Loyihalash
- bu murakkab ijodiy jarayon bo'lib,
unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko'zda
771
tutilgan. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar
kompleksi, shuningdek ularni o'zaro ulab-tikib, muayyan o'lchovdagi va shakldagi yaxlit
buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning
hajmli detallarini, tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo'ladi. Detallarning o'lchov
soni va shakli ular yig'ilganda xuddi shu o'lchov va ko'rinishini beradi. Kiyimlarni
loyihalashda gavdadan o'lchov olish qoidalari va o'lchovlar asosida buyum asos chizmasini
chizish, so'ng chizmadan andaza chiqarib tayyorlash qoidalarini o'rgatiladi. Kiyimni
loyihalash bilan turli muassasalar shug'ullanadi. Bular - modalar uyi, tikuvchilik
korxonalarining tajriba sexlari, maxsus loyihalash idoralari, ilmiy-tekshirish institutlari va
laboratoriyalardir. Kiyimlarni modellashtirishda ijodiy yondashilib, kiyim modelini ijod
qilish va asosiy andazadan model andazasini tayyorlash yo'llari o'rgatiladi. Bunda asos
chizmasiga eskiz bo'yicha model chiziqlari kiritilib, yangi model andazasi hosil qilinadi.
Kiyimlarni badiiy bezashda esa kiyimga turli bezaklarni kiyim turiga va vazifasiga qarab
berib, ularni bezatish yo'llari o'rgatiladi. Bunda kiyimning assortimentiga, gazlamasiga,
kiyimning kimga mo'ljallanganligiga qarab, bezak unsurlarini tanlash ijodiy jarayon
ekanligi yaqqol ko'rinadi.
Xulosa, o'rnida shuni aytish joizki, xalq hunarmandchilik asoslarini egallashda yoshlar
amaliy ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar: turli xildagi materiallarni tanlash va ularga
ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; ma'lum sohalarda
foydalaniladigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar
bilan ishlash; buyumlarnihunarmandchilik asarlarini asrash, ta'mirlash va umrini uzaytirish;
yo'lyo'riqli, operatsiyali, texnologik va ishlab chiqarish me'yoriy xujjatlar bilan ishlash;
jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va
asarlarni iste'molga chiqarish va boshqalar.
Dasturiy metodik ta’minot asosida “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash”
da
pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda qoʻllaniladigan dinamik vositalar illustratsiyalar,
animatsiyalar va video yaratish vositalari, maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq
qogʻozga qalam yoki ruсhka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida
siсhqonсha yordamida rasm сhizish, yаʻni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish
imkonini yаratdi. Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar
772
hisoblanib, ular yordamida tasvirning elementlari boshqarib boriladi. Bunday dasturlardan
biri Adobe Illustratordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |