Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda 
maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni. 
2.
 
N.N. Azizxojayeva.
 
Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv
 
qo'llanma. — Т.: 2003, TDPU.
 


370 
ФИО автора: 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti 
universiteti
 
Hazratqulova Sevinch Baxtiyor qizi 
Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili 2 kurs talabasi
Название публикации:
«MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" 
ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI. HUSAYIN VOIZ KOSHIFIYNING 
AXLOQIY QARASHLARI» 
Anotatsiya: Shoir sheʼriyatida goʻzallik va muhabbatni kuylagan boʻlsada, uning gʻazallarida oʻsha davrdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot ham oʻz ifodasini topgan. Zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida u oʻzi yashayotgan 
hayotda faol ishtirok etdi. Munis tarixnavis olim sifatida Xorazm tarixiga oid qimmatli “Firdavs ul-iqbol” nomli 
muhim tarixiy asarini ijod etdi. Olim oʻz asarini sharq tarixchilarining anʼanasiga muvofiq hamd va naʼt 
boʻlimlar bilan boshlagan. Soʻngra oʻz hayoti va asarining yozilishi haqida qisqacha maʼlumot berib, Xorazm 
tarixini yozgan. 
Kalit so'zlar: risola; devon; to'rtlik; ruboiy; mustazod; didaktik nuqtai nazar.
Munis o’z davrining yetuk murrabiy shoiri sifatda bolalarning savodxonligini va husnixatni yaxshilash yo’lida
ko’p izlanadi va yoshlarga husnixatdan ta’lim berib, “bilgancha surib qalamni har yon, ta’lim ishin aylar erdi
oson” deydi. “Bilimning eshigi alifbe” deganlaridek, Munis ham ta’limdagi muvaffaqiyatlarning garovi
savod ekanligini tushungan va shuning uchun “umumiy arqom” yozuv ilmini yaratishga bel bog’lagan. 
Munisning “Savodi talim” asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga keladi. Mazkur risola nazariy
malumotlar va mashqlarni o’z ichiga olgan. Risola ikki qismdan tarkib topgandir. U “Savodi talim”ning
nazariy qismida o’zigacha mavjud bo’lgan bolalarga xat-savod o’rgatuvchi risolalarning barcha nuqson
va kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o’zi yaratayotgan risolani bir-biri bilan taqqoslab, 
eski risolaning o’sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi.
Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai
nazardan sodda qilib tushuntrishga harakat qiladi.
1804 yilda shoir alifbo sifatida foydalanish uchun “Savodi ta’lim” kitobini yozib tugatadi. Yana shu yili ijodi 
namunalarini “Munis ul-ushshoq” (“Oshiqlar do’sti”, 1804 yilda) degan nom bilan to’plab, uni 1813 yilda 16 
892 misradan iborat katta devonga aylantiradi. Ushbu asarda shoirning g’azallari, muxammaslari, ruboiylari, 
mustazodlari, tuyuqlari, to’rtlik va maxsus ikkilik baytlari mavjud bo’lib, bulardan tashqari devon oxiriga 
shoirning 1804 yilda nazm bilan yozib tamomlangan kalligrafiyaga oid “Savodi ta’lim” nomli asari ham ilova 
qilingan. Ushbu kichik risolada chiroyli xat yozish usullari bayon qilingan. Risola ikki qismdan iborat. Asarning 
birinchi qismida xat mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli asboblar to’g’risida so’z yuritiladi. 
Ikkinchi qismida esa, xat mashqi va uning usuli haqida amaliy yo’l bilan ta’lim beriladi.
Shoir o’zining ushbu risolasi boshida kishilik jamiyatida yozuvning katta ahamiyatga ega ekanini qayd qilib, 
shunday bayon qiladi: 
So’z mahzanining nishonasi ham, 
Ma’ni durining xazonasi ham, 


371 
Har so’zki, ko’nguldin o’ldi mavjud, 
Xat bo’lmasa bo’lg’ay erdi nobud. 
O’ttiz yildan ortiq ijod qilgan adibning ota-bobolaridan meros bo’lib kelayotgan sulolaviy kasb miroblik haqida 
“Ornalar” nomli risolasi biz uchun nihoyatda qimmatlidir. Ushbu kitob tufayli biz vohada suvchilik kasbi, 
dehqonchilik tarixi, suv uchun bo’lgan urushlar tarixi bilan bog’liq ijtimoiy siyosiy voqealardan xabardor 
bo’lamiz. 
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sharq qoʻlyozma 
asarlar fondida Munis devonlarining bir necha qoʻlyozma nusxalari saqlanmoqda. Ulardan1330-raqamli 
qoʻlyozma Munis 27 yoshga kirgan vaqtda 1804–1805 yili shoir tarjimai holidan koʻchirilgan. Devon oxirida 
quyidagi toʻrtlik keltirilgan: 
Muniso, toʻkmay yigirma yetti yosh, 
Vah, yigirma yetgi uzra yetti yosh. 
Yosh kabi mashgʻullik qilmoq nedur, 
Har qachonkim suhbatishta yetti yosh. 
Shoirning bu devonidan uning gʻazallari, muxammaslari, musaddaslari, ruboiylari va boshqalar oʻrin olgan. 
Devonning oxirda muallifning “Savodi taʼlim” nomli ilmiy asari ham bor boʻlib, unda xattotlik qoidalari bayon 
etilgan. 
Shoir sheʼriyatida goʻzallik va muhabbatni kuylagan boʻlsada, uning gʻazallarida oʻsha davrdagi ijtimoiy-
iqtisodiy hayot ham oʻz ifodasini topgan. Zamonasining ilgʻor fikrli kishisi sifatida u oʻzi yashayotgan hayotda 
faol ishtirok etdi. Munis tarixnavis olim sifatida Xorazm tarixiga oid qimmatli “Firdavs ul-iqbol” nomli muhim 
tarixiy asarini ijod etdi. Olim oʻz asarini sharq tarixchilarining anʼanasiga muvofiq hamd va naʼt boʻlimlar bilan 
boshlagan. Soʻngra oʻz hayoti va asarining yozilishi haqida qisqacha maʼlumot berib, Xorazm tarixini yozgan. 
Asar muqaddima, besh bob va xotimadan iborat. 
I bobda Odam Atodan to Nuh paygʻambar avlodigacha boʻlgan hodisalar bayon etilgan. 
II bobda Yefasdan Qoʻngʻirot shoʻbasigacha boʻlgan Moʻgʻul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. 
III bobda Kurlos avlodiga mansub podshohlar davrida sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan. IV bobda 
Eltuzorxonning ota-bobolari hayoti tasvirlangan.
V bobda Eltuzorxonning tugʻilishidan bu asarning yozilib tamom boʻlishiga qadar sodir boʻlgan voqealar 
xususida qalam tebratilgan. 
Xotima esa olimlar, avliyolar, amirlar, beklar, shoirlar, hunarmandlar haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. 
Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr 
yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy 
ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, 
sobitqadamlik, saxiylik, saxovat, rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, 
ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. 


372 
Koshifiy axlokdi inson deganda, ilm-maʼrifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi 
kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalb insonni tushungan. 
Demak, Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo‘lgan barcha xislatlarni o‘zida ifodalagan ilm-
ma’rifatli, xaqiqatparvar, adolatli, xar qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson qiyofasini 
tasavvur etamiz. Xusayn Voiz Koshifiyning yana bir asari "futuvvatnomai Sultoniy" bo‘lib, unda komil insonni 
shakllantirishning aynan amaliy yo‘llanmalari beriladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Darslik. Q2/K.Hashimov, S.Nishonova. — T.r Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti. 2005.— 304 b. 
2. Rahmanov N. Urxun bitiklari. Qadimiyhikmatlar.Т.: Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987-yil. 
3. Rahm anov N. Turk haqonligi. — T.:Meros, 1993-yil. 
4. Sad’iy. Bo'ston —Т.: O'zadabiynashr, 1960-yil. 
5. Sad’iy. Guliston —T.:Bad. adab. nashriyoti, 1968-yil. 
6. Amir Temur. Amir Temur o'gitlari: /To'plam/. —T.:Navro'z,1992-yil. 


373 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish