning 
noodatiy qurilishi bo‘lishi mumkin. Bularni kuzatganingizda, sizning 
ichki ovozingiz vaqtinchalik tinchlanadi va sizning ko‘zlaringiz ko‘rib 
turgan narsalarni senzuraga yo‘liqtirmaydi.
XULOSA CHIQARISH.
To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun mantiqni 
o‘rganishingiz zarur. Unda o‘zining qonunlari, istisnolari va qarama-
qarshiliklari bor, shunga qaramay, bu fikringizni har qanday bahsda 
isbotlashingiz uchun ajoyib manba. Siz boshqalarning mulohazalari 
mantiqsizligini payqashni va imkon bo‘lganda ularga buni ko‘rsatishni 
o‘rganasiz.
RATSIONALIZATSIYA.
Bu aqlning qonunlarini ishlatishni bildiradi: 
induksiya, deduksiya va taqqoslash (qiyoslash). Bu vositalar yordamida 
siz dalilni baholashingiz va undagi qadr-qimmatni va kamchiliklarni 
topa olishingiz mumkin. 


203 
REFLEKTIVLIK.
Siz muntazam ravishda muammoingizni ikir-
chikirlaridan bir qadam orqaga tashlang va manzaraga butunligicha 
qarang. Nimani o‘rganganingiz va qanday tajriba ortirganingizni 
belgilang. 
IJODKORLIK.
Ijodiy fikrlash kursini o‘rganing. U sizga nafaqat 
yaratish tabiatini tushunishni o‘rgatadi, balki mashg‘ulotlar yordamida 
sizga yanada ijodkorroq bo‘lishga ham yordam beradi.
TASNIF VA IZCHILLIK.
Ma’lumotni g‘alvirdan o‘tkazishni 
o‘rganish uchun, element va g‘oyalarni ularning xususiyatiga mos 
ravishda turkumlang va tartibga keltiring. Aqliy xaritalarni ishlating. 
QIYOSLASH VA QARAMA-QARSHI QO‘YISH.
Ikki va undan ortiq 
buyum, holat va muammolarning o‘xshashliklari va turlichaligini 
aniqlashni o‘rganing. Ularning qimmati va kamchiliklari ro‘yxatini 
tuzing, keyin ulardan birini tanlang.
SABAB VA OQIBATLARNI TAHLIL QILISH.
Ko‘pchilik odamlar 
bularni bir-biridan ajrata olmaydi. Shu tufayli siz uchun birinchi qadam 
aynan nima sabab va nima oqibatligini aniqlash ko‘nikmasini egallash 
bo‘lsin. Ba’zan sabab va oqibat bir-biriga bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin 
– demak, siz nimanidir qoldirib ketgansiz. 
SINTEZ.
Oldindan bilib bo‘lmaydigan yangi natija olish uchun, 
ma’lumotni turli bo‘laklarini yig‘ing va ularni jamlang. Har qanday 
ijodkorlik aynan shunday ishlaydi, deyishadi. 
BAHOLASH.
Muammoning ikki va undan ortiq yechimlarini izlab 
topishni va qay biri ko‘proq to‘g‘ri kelishini baholashni o‘rganing.
PROGNOZ QILISH.
Bu qiyin jarayon ustida odatda odamlar 
miyalarini qotirib o‘tirishmaydi. Ular bir necha soniyalarinigina tahlilga 


204 
sarflashadi va endigina o‘zlari o‘ylab topgan kelajakdan kelib chiqib 
qaror qabul qilishadi. Siz bunday bo‘lmang, sinchiklab ma’lumotlarni 
yig‘ing va tahlil qiling. Albatta, dunyoda minglab omillar bor, lekin siz 
hech bo‘lmaganda ularning katta qismini qamrab olishingiz mumkin.
O‘ZINGIZ UCHUN USTUVOR BO‘LGAN NARSALARNI 
BELGILAB 
OLING.
Vaqtingizni 
nimaga 
va 
nima 
sababdan 
sarflashingizni 
tushunishingiz 
uchun 
taym-menejmentni 
(vaqt 
boshqaruvini) o‘rganing. Yodda tuting, befoyda narsalarga sarflangan 
vaqt, aslida qandaydir ma’noli narsaga sarflanib, hayotingizda burilish 
yasashi va sizni baxtli qilishi mumkin.
XULOSA QILISH.
Bu ko‘nikma odatda umumlashtiruvchi va oxirgi 
bo‘ladi. Siz qanday tajriba orttirganingiz, qanday xulosalar qilganingizni 
anglashingiz va hammasiga yakun yasashingiz kerak.
Hoynahoy, bu ko‘nikmalarning barchasini birdaniga o‘zlashtira 
olmasangiz kerak. Ammo siz to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va mardona 
harakat qilishingiz uchun ularni turlicha qo‘llashingiz mumkin. Har bir 
o‘zlashtirilgan ko‘nikma bilan sizning fikrlash tarzingiz o‘zgaradi va 
yaxshilanadi. 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish