ФИО автора:
ToshDO‘TAU 1-kurs magistranti
Rahmatova Mohinabonu Rajabovna
Название публикации:
«“ALPOMISH”DOSTONINING BEKMUROD JO‘RABOY
O‘G‘LI VARIANTI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Alpomish” dostonining variantlari va ular orasida Bekmurod
Jo‘raboyevning varianti, uning folklordagi ahamiyati yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
“Alpomish” dostoni, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, variant, versiya,
folklor, baxshi.
ABSTRACT
In this article the variants of the “Alpomish” epic and among them the variant of
Bekmurod Djuraboy, its importance are explained.
Keywords:
“Alpomish”, version, Bekmurod Djuraboy o‘g‘li, folklore, bakhshi
“Alpomish” dostoni o‘zbek dostonchiligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, turkiy xalqlar
orasida mashhur bo‘lgan dostonlardan biri. Doston qadimiy qadriyatlarni o‘z ichiga olishi
bilan birga, unda xalqning milliy tarixi mujassamlashgan. Birinchi prezidentimiz
I.A.Karimovning quyidagi “Xalqimiz yengilmas bahodiri – Alpomish timsolida biz
Vatanimizni yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan, asrashga qodir, kerak bo‘lsa bu yo‘lda
jonini ham fido qilishga tayyor bo‘lgan azamat o‘g‘lonlarimiz – bugungi alpomishlarning
ma’naviy qiyofasini ko‘ramiz. Ishonamizki, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini
asrab-avaylab kelgusi avlodga yetqizadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga,
shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga omaydi” degan fikrlari o‘z
salmog‘ini hanuz yo‘qotmagan.
Alpomishning variantlari garchi 1922-yildan boshlab
yozib olingan bo‘lsada, uning qadimiy ildizi ming yilliklarga borib taqaladi. Uning
qanchadan-qancha versiyalari ma’lum va mashhur. Xalq baxshilari tomonidan bir-birini
takrorlamaydigan ijrolar hozirgacha aniqlanib kelinmoqda. Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li
tomonidan bir necha tillarda kuylangan dostonlar orasida “Alpomish” dostoni ham
mavjudki, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bu bilan yana bir manbaga boyiganidan darak beradi.
750
Garchi shoir Nurotada tug‘ilgan bo‘lsada, Surxon vohasidagi o‘ziga xoslikni
singdirib yuboradi. Dostonni bir necha tillarda kuylanganligi bu hududda dostonchilik
maktabi shakllanganidan darak beradi. Chunki bu hududda tadqiqotchilar tojik tilida
kuylangan dostonlar ham borligini aytib o‘tadi.
Bekmjurod Jo‘raboy o‘g‘lidan “Alpomish” dostonidan tashqari “Avazxon”, “Malikai
ayyor”, “Kuntug‘mish” kabi dostonlar ham yozib olingan.
Dostonning qirqdan ortiq varinatlari yaratilgan. Po‘lkan shoir, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
kabi mashhur baxshilar tomonidan ijro etilgan doston versiyalari eng mukammali
hisoblanadi. Bugungi kunda Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li variant ham nashr etildi. Ijodkor
tomonidan yozib olingan variant bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va
adabiyot institutining folklore arxivida saqlanib kelinmoqda. Doston Mansur Afzalov
tomonidan 1944-yilda Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘lidan yozib olingan.
Har bir baxshi ijrosi o‘zgachalik kasb etadi. Undagi har bir sujet va motivda yuksak
badiiyat egasining ijro uslubini ko‘ramiz. “Alpomish” dostonida alpning tug‘ilishi bilan
bog‘liq voqealar ilohiy mazmun kasb etadi. Urug‘ boshliqlari hisoblangan Boybo‘ri va
Boysarining dastlab farzandsizligi va bir kunda aka-ukalarning farzandli bo‘lish voqeasi
baxshi tomonidan mohirona kuylanadi. Dostonni kuylash jarayonida baxshi tabiat
manzalari tasvirini, insonlarning ichki kechinmalarini va ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni
mahorat bilan ko‘rsatib berdi. Har bir qahramonni izchillik bilan harakatlarini dalilladi.
Dostonni eshitgan yoki o‘qigan o‘quvchi ko‘nglida tushunmovchilik qoldirmaslikka
harakat qilgan. Dostondagi urf-datlar tasviri mohirona kuylangan.
Dostonda hikmatli so‘zlarning keltirilishi didaktik ahamiyat kasb etadi. Bu orqali
tinglovchiga pand-nasixatlar berishni ham esdan chiqarmadi. Dostonlarga xos yana bir jihat
bu mubolag‘ali tasvirlarning ishlatilishi. Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li variantida ham
mubolag‘ali tasvirlar uchrab turadi. Alpomishning kuchli va baquvvat ekanligini ko‘rsatish,
alplarning mahoratini baholashda ham undan mohirona foydalangan. Ayniqsa,
Qaldirg‘ochni tasvirlashda uning husni uchun ushbu mubolag‘alar ham kamlik qiladi.
Dostondagi syujet va qahramonlar tasvirida ham boshqa versiyalarda farq bor.
Dostondagi qahramonlar tilidan aytilgan gaplarda tojik tilidagi so‘zlarning ko‘pligi
va hudud nomlarining aniq ravshan keltilishi baxshi ijrosidagi o‘ziga xosliklardan biridir.
751
Dostonning qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik ruhiyati har bir versiya uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bir oila taqdiri misolida urug‘larning yarashib ketishi, o‘zaro mehr-
muhabbatli bo‘lish, oila mustahkamligi, birdamlik fazilatlari dostonning asosiy mohiyatini
tashkil etadi.
Baxshi ushbu doston ijrosi tufayli bir paytlar unutilib ketayotgan dostonning yana
bitta variantini yaratdi va nafaqat adabiyot uchun balki, o‘zbek xalqining urf-odatlarini
saqlab qolish uchun o‘z xissasini qo‘shdi. Qachonlardir do‘mbira jo‘rligida kuylangan
doston bugun folklor uchun katta bir manbaga aylandi. O‘zbek xalq dostonlarining gultoji
hisoblangan “Alpomish” milliy g‘urur va o‘zlikni anglashda muhim manbaidir. Epik
an’analarning taraqqiyotining mahsuli sifatida qarash xalq og‘zaki ijodining g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlarini namoyon etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Alpomish. O‘zbek xalq qahramonlik eposi. – T.: Fan,1999.
2.
Mirzayev T., Eshonqul N., Fidokor S. “Alpomish” dostonining izohli
lug‘ati.T.:G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001
3.
Mirzayev T. Alpomish, 1999.
752
Do'stlaringiz bilan baham: |