517
o`z vaqtida payqash hamda to`g`ri yo`naltirishning qulay va optimal texnologiyasini
joriy etish masalasi davr talabidir.
46
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning
mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, “yaratish”
ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni
yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik,
amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi.
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining
ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida
emas, balki yangi g‘oyalarga
intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va
o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy
qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali
kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning
paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda
inson xayoliga keladi.
Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka,
odatiylikka barham berilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim
turidan biri bo’lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat
yuklatiladi. Shu bilan birga shaxsga ta’lim-tarbiya berishda poydevor ham aynan
boshlang’ich sinfdavriga to’g’ri keladi. Kelajak avlodni kreativ fikrlashga o’rgatish
metodikasi, ya’ni boshlang'ich sinf o’quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini
rivojlantirish metodikasi hali maxsus o’rganishni talab etmoqda.
O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt
ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin
takomillashib, rivojlanib boradi.
Boshlang’ich ta’limda ona tili fanining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq
ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili
46
O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi
president Farmoni. 29.04.2019.
518
darslarida o’quvchilarda ijodiylik,
mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish alohida kasb etadi. Chunki bu kreativlikning asosiy
mezonidir.
O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-
quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4)bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi:
1) o’zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo’lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
Xulosa qilib aytganda, kreativ fikrlaydigan kelajak avlodni tarbiyash har bir
fanning va pedagogning ulkan maqsadi bo’lishi kerak. Chunki bu kelajak uchun ilk
odim
hisoblanadi.
Innovatsion
pedagogikaning
vujudga
kelishi,
uning
ilmiy
va
ijtimoiy
jihatlari,
pedagogik innovatsiya mundarijasi vayo‘nalishining
asosiy negizi, mohiyatlari,
o‘qish faoliyatining innovatsiontuzilishi, maktab o‘quvchilari tarbiyasi, o‘qitishni
ng
muqobil
vositalari,
o‘quv
yurti
turlarining
farqi,
innovatsion
maktablarda
tadqiqotlar
natijalari
ta’riflanadi,
pedagogikada
innovatsiya
va
kreativ
tushunchalarini
texnologiyani ishlab chiqish biz pedagoglarning oldimizga qo’yilgan eng dolzarb
muammolardan biridir. Bola o’zining birinchi o’qituvchisiga ishonadi, o’zining butun
muhabbatini unga bag’ishlab, undan ham shuni kutadi. Shunday ekan,
tarbiyada
hamma
narsa
tarbiyachining
shaxsiga
asoslangan
bo‘ladi.Shuningdek,
o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag’batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina,
519
kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Xato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan
cho’chish, haddan tashqari baholarga e’tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo’rqish
hissi mavjud o’quvchilarda kreativlik odatga aylanmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - T.: “O'zbekiston”, 2016 yil
2.
“Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari” moduli bo’yicha o’quv-
uslubiy qo’llanma. T :-“Toshkent “. 2015
3.
Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.
Toshkent “O‘qituvchi” 2004.
4.
Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna - O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini
oshirishda zamonaviy o‘qituvchining roli. Ilmiy-amaliy konferensiya
materiallar to‘plami. Namangan-2020
5.
Shahnoza Ismatova, Nodira Sherboyeva. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona
tili darslarida mashqlar vositasida kreativ fikrlashga o’rgatish
metodlari
mazmuni. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. Jizzax-2020
6.
Internet ma’lumotlari: www. ziyonet.uz