Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



961 
Yangidan yerga, omoch-bo`yinturuq va ho`kizga ega bo`lgan batraklarga paxta ekish 
ko`rsatmalari berildi.”
72
. Yuqorida e`tibor qiladigan bo`lsak aholidan tortib olingan 
barcha narsalar batraklarga bo`lib berilgan va ular buning evaziga hukumatga paxta 
yetishtirishda vositachi vazifasini bajargan xolos, hukumat esa shu orqali viloyatda 
paxtachilik sohasini rivojlantirib oldi. “Yer-suv islohoti davom etgan vaqtida lalmi 
yerlar ham boylar qo`lidan tortib olingan va batraklarga bo`lib berilgan. Shu bilan bir 
qatorda, Qashqadaryodan Jeynov, Chandir kabi qishloqlarga chiqarilgan ariqlardan suv 
ichadigan yerlar ham musodara etilgan va kambag`al, batraklarga taqsimlangan” 
73

Qashqadaryo viloyatida tortib olingan yerlarning katta qismiga paxta ekish natijasida 
boshqa o`simliklar xususan , g`allaning miqdori nihoyatda kamayib keta boshladi bu 
esa dehqonlarni nafaqat dehqonlarni aholining aksariyatini ocharchilik komiga tortib 
ketdi. “Umumiy ekin maydonlari 22 foizga ortgani bilan, g`alla ekiladigan yerlar sovet 
hokimiyatidan oldingi ko`rsatkichdan 10 foiz darajasida kam edi. 1914 yilda 
sug`oriladigan yerlarga ekiladigan g`alla maydonlari 68800 tanobni tashkil qilgan 
bo`lsa, bu ko`rsatkich 1928 yilda 61968 tanobdan oshmagan.G`alla maydonlarining
kamayib borishi sovet hokimiyatining paxtaga qaratayotgan va yuritayotgan siyosati 
bilan uzviy bog`liq edi. 1928 yilda paxta ekish uchun ajratilgan paykallar inqilobdan 
oldingi ko`rsatkichga qiyos etilsa, oldingisidan 286 foizga ko`paytirilganligi ma’lum 
bo`ladi. Sovet hokimiyati o`rnatilganga qadar Qashqadaryoda 3500 tanob yerga chigit 
ekilgan bo`lsa, 1928 yilda 13585 tanob yerda paxta yetishtirilgan. Sovetlar 
Qashqadaryoda tinch kechgan 1927-1928 yillarda qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanib, 
paxta ekiladigan yerlarni bir yilda qariyb 4 barobar oshirishga erishishi, shuningsiz 
ham don mahsulotlariga tanqislik sezgan aholining rizqini qiyish bo`lgan edi”
74. 
Hukumat aholining risqini qiyish hisobiga viloyatda paxtachilik sohasini rivojlantirib 
olishga erishdi, lekin bu jarayonlar aholi orasida keng norozilikka sabab bo`ldi. 
Noroziliklar nafaqat Qashqadaryoda balki butun SSSRda aholining chiqishlariga sabab 
bo`ldi, biroq paxtachilik sohasini rivojlantirish maqsadida olib borilgan shovinistik 
72
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.94 
73
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.97 
74
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.237 


962 
siyosat Qashqadaryoda keng qo`llanilishi natijasida eng ko`p noroziliklar ham 
Qashqadaryoda yuz berdi. “Faqat Qashqadaryo okrugining o`zida 1929-1930-yilning 
boshlarida dehqonlarning 14 marta chiqish hollari sodir bo`lib, ularda 3,7 ming kishi 
ishtirok etdi.”
75
.Qashqadaryo hududidagi bu kabi chiqishlar tezda hukumat tomonidan 
bostirishga erishildi, chunki bu chiqishlar stixiyali uyushmagan tarzda ro`y berganligi 
uchun ham tezda mag`lubiyatga uchradidi.Bu jarayonlar albatta hukumatning 
paxtachilik sohasini rivojlantirish ishiga to`siq bo`lolmadi, chunki sovet hukumati olib 
borayotgan bu siyosatni aholining yersiz qatlami chorikor va batraklar qo`llab-
quvvatladi, natijada bu kabi chiqishlar hech qanday natijasiz tugadi. “1928 yilda esa 
sug`orilib ekiladigan ekinlar maydoni 95630 tanobga yetdi. Paxta haqida gap 
boradigan bo`lsa, 1926 yilda 7093 tanob yerga chigit ekilgan, bu kursatkich 1927 yilda 
9122 tanobga ko`tarilgandi.”
76 
Qashqadaryo viloyatida shu tariqa paxta 
yakkahokimligi o`rnatildi natijada hukumat paxta hosilini yetishtirishga bo`lgan 
talabni yildan-yilga oshirib bordi. Buning og`ir oqibati esa keyinchalik namoyon bo`la 
boshladi, xususan suvdan o`rinsiz foydalanish natijasida sho`rlanish yuz berdi
tuproqlar tarkibi o`zgarib, hosildorlik kamaya boshladi. “Sovet davlati siyosatida tabiiy 
xomashyo resurslaridan o`ylamay foydalanish, paxta yakkahokimligi izchillik bilan 
joriy etilishi, bu yerda ko`p asrlar mobaynida vujudga kelgan va mavjud bo`lgan tabiiy 
muvozanatni ham izdan chiqargandi”
77
Xulosa qiladigan bo`lsak, O`zbekiston SSRda, xususan Qashqadaryo viloyatida 
paxta yakkahokimligining o`rnatilishi osonlik bilan kechmadi, bu jarayon aholi yer-
mulkidan ajaralish jarayoni bilan birga kechdi. Natijada bu holat aholi orasida turli 
noroziliklarga sabab bo`ldi, lekin sovet hukumati yersiz kishilarga yer berish orqali 
batraklarni o`ziga o`gdirib olishga erishdi. Bu esa mamlakatda ularning 
hukmronliginining o`rnatilishida va paxta yakkahokimligining ildiz otishiga imkon 
yaratdi.Qashqadaryo vohasining paxtachilikka ixtisoslashuvi aholining boshqa 
75
O‘zbekistonning yangi tarixi: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. - T.:Sharq.2000.B.351 
76
Ravshanov.P.Qizil saltanat iskanjasida.Istibdod.2-jild.–T:.Sharq, 2011.-B.7 
77
Yunusova X. XX asrning 80-yillarida O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ma`naviy hayot.Dissertatsiya.-
T:.2009.B.59 


963 
mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojini oshirib yubordi, bu holat keyinchalik viloyatni 
iqtisodiy ahvoli og`irlashuviga va ekologiyasining buzilishiga olib keldi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish