Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



956 
qoramollar mahsuldorligi, qoramol zotlari, naslchilik ishi, poda ishlab chiqarishning 
zootexnikaviy asoslari, sut ishlab chiqarish texnalogiyasi, go`sht ishlab chiqarish 
texnalogiyasi va qoramolchilik istiqbolining ilmiy va amaliy asoslari haqida keng 
miqyosda ma’lumotlar berilgan. 
Shu jumladan, q.x.f.d.(PhD) J.N.Xujamov “Turli zot va zotdorlikdagi 
sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish yo`llari mavzusida Zarafshon vohasi 
sharoitida ilmiy ish olib borgan. Ushbu tadqiqot natijalariga ko`ra Zarafshon vohasi 
sharoitidagi har xil seleksiyalar ustida ish olib borib, turli zotdagi sigirlarning sut 
mahsuldorligini oshirish yo`llari haqida ko`plab ma’lumotlar bergan.
 
Q.x.f.d.(PhD) Sh.E.Qurbonova “Surhon vohasi sharoitida qoramol go`shti 
yetishtirishni jadallashtirish” mavzusida ilmiy ish olib borganlar. 
I-guruhda sof zotli qora ola, II- guruhda sof zotli shvits, III-guruhda F
1
(
1
/

qora- ola 
x
1
/
2
golshtin ), IV-guruhda esa F
2
(
1
/

qora –ola x
3
/

golshtin ) bo`lgan buqachalar ustida 
tadqiqot ishlari olib borgan. 
R.Pardayev, B.Sh Boybulovlarning tarjribalari shuni ko`rsatadiki, ular olib 
borgan tajriba guruhlarida III-guruhidagi Golshtin zotiga mansub qora-ola tusli 
buqachalar o`z tengqurlari I-guruh sof zotli qora-ola va II-guruh qizil-ola tusli golshtin 
buqachalariga nisbatan jadal o`sish va rivojlanish xususiyatlariga ega bo`lishganligini 
o`z tajribalarida keltirib o`tgan. 
Bundan tashqari, Sh.N.Madraximov, N.R.Ro`ziboyev, G`.A. Qo`ziboyev va 
A.M.Muhiddinovlar sut yo`nalishidagi qoramollarda go`sht yetishtirishning 
qo`shimcha imkoniyatlari to`g`risida o`z manbalarida keltirib o`tganlar. Ularning 
xulosalariga ko`ra, sut yo`nalishidagi qoramolchilikda go`sht yetishtirishni yanada 
jadallashtirish maqsadida sanoat asosida chatishtirish usulini qo`llab, podadan 
chiqarilgan sigirlar va tanalardan samarali foydalanish imkoni yaratilar ekan. Ular 
tajriba olib borgan xo`jalikda podadan chiqarilgan sut yo`nalishidagi “Golshtin” zotli 
sigirlarni go`sht yo`nalishidagi “Aberdin-angus” va “Sharole” zotli buqalarning 
urug`lari bilan urug`lantirilib, F
1
duragay avlodlarida go`sht mahsuldorligi o`rganilgan 
va ilmiy usullar yaratilgan. Bu usullar qoramol go`shti yetishtirishning 
imkoniyatlaridan biri ekanligini o`rganish. 


957 
T.Q.Nao`rizov, K.M.Allambergenovlar Tajribadagi buqachalarda go`sht ishlab 
chiqarish ko`rsatkichlari ustida tadqiqot olib borishgan. Tadqiqotlari natijalariga ko`ra 
shuni xulosa qilish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi iqlim sharoitida buqachalar 
uchun oziqlantirish ratsioni tuzish, uglevodlar, yog`lar va proteinlarning ozuqa bilan 
hayvon organizmiga ta’siri, buqachalarni go`sht olish uchun parvarishlash va 
bo`rdoqilash maqsadga muvofiqligi aniqlaganliklarini tadqiqotlari natijasida 
isbotlaganlar. 
M.Akbarova va boshqalar esa har xil zotga mansub buqachalarning o`sish va 
rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha tajriba olib borgan. Ular olib borgan tajribalarida 
turli zotga mansub bo`lgan buqachalarning o`sishi, rivojlanishi jadal kechganligi va 
ular turli iqlim sharoitlariga yaxshi moslashuvchan ekanligini kuzatishgan. 
O.Mamatqulov, 
Sh.Mamtaliyev, 
O.Rizayevlar “O`znaslchilik” davlat 
korxonasidagi angler zotli naslli buqalar va ularning nasldorlik ko`rsatkichlari ustida 
tadqiqotlar olib borganlar. Angler zotli naslli buqalar urug`laridan foydalanib, sun’iy 
urug`lantirish natijasida yaxshilangan buzoq olishga foydalanish shuningdek, angler 
zotli naslli buqalardan “yaxshilovchi” zot sifatida foydalanish mumkin ekan.
Xulosa.
Yuqoridagi olimlar va professorlar olib borgan tadqiqotlaridan kelib 
chiqib, sut yo`nalishidagi qoramollardan go`sht ishlab chiqarishda jadal foydalanish 
mavzusidagi ilmiy ishimizda o`ziga xos bo‘lgan jixatlari o‘rganiladi va aholini sifatli 
oziq-ovqat bilan taminlash shuningdek, qoramol zotlarini o`z yo`nalish tipiga qarab 
parvarishlash maqbul hisoblanadi.

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish