Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Adabiyotlar: 
1. Давыдов В.В. Теория развивающего обучения. – М.: Интор, 1997. – С. 544. 
2. Маликов Т.С. Индуктивные и дедуктивные рассуждения как средство развития 
активности и критичности мышления учащихся при изучений математики. // 
Автореф. дисс. ... канд. пед. наук. – М., 1998. – С. 16. 
3. Метельский И.В. Пути совершенствования обучения математике. – Минск: 
Университетское, 1990. – С. 160. 


403 
ФИО автора: 
Poyonova Madinabonu Ibrohim qizi
TTATF Davolash fakulteti talabasi

Название публикации:
«O’RTA YOSHLI INSONLARDA INSULTNING KELIB 
CHIQISH SABABLARI VA PROFILAKTIKASI» 
Annotatsiya.
Insult yildan yilga yoshlar va o’rta yoshli insonlar orasida avj olib
bormoqda. Dunyo bo’yicha har yili 16 million kishi ushbu kasallikka duchor 
bo’ladi.Hozirgi kunda 20 yoshdan 44 yoshgacha bo’lgan insonlarning 0.02 foizi ushbu 
kasallik bilan kasallanishadi. Statistikaga ko’ra, bu kassallik o’lim ko’rsatgichi
bo’yicha yurak-qon tomir va onkologik kasalliklardan so’ng uchinchi o’rinni
egallaydi. Ushbu maqolada o’rta yoshli insonlarda insultning kelib chiqish sabablari 
va ularning oldini olish chora-tadbirlari o’rganiladi. 
Kalit so’zlar: 
Zararli odatlar, aterosekliroz, tromb, embol, qandli diabet, 
anevrizma. 
Qon tomirlar bilan bilan bog’liq kasalliklarning 10-15 foizi 45 yoshgacha bo’lgan 
insonlar orasida uchraydi. Keksalarga nisbatan o’rta yoshlilarda o’lim xavfi va og’ir 
asoratlar ancha past.Shunga qaramasdan o’rta yoshlilarda o’lim ko’rsatgichi bo’yicha 
insult uchinchi o’rinni egallaydi. O’rta yoshlilarda uchraydigan insult keksalarda 
uchraydigan insultdan farq qiladi. Keksalarda insultga sabab asosan gipertoniya bo’lsa, 
o’rta yoshlilarda qon tomirlar spazmi hisoblanadi. 
Insult kasalligining yildan yilga o’rta yoshli insonlar orasida avj olib borishi 
ulardagi zararli odatlar bilan bog’liq. Chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, 
kamharakatlilik, ovqat ratsionining noto’g’ri taqsimlanganligi, shuningdek, insultning 
kelib chiqish ehtimoli yuqori bo’lgan irsiy kasalliklar ham o’rta yoshli insonlarda 
insultga asosiy sabab hisoblanmoqda. Ichish, chekish, giyohvand moddalar iste’mol 
qilish yurak – qon tomir kasalliklar xavfini oshiradi. Masalan, kokain yurak ritmini 
buzilishiga, nikotin esa qon ivish xususiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, bu 
moddalar iste’moli gipertoniyaga sabab bo’ladi.Yuqumli kasalliklardan ensefalit, 


404 
meningit miya va uning membranasiga ta’sir ko’rsatadi va insultga olib keladi. Sil 
kasalligi esa ishemik insultni keltirib chiqaradi. 
Aterosekliroz – qon tomirlar devorida xolisterin to’planishidir. Hozirda bu kasallik 
o’rta yoshli insonlar orasida insultning eng asosiy sabablaridan hisoblanadi. Bunda 
tomirlar torayib, qattiqlashadi. Natijada miyaga qon va kislorod yetib borishi 
qiyinlashadi. Bunga olib keluvchi omillar chekish, qandli diabet, yog’li ovqatlar 
iste’moli, semirish, yuqori qon bosimi hisoblanadi. Ortiqcha semirish ham 
ateroseklerozga sabab bo’ladi. Ortiqcha og’irlik yurakka tushadigan yukni ko’paytiradi 
va qon bosimini oshiradi. Bunday bemorlarga yog’li ovqatlar, shirinliklar va ortiqcha 
ovqatlanish ma’lum miqdorda cheklanadi. Yurakni normada ishlashi uchun muntazam 
sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Yurish, yugurish va suzish yurak mushaklarini 
ishini kuchaytiradi. Kuniga yarim soat yurish, sayr qilish insult ehtimolini kamaytiradi 
va boshqa kasalliklarni ham oldini oladi. Sport bilan birgalikda organizmni dam olishi 
ham normada bo’lish kerak. O’rta yoshli insonlarda uyqu 6-8 soatni tashkil etishi zarur. 
Uyqu normada bo’lmagan holda insonda gipertoniya kuzatiladi. Stress natijasida ham 
bu holatni kuzatish mumkin. Shuning uchun inson vaqtida dam olishni va stressdan 
xalos bo’lishni o’rganishi lozim. 
Insultga uchrash ehtimoli yuqori bo’lgan irsiy kasalliklar ham o’rta yoshlilarda 
hamda yoshlar o’rtasida insultga sabab bo’lmoqda. Qandli diabet, polikistik buyrak 
kasalligi, anevrizma shular jumlasidandir. Qandli diabet yuqorida aytib o’tilganidik 
ateroseklerozga sabab bo’ladi. Natijada organizmda insult yuzaga keladi. Polikistik 
buyrak kasalligida esa buyraklarda kistalar paydo bo’ladi. Kistalar buyraklardagi 
suyuqlikni o’z ichiga oladi. Bu kistalar yuqori qon bosimi va anevrizmalarga sabab 
bo’ladi.. Bu kasallik anevrizma xavfini 50% ga oshirsa, insult xavfini 25% ga oshiradi. 
Anevrizma butomirning kengayishi. Miyada arteriyaning kengayishi bilan sodir 
bo’ladi. Natijada, arteriya devori kuchsiz va mo’rt bo’lib qoladi. Ana shunday 
anevrizmalar yorilishi tufayli miyada gemorragik insult yuzaga chiqadi.


405 
Bu kasallikni davolash qon ivib qolishini oldini olishga qaratilgan bo’ladi. O’z 
vaqtida davolanmagan bemorlarda miya og’ir shikastlanishiga olib keladi. Ayniqsa, 
bunday bemorlar orasida takroriy insult kuzatiladi. Qon bosimini muntazam nazorat 
qilib borish zarur. Agar yurak, arteriyalar bilan bog’liq muammolar bo’lsa shifokorga 
darhol murojaat qilish kerak. Shuning uchun insult xavfi bo’lgan bemorlar doimo 
shifokor ko’rigidan o’tib turishi zarur. 
Insultni oldini olish uchun eng avvalo zararli odatlardan voz kechish kerak. Spirtli 
ichimliklar, giyohvand moddalar qabul qilmagan, chekishni tashlagan insonlarda 
insultga uchrash ehtimoli bir necha barobarga kamayadi. Infeksion kasalliklarni oldini 
olish uchun esa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Sanitariya 
qoidalariga rioya qilish nafaqat insultning, balki, barcha kasalliklarning oldini olishda 
profilaktik chora hisoblanadi. 
Insultga uchrash ehtimoli yuqori bo’lgan irsiy kasalliklarda doimiy shifokor 
ko’rigidan o’tib turish katta ahamiyatga ega. Masalan: qandli diabetda bemor shifokor 
belgilagan parhezga qat’iy rioya qilishi va u buyurgan dorilarni o’z vaqtida qabul 
qilishi zarur. Irsiy kasalliklardan yana biri anevrizma hisoblanadi. Miya anevrizma 
kasalligini oldini olish kasallikni o’z vaqtida tashxislash, tekshiruvdan o’tkazishga 
asoslanadi va darhol davolash belgilanadi. Yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish va 
profilaktikasiga amal qilish orqali yoshlar, o’rta yoshli insonlar va keksalar o’rtasidagi 
insult kamayadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunga kelib yoshlar orasida insult 
bilan zararlanish ko’rsatgichi tobora ortib bormoqda. Yoshlar o’rtasida sog’lom 
turmush tarzini yo’lga qo’yish, kasallikka chalinish havfi yuqori bo’lgan o’rta
yoshlilar orasida to’g’ri profilaktik ishlarni olib borish ,kasallikka o’z o’rnida tashxis 
qo’yish va uni davolash orqali insult bilan zararlanish holatlarini kamaytirishga 
erishish mumkin.


406 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish