Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Kalit so'zlar:
xalq hunarmandchiligi, ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh ,suyak 
o'ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kigizchilik, 
savatchilik, bo'yrachilik, loyihalash. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz o'zining 
qadimiy milliy hunarmandchilik an'analarini tiklash va rivojlantirish imkoniyatiga ega 
bo'ldi. Xalq hunarmandchiligi juda qadim zamonda paydo bo'lib, hunarmandchilikning eng 
qadimgi rivojlangan va barhayot turi bo'lib kelgan. O'tmishga nazar solar ekanmiz, xalq 
hunarmandchiligining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak 
o'ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kigizchilik, 
savatchilik, bo'yrachilik kabi turlarni o'ziga xos bajarish texnologiyalari haqiqiy milliy 
nomlari, ularga xos atamalar, nom qozongan ustalar yo'qolib ketishi xavfi ostida qolgan edi. 
Yoshlarning ma'naviy barkamol bo'lib etishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini 
uyg'otishda xalq hunarmandchiligining roli beqiyosdir. Mamlakatimiz moddiy madaniyati 
tarixida muhim mavqeni egallagan xalq hunarmandchiligi shunday xazinaki, unda xalq 
hayotiga oid qimmatli ma'lumotlar aks etadi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy 
san'atini rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng 
qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash 
maqsadida: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiligi va 
amaliy san'atini rivojlantirishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 
2008-yil 1-apreldagi PF-3983- sonli Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan.Ushbu 
farmonga ko'ra bugungi kunda xalq hunarmandchiligiga bo'lgan e'tibor chetda 
qolmaganligidan dalolat beradi. Xalq hunarmandchiligi turlaridan kashtachilik tarixiga 


770 
nazar solsak, kashtachilik - juda qadimiy hunar. U chet ellarda ham shuhrat qozongan. 
Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san'atning qadimiy soxalaridan biri bo'lib kelgan. 
Arxiologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, 
tabiiy sharoit, muxit bilan bog'liq holda xar bir xalqning madaniyati, san'ati, kasb hunar 
turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko'rsatadi. Kashtachilikni paydo bo'lishi 
teridan qilingan kiyimlarda bog'lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bog'liq. Davrlar 
mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o'tish bilan, to'qish, 
shuningdek mato to'qish bo'yash va boshqa ishlar bilan bog'liq. Kashtachilik taraqiyotni 
Qadimgi Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari adabiy manba'lardagi kashtalar 
tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan kashtachilik namunalardan kuzatish mumkin. 
Kashtachilik mahsulotining eng qadimiy nusxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan 
xaqlarda unga tasviriy san'atni ta'siri katta bo'lgan. Masalan: XI asrga oid ingliz kashtalarida 
jang lavxalari aks ettirgan. O'rta Osiyoda ayniqsa, o'zbek, turkman, tojik ayollari o'rtasida 
kashtachilik 
keng 
tarqalgan. 
Kashta 
tikish 
uslublari 
turli-tumanliligi 
o'zbek 
kashtado'zlarning san'atidan dalolat beradi. Masalan: Nurota, Buxoro, Samarqand 
Kashtachilik mahsulotlari yo'rma kandaxayol chok bilan, Shaxrisabzda yo'rma, iroqi, 
Toshkentda esa ko'proq bosma chok bilan tikilgan. O'zbek kashtado'zlari buyum 
bezaklarida amaliy san'atini boshqa turlarida andoza olganlar. Kashtado'zlarda 
o'simliksimon tasvirlar shox, gulband, guldastalar ko'p uchraydi. Kashtada ishlatiladigan 
asosiy ish qurollari igna, ilmoqli igna, ilmoqli begiz, angushvona, chanbarak va boshqalar. 
Keng tarqalgan choklar kandaxayol, chinnixayol xomdo'zi, yo'rma, iroqi, popur, ilmoq, 
baxliya va boshqa choklar kiradi. O'zbekiston Respublikasidagi kichik tikuvchilik 
korxonalari, qo'shma korxonalar va yakka buyurtma asosidagi tikuvchilik korxonalari keng 
iste'molchilar ommasi ehtiyoji va didini qondiradigan xilma-xil kiyimlar ishlab 
chiqarmoqda. Bu sohani rivojlantirishda xizmat qiluvchi kichik mutaxassislarni kasb-hunar 
kollejlarida tayyorlanadi. Ularga maxsus fan sifatida "Tikuv buyumlarini loyihalash, 
modellash va badiiy bezash" fani o'rgatiladi. Kiyimning asosiy andazalarini tayyorlash, 
modellar yaratish, asosiy andazalardan model andazalarini chiqarish va unga bezaklar 
tanlash shu fanning asosiy maqsadidir. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish