480
tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat
taqiqlanadi”. Har bir inson sarflagan kuch-g’ayratini, aqlinim albatta, qayta tiklashi,
yangi mehnat faoliyatini boshlaganda jismoniy va aqliy
yetarli ish qobilyatiga ega
bo’lishi kerak. Buning uchun har bir kishi ma’lum vaqtda dam olishi kerak. Shuning
uchun dam olishga bo’gan huquq ham konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning 38-moddasida: “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish
huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tiling muddati qonun
bilan belgilanadi”, - deb belgilangan.[3]
Huquq va erkinliklarni kafolatlash. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini
kafolatlari ikki ko’rinishga ega: davlat o’z ichki kafolatlari va xalqaro huquqiy
kafolatlar. Fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari institutlari sirasiga tobora
ahamiyati oshib borayotgan Ombudsman ya’ni, Oliy Majlisning inson huquqlari
bo’yicha vakilini va inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respulikasi Milliy markazini
kiritish mumkin. Huquq va erkinlilar
masalasiga eng muhumi, Konstitutsiyada
belgilangan huquq va erkinliklarni kafolatlash, ya’ni amalga oshishini ta’minlashdir.
Buning uchun mukammal tizim yaratilishi kerak. Huquq va erkinliklarning kafolatlari
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarni ta’minlashni nazarda tutuvchi
huquq normalari va maxsus mexanizmdan iborat bo’ladi. Huqu normalarmavjud
bo’lsa-da, ularning amalga oshishini ta’minlovchi mexanima bo’lmasa, huquq va
erkinliklar qog’ozda qolib ketaveradi.
Kafolatlashning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq
va erkinliklarini amalga
oshirish jarayonida vujudga keladigan to’siqlarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’gan
majburiyatlarning ta’minlashdir. Umuman olganda, “kafolat” so’zining lug’aviy
manosi bu – mas’uliyatni, javobgarlikni o’z zimmasiga olgan holda ishontirish,
ta’minlashni anglatadi. Kafolatlarni mazmunan quyidagicha yurkumlash mumkun:
1.
Yuridik (huquqiy).
2.
Ijtimoiy-siyosiy (mafkuraviy).
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy (moddiy).
Huquq va erkinliklarning yuridik kafolati. Bu – huquq va erkinliklarning Konstitutsiya
va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan
boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Huquq va erkinliklarning siyosiy kafolati. Bu – huquq va erkinliklarning davlat
tomonidan ta’minlanishi. Huquq va erkinliklar ta’minlashga qaratilgan tegishli maxsus
vakolatli davlat tuzilmalarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi.
481
Huquq va erkinliklarning iqtisodiy kafolati. Bu huquq vq erkinliklarni iqtisodiy
tomondan ta’minlash, ularning amalga oshishi uchun zarur moddiy-moliyaviy
manbalarni vujudga keltirish.[1]
Xulosa qilib shuni aytishim mumkunki mustaqillikka erishilgach, O’zbekistonda
umuminsoniy qadiyatlarni tiklash va demokratik jamiyat qurish yo’lidan borishda
inson
ekanligiga, jamiyat va davlatning birligida insonning tutgan o’rnini yuksak
baholashga katta ahamiyat berildi. Demokratik davlatda jamiyat a’zolari huquq va
erkinliklarning kafolatlari doimiy harakatdagi mehanizm singari bo’lmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunida davlat fuqaroning huquq va
erkinliklarini taminlashga, jamiyat uchun xizmat qilishga butun kuchini safarbar etishi
lozimligi haqidagi g’oyalar mavjud.
Fuqarolarning huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni
cheklash mumkin emas
.
Alohida hollarda cheklash zarurati bo'lsa, bu Konstitutsiya
asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Yani ba’zi
hollarda cheklash
qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Lekin shunday huquqlar borki, ularni
aslo cheklash, ulardan mahrum qilish mumkin emas. Masalan, yashash huquqi.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’iy nazar foydalanadi va davlat
ham barchaga, fuqaroligidan qat’iy nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan
foydalanishga imkon yaratadi. Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar
bilan bog'liq insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati
va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar
tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: