Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО авторов:
Yakubova U.B. 
3-son IDUM (Urganch,O`zbekiston) 
Nurmetova D.I. 
3-son IDUM (Urganch,O`zbekiston) 
Название публикации:
«O`QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISH» 
Annotatsiya:
Maqolada savodxonlik faqatgina imlo qoidalariga amal qilib yozish emas, 
birinchi navbatda o`qiy olish ekanligi,shuning uchun o`quvchilarni boshlang`ich sinfdan 
boshlab ko`p kitob o`qishga o`rgatish kerakligi haqida ma`lumotlar keltirilgan. 
Kalit so`zlar:
o`quvchi,savodxonlik,ona tili, nutq.imlo,kitob o`qish,to`g`ri talaffuz,badiiy 
asar. 
 
Ona tili - millatning asosiy belgilaridan biri.Dunyoda xalqlar ko'p. Har bir xalq, avvalo, o'z 
tili, milliy urf-odat va an'analari, o'ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, 
xalqning, millatning o'zligini namoyon qilishida tilning o'rni va ahamiyati beqiyos. 
Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg'ular manbayi.U inson kamolotida betakror o'rin 
tutadi. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alia aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va 
tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi, odob-u axloqimiz, fe'l-atvorimiz 
til orqali berilgan o'git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining 
shakllanishi bevosita til bilan bog'liq. Chunki biz biror-bir narsaning xususiyatlari haqida 
o'ylaganda har biri aniq bir so'zda ifodasini topgan tushunchalar, fikr va tasavvurlarga 
tayangan holda uning o'ziga xos tomonlarini anglaymiz. Masalan, daraxtning yashilligini 
ajratish uchun yashil degan so'zning ma'nosini bilgan bo'lishimiz kerak.So'zni, ya'ni tilni 
bilganimiz sari biz dunyoni ham yaxshiroq bilib boramiz, fikrimiz o'sadi, ongimiz 
yuksaladi. 
Ma`lumki, zamonaviy mutaxassis o`z soxasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga nutq 
savodxonligi va madaniyatini, xususan, yozma nutq ko`nikmalarini puxta egallagan bo`lishi 
lozim.Har bir kishi fikri va tuyg`ularini og`zaki ravon ifodalashi barobarida to`g`ri va 
mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e`tiboriga tushadi.Yozish amali xatolarni 


746 
bevsoita ko`rish,tuzatish,boyitish imkoniyatini beradi hamda bu jarayonda fikr charxlanadi, 
ijodiy fikrlash ko`nikmalari shakllanadi.Shu maqsadda o`zbek tili darslarida beriladigan 
materiallar o`quvchi nutqini o`stirish, nutq maqsadi va sharoitiga mos ravishda mustaqil 
fikrlay olishga,so`z ustida ishlay bilish,xususan,tanlangan kasbga oid ijodiy matn 
yaratishga,ilmiy va badiiy tafakkur ko`nikmalarini shakllantirishga qaratiladi. 
Savodxonlik deganda ko`pchilikning nazarida ,imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma 
nutqni shakllantirish,to`gгi bexato yozish tushuniladi. Bu to`liq tasavvur emas albatta. 
Savodxonlik faqatgina imlo qoidalariga amal qilib yozish emas, birinchi navbatda o`qiy 
olishdir. Boshlangich sinflar kesimida o`quvchi yo`shi va individual xususiyatlarini 
inobatga olgan holda o`qish tezligining ishlab chiqilgan parametrlari quуidagicha: 1-sinfda 
o`quvchi bir daqiqada 25-30ta, 2-sinfda 40-50ta, 3-sinfda 60-75ta va 4-sinfda 80-90ta 
so`zni o`qiy olishi kerak. Ushbu me`yorlarga javob berolmagan bolaning savodxonligi 
haqida biror narsa deyish qiyin. Shuning uchun, boshlang`ich sinf o`quvchisiga avval harf, 
harflar qo`shilmasi va so`zni tanlab olish o`qitish jarayonida «ma-na» «o-na» «non» tarzida 
o`rgatiladi. O`quvchi uchbu so`zlarni to`g`ri yoza olish uchun avvalo, ularni ko`z o`ngida 
gavdalantiradi, ya`ni eslab qolishi va o`qiy olishi talab etiladi. Agar u qaysidir so`zni to`g`ri 
oqiy olmasa, to`g`ri yoza olishi ham dargumon. Bundan ko`rinadiki, savodxonlik ko`pchilik 
nazaridagi to`g`ri yozish ko`nikmasidangina emas, balki to`g`ri o`qish va yozish birligidan 
iborat muhim bosqichdir. Ana shu o`qish va yozish birligiga erishish uchun, avvalo, 
o`quvchini ko`p o`qishga (u xoh darslik kitobi, xoh badiiy asar bo`lsin) o`rgatish kerak. 
Ko`p o`qish bir tushunchaga ko`p duch kelishi deganidir. Ko`p duch kelgan so`z 
o`quvchining «tanishi»ga aylanadi va bu «tanishi»ni u ko`zlarini yumuq holda tasavvurida 
gavdalantira oladi. Ko`p o`qigan o`quvchining «tanish»lari kam o`qigan o`quvchinikidan 
ko`p bo`ladi. O`quvchi yangi «tanish» orttirayotganda, ya`ni o`ziga notanish so`zga duch 
kelganda, uni eshitib, yoki noto`g`ri o`qib yozsa, xato qilishi turgan gap. So`zni ko`rib, 
tog`ri o`qib yozsa xatoga yo`l qo`ymaydi. Eshitib yoki noto`g`r o`qib yozgandagi xatolik 
talaffuz bilan bog`liqdir. O`quvchiga to`g`ri yozishni o`rgatar ekanmiz

har bir so`zning 
talaffuzi va imlosi turlicha bo`lishi mumkinligi haqida takror-takror eslatib turishimiz shart. 
O`quvchi director so`zini «diriktir» emas balki aslicha yozishi uchun bu so`zni «direktor» 
tarzida tallaffuz qilishga o`rgatishimiz kerak. Savodxonlik tilshunoslikning nafaqat 


747 
orfografiya bo`limi, balki orfoepiya, sintaksis, punktuatsiya
 
bo`limlariga ham birday 
tegishli ekanligini biz-mualimlar e`tibordan qochirmasligimiz lozim. 
O`quvchi matnni qanday o`qishi va yozishiga qarab o`qituvchiga baho beriladi. O`quvchi 
faqat maktab darsliklaridagi ma`lumotlarnigina o`zlashtirib borsa, oldingi saflarda 
ketayotgan bo`lsa-da, keyinchalik maktab darsligidagi talabni bajara olmay orqada qola 
boshlaydi. O`qituvchi va ota-onalar esa buni sababini bilolmay hayron bo`lishadi. Buning 
oddiy sababi, darsliklarda ‘’O`qigan badiiy asarlaringizdan’’ deb boshlanadigan 
topshiriqlar berilib, agar o`quvchi badiiy asar o`qimagan bo`lsa, yer chizib qoladi. Demak 
darslik talablarini bajarish uchun ham badiiy asarlar mutola asi-sinfdan tashqari o`qish 
zarur. Dastavval, yaxshi o`zlashtirayotgan o`quvchining orqada qolib ketishiga asosiy 
sabab uning badiiy asar bilan oshno bo`lmaganida ekan. 
Badiiy asar o`qimaydigan o`quvchi tom ma`noda savodxon bo`lishi mumkin emas. 
Boshlangich sinf o`qituvchisi o`quvchilarining kitobxon bo`lishiga erisha olmas ekan, 
o`zining hamda yuqori sinfda ona tili va adabiyotdan dars beradigan hamkasbining 
qo`shimcha dars o`tishiga sababchi bo`laveradi. Shu bois, savodxonlik kalitini topishni 
istagan o`quvchi 4 yillik o`quv davomida o`z yoshiga mo`ljallangan nashrlar bilan tanishib 
borishi, kamida 20-25ta kitob mutolaa qilgan bo`lishi shart. Biz bu miqdorni 
ko`rsatayotganimizda, o`quvchining yosh va psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga 
olingan ertak, rivoyat, afsona va hikoyatlarni jamlagan hajmdan kichik va qiziqarli 
kitoblarni nazarda tutmoqdamiz. 
Til bilish — madaniyat belgisi.Xalqimiz ta'biri bilan aytganda, til bilgan el biladi.Shuning 
uchun ota-bobolarimiz qadim-qadimdan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat 
vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o'rganish va ular bilan tinch-totuv, hamkor-u 
hamnafas bo'lib yashash imkonini bergan. Ayniqsa, bugungi kunda, mamlakatimiz butun 
dunyo bilan keng ko'lamda hamkorlik qilayotgan paytda til bilish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Ona tilini puxta bilish, u bilan g'urur-iftixor qilish milliy ma'naviyat, o'zlik ifodasi bo'lsa, 
boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo'shimcha bilim quroliga ega bo'lishdir. 


748 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Yangi tahrirdagi DTS-2005-yil.//Boshlang`ich ta`lim jurnali.Toshkent, №5. 
2. Boshlang`ich ta`limb o`yicha yangi tahrirdagi o`quv dasturi.//Boshlang`ich 
tal.jurnali.Toshkent , 2005.№5. 


749 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish