Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



517 
o`z vaqtida payqash hamda to`g`ri yo`naltirishning qulay va optimal texnologiyasini 
joriy etish masalasi davr talabidir.
46
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning 
mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, “yaratish” 
ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni 
yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, 
amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi. 
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining 
ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘p qirrali ekanligida 
emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va 
o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy 
qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali 
kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning 
paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda 
inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, 
odatiylikka barham berilishi lozim. 
Boshlang’ich ta’lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta’lim 
turidan biri bo’lib, ta’limning bu bosqichida pedagog o’qituvchilarga katta mas’uliyat 
yuklatiladi. Shu bilan birga shaxsga ta’lim-tarbiya berishda poydevor ham aynan 
boshlang’ich sinfdavriga to’g’ri keladi. Kelajak avlodni kreativ fikrlashga o’rgatish 
metodikasi, ya’ni boshlang'ich sinf o’quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini 
rivojlantirish metodikasi hali maxsus o’rganishni talab etmoqda. 
O’quvchilar o’z-o’zidan kreativ bo’lib qolmaydi. Uning kreativ qobiliyati ma’lum vaqt 
ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va asta-sekin 
takomillashib, rivojlanib boradi. 
Boshlang’ich ta’limda ona tili fanining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq 
ko’nikmasini, to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. Ona tili 
46
O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi 
president Farmoni. 29.04.2019. 


518 
darslarida o’quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq 
sharoitiga mos ravishda yozma usullarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini 
shakllantirish va rivojlantirish alohida kasb etadi. Chunki bu kreativlikning asosiy 
mezonidir. 
O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-
quvvatlash; 
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 
4)bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. 
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi: 
1) o’zini tavakkaldan olib qochish; 
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish; 
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi; 
4) boshqalarga tobe bo’lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash. 
Xulosa qilib aytganda, kreativ fikrlaydigan kelajak avlodni tarbiyash har bir 
fanning va pedagogning ulkan maqsadi bo’lishi kerak. Chunki bu kelajak uchun ilk 
odim 
hisoblanadi. 
Innovatsion
pedagogikaning
vujudga
kelishi, 
uning
ilmiy
va
ijtimoiy
jihatlari, 
pedagogik innovatsiya mundarijasi vayo‘nalishining asosiy negizi, mohiyatlari, 
o‘qish faoliyatining innovatsiontuzilishi, maktab o‘quvchilari tarbiyasi, o‘qitishni
ng 
muqobil
vositalari,
o‘quv 
yurti
turlarining
farqi,
innovatsion
maktablarda
tadqiqotlar 
natijalari 
ta’riflanadi,
pedagogikada
innovatsiya
va 
kreativ
tushunchalarini 
texnologiyani ishlab chiqish biz pedagoglarning oldimizga qo’yilgan eng dolzarb 
muammolardan biridir. Bola o’zining birinchi o’qituvchisiga ishonadi, o’zining butun 
muhabbatini unga bag’ishlab, undan ham shuni kutadi. Shunday ekan, tarbiyada 
hamma
narsa
tarbiyachining
shaxsiga 
asoslangan
bo‘ladi.Shuningdek, 
o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag’batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, 


519 
kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Xato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan 
cho’chish, haddan tashqari baholarga e’tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo’rqish 
hissi mavjud o’quvchilarda kreativlik odatga aylanmaydi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.
Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - T.: “O'zbekiston”, 2016 yil 
2.
“Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari” moduli bo’yicha o’quv-
uslubiy qo’llanma. T :-“Toshkent “. 2015 
3.
Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi.
Toshkent “O‘qituvchi” 2004. 
4.
Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna - O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini 
oshirishda zamonaviy o‘qituvchining roli. Ilmiy-amaliy konferensiya 
materiallar to‘plami. Namangan-2020 
5.
Shahnoza Ismatova, Nodira Sherboyeva. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona 
tili darslarida mashqlar vositasida kreativ fikrlashga o’rgatish metodlari 
mazmuni. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami. Jizzax-2020 
6.
Internet ma’lumotlari: www. ziyonet.uz 


520 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish