ФИО автора:
Hakimova Nasiba
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU talabasi
Название публикации:
«BIR PARCHA QOG‘OZ OG‘IRMI, TOSHMI?»
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng
muhim va dolzarb masalalar haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
o‘zbek tili,
hujjat, hujjatchilik, ish yuritish, qog‘oz
Mustaqillik yillarida hujjatchilik hamda davlat boshqaruvini o‘zbek tilida yuritish
masalasiga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ona tilimiz qadrini tiklash yo‘lidagi muhim
hodisa bo‘lgan “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’atning barcha sohalarini
respublika davlat tilida rivojlantirish va idora, tashkilot, korxonalarning davlat tilida ish
yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni taqozo etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmonida mazkur fikrlar yanada aniq ifodalanib, unda “davlat tilini
rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; ilmiy
asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish; zamonaviy atamalarning o‘zbekona
muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash” kabi masalalar muntazam
bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar sifatida belgilangan.
Bugungi kundagi o‘zbek tili boshidan o‘tkazayotgan jarayon alg‘ov-dalg‘ovli,
mavhumliklar ko‘p. Uloqni tortgan ko‘pkarilardek, til qoidasini ham har kim o‘zi
bilganicha “buzib” yozishga urinishlar urchimoqda va uchramoqda. Bu esa ayanli holat.
Inson o‘z fikrini aytmog‘i yoki izhor etmog‘i uchun til qoidalaridan, uni qo‘llash
uslublaridan xabardor bo‘lmog‘i lozim. Chunki, xoh u tadbirkor bo‘lsin, xoh u dehqon
bo‘lsin. Umri davomida baribir biron sabab ish hujjati yozishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
tilxat yoki tushuntirish xati, ishonchnoma kabi.
753
Endi davlat idoralariga keladigan bo‘lsak, o‘zaro ish yuritishda ish qog‘ozlarisiz ish
bo‘lmaydi. Mazmunan va shaklan, hajman har xil bo‘lgan hujjatlar kishilik jamiyatining
asosli qog‘ozi sanalib, o‘zaro kelishuvlarni, muloqotni yozuvda aks ettirib, uni tartibga solib
turadi.
O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb
masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va
rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini
ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, xodim, umuman olganda faoliyati ish
qog‘ozlarini tuzish bilan bog‘liq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy
qoidalari yuzasidan ma’lum malakaga ega bo‘lishi zarur.
Umuman, insoniyat tarixida hujjatchilik qanday ahamiyatga ega bo‘lgan va bugunda uning
o‘rni insonning mavjudligini belgilaydigan mezonga aylanib qolmayaptimi? Manbalarda
unga shunday ta’rif beriladi, ya’ni hujjat keng ma’noda ma’lumotlar qayd etilgan moddiy
buyumlar (qog‘oz, kinoplyonka, fotoplyonka, perfokarta va b.). Hujjat matn,
tasvir, tovush va boshqalardan dan iborat bo‘lishi mumkin. Mazmuniga ko‘ra, hujjat ilmiy-
texnika hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar), huquqiy hujjatlar
(qarorlar, farmonlar, shartnomalar), boshqaruv hujjatlari (buyruqlar, ko‘rsatmalar, qarorlar)
ga bo‘linadi. Shakllanish manbaiga ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar,
annotasiyalar) hujjatlar o‘zaro farqlanadi. Huquq fanida hujjat deganda, odatda, qonunda
belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan (shaxsning
tug‘ilganlik, ma’lumot olganlik, nikohdan o‘tganlik, mehnat staji kabi) faktlarni
tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash
vositasi sifatida katta ahamiyatga ega.
Go‘dak bu yorug‘ olamga kelgandanoq, uning nomiga hujjat rasmiylashtiriladi, ya’ni
tug‘ilganlik va tibbiy ma’lumotlar. Bir umr hujjatlar girdobida yashashga mahkum:
bog‘chada, maktabda, oila qurganda, nafaqaga chiqqanda, vafot etganda... Yozuvchi Nazar
Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li” nomli romani qahramoni o‘zining tirikligini, mavjudligini,
o‘zining “men”i borligini isbot qilib berolmagan jamiyatda yashaydi. Ismi marhumlar
ro‘yxatiga tushib qolgan, o‘zining tirik ekanligini isbot qilib berolmagan, jamiyat uning
mavjudligini emas, hujjatlar ishonishi qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Roman voqealari
754
o‘tgan asrning 90-yillarida sodir bo‘ladi. Jamiyat uchun insonning o‘zidan ko‘ra, uning
rasmiy hujjatlarda aks etgan ma’lumotlar muhimligi chuqur istehzo bilan ko‘rsatib berilgan.
Qadimda mol oldi-sotdisida va boshqa muomala jarayonlari guvohlar ishtirokida
bo‘lgan. Ajdodlarimiz turli hujjatlarga ehtiyoj sezmagan. Bugun esa hujjat va hujjatchilik
insoniyat hayotini belgilovchi mezonga aylanib bormoqda. Hujjatga ko‘pda ehtiyoj
sezmagan inson hamma narsadan mug‘im bo‘lgan vijdonini oldinga qo‘ygan.
Rivoyatlarning birida bir mahallada katta bo‘lishga ikki o‘rtoq tadbirkorlik qilish
maqsadida sarmoya tikib ish boshlaydi. O‘rtog‘i birga yig‘ilgan pulni olib uzoq yurtdan
mol keltirib, daromad ko‘radi, boy bo‘ladi. Sherigiga esa bozori kasod bo‘lgani, yo‘lda
qaroqchilar molini talganini aytib yolg‘on gapiradi. Do‘stiga ishonib hech vaqosiz qolgan
yigit uni qozining oldiga olib boradi. Uning arzu holini eshitgan qozi bu kelishuv haqidagi
hujjatni so‘raydi. Ammo hujjat- bu ularning o‘zaro ishonchi, vijdoni edi.
O‘tmishda ham hujjat yuritishi madaniyati ancha rivojlangan. Ayniqsa, diplomatik
sohaga doir hujjatlarda buni ko‘rishimiz mumkin. O‘zaro oldi-sotdi, turli muomala
jarayonlarida qog‘oz shakldagi hujjatdan ham muhim- inson vijdoni o‘zaro ishonchi
bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |