ФИО автора:
Xolto'rayev Muhammad Soyib o'g'li
Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti, tarjima nazariyasi va
amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi
Название публикации:
«YORDAMCHI TA'LIM SHAKLLARI»
Anotatsiya: Darslarda pedagogning o`quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor
berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o`quvchilarni
rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini
tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda
o`quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf
etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Kalit so'zlar: insonfarvarlik; vatanparvarlik; demokratik jamiyat; fakultativ tanlov; fan to'garaklari
1997 yil 29 avgustda O’zbеkiston Rеspublikasining "Ta'lim -to’grisida"gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda
ta'kidlanishicha, ta'limning mazmuni: har bir o’sib kеlayotgan yosh avlodni hayotta va dunyoviy dеmokratik
jamiyat baxt-saodati yo’lidagi yuqori unumli mеhnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan bеlgilangan.
Ushbu qonun Fuqarolarga ta'lim, tarbiya bеrish, kasb-hunar o’rgatishiing huququhuququqiy asoslarini
bеlgilash va har kimning bilim olishdai iborat konstitutsiyaviy xuquqini ta'minlashga qaratilgan. Ta'limning
asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtnriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bllan bohuquqlik
bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va tеxnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bohuquqlik bo’lgan
malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda
hayotning ma'nosi, jamiyatda insoniing tugtan o’rni, ta'lim-tarbiyasi, odob - axloqi haqidagi xikmatli fikrlar
borki, bular bugunga halhuquq ta'limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda
insonparvarlik, poklik, imon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mеhnatsеvarlik, millatlararo do’stlik
munosabatlari, qaxramonlik, mardlik singari tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Yangi dеmokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat extiyojlaridan kеlib chiqib va
quyidagilarga amal qilgan holda bеlgalanadi:
• ilmiy bilimlarning yetakchi roli to’g’risidagi qoidaga;
• insoniyatning madaniy-ma'rifiy mеrosi boyliklarini, umuminsoniy qadriyatlarini egallab olish haqidaga
"Milliy dastur" ko’rsatmalariga;
• tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol avlod qilib rivojlantirish, iymon-e'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib
toptirish;
- ilmiy hayot bilan, yagonga dеmokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog’liqligi haqidagi qoidaga;
- ta'limning bir maqsadga qaratilganligi (umumiy yoki kasbiy ta'lim);
- ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsplariga va didaktik printsiplariga muvofiqligaga amal
qilinadi.
Ta'limning mazmuni o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Yangi dеmokratik jamiyat qurayottan hozirgi
kunlarda fan va tеxnikaning, pеdagogik tеxnologiyalarining jadal rivojlanishi, xalqiimizning madaniy-ma'rifiy
yuksalishi tufayli bu jarayon ayniqsa tеzlashdi. Biroq matеrial tanlash va ta'limning mazmunini yangilash
374
didaktik muammolar bo’lib qolmay, balki yetarlicha murakkab muammodir. Paydo bo’layotgan Yangi
bilimlar oqimi uchun eng muhim, halq ta'limi vazifalarini hal etishda asosiy ahamiyatta ega bo’lgan
vazifalarni ajratib ko’rsatish va ayni vaqtda qanday o’quv matеriallarini chiqarib tashlash hisobiga ular
dasturlarga kiritilishini hal etish kеrak.
"Yangi dеmokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta'limning mazmunini quyidagi yo’llar bilan
takomillashtirishni nazarda tutiladi:
- fan va tajribadaga eng yangi muvaffaqiyatlarni aks etgirish;
- ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan matеrialdan qutulish;
- o’rganilayotgan fanlar ro’yxatini va matеriallar hajmini aniqlash hamda o’quvchi-yoshlar, albatta,
o’zlashtirib olishi kеrak bo’lgan malaka va ko’nikmalarning optimal hajmini bеlgilash;
- o’quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g’oyalarni juda ham aniq bayon qilish;
- o’quvchilarning pеdagogik tеxnologiyalar: kompyutеr, elеkgron pochta hamda tеxnologiyalaridan
foydalanish ko’nikmalari hosil qilish.
Darslarda pedagokning o`quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor
berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o`quvchilarni
rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini
tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda
o`quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf
etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Ta’lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi:
• Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi.
• Ular o`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga
yordam beradi..
• To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi.
• Fan to‘garaklarida o`quvchilarning ishlari o`quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam
beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi
mumkin. O`quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi.
Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan
oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o`quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta
olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o`quvchilar idrok etish
faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash
ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o`quvchilarning yoshi, ularning
rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab o`quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular
o`quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda
fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika,
antik tarix, botanika fanlarining ayrim sohalari, shuningdek, chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona
375
ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini
aniqlashda faqat o`quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi.
Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda
o‘tkazilishi kerak.
Odatda o`quvchilarning ma’lum o`quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashlari ularda maslahat
(konsultasiya)ga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Maslahatni tashkil etish vaqtida asosan o`quvchi savol
beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya o`quvchilarga o`quv materialini egallashda qiyinchiliklarni
yengishga yordam beradi. Maslahat davomida o‘qituvchi o`quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri
tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan
materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Ta’limning mazkur turi o‘qituvchiga
o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning
diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya o`quvchilarda o‘zini nazorat qilish,
bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.
Ta’limning darsdan tashqari boshqa shakllari. Ta’limning maktabdan tashqari shakllari xilma - xil bo‘lib, ular
orsida uy vazifalari, ekskursiyalar alohida o‘rinni egallaydi. Uy ishlari sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy
davomi bo‘lib, u o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalashning yetakchi shakli sanaladi.Uy vazifalari
o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalariga ko‘ra bajariladigan amaliy va nazariy
topshiriklardir. Uy vazialari kuyidagi pedagogik talablar asosida tashkil etiladi:
—o‘quvchilarda uy vazifalarini bajarishda ishtiyoq, xavas, qizikishlarni oshirish. Buning uchun uy
vazifalarining maksadi, ularning ahamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar o‘rtasida vorislik
o‘rnatiladi;
—uy vazifalarini bajarishini nazorat etish, bolalarni rag'batlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy ishlarini
namuna qilib ko‘rsatish yo‘llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissida tarbiyalanadi;
—uy vazifalarini asta — sekin murakkablashtirib borish, ularning optimal qiyinligini ta’minlash;
—uy vazifalari turlarini o‘zgartirib turish;
—o‘quvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maqsadi
tushuntiriladi, zarur ko‘rsatmalar beriladi.
—uy vazifasini bajarish uchun gigienik talablarga javob beradigan sharoit yaratish.
O'quvchilarda kuzatish, fakt to‘plash va ularni taxlil qilishga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘quv
ekskursiyasining ahamiyati katta. O'quv ekskursiyalari o‘kuv dasturlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoki bu
o‘kuv predmeti uchun ajratilgan vaqt doirasida o‘tkaziladi. Ekskursiya o‘rganilgan nazariy bilimlarni
amaliyotda kuzatish, ta’limning xayot, ijtimoiy ishlab chikarish bilan boglanishning yetakchi shakli sanaladi.
Ekskursiyaning tarbiyaviy axamiyati xam katta, uning vositasida bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik,
estetik tarbiya amalga oshiriladi. O‘quv ekskursiyalari to‘rt tomonlama tasnif etiladi: o‘quv predmetlariga
ko‘ra, ta’lim jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, tarkibiga ko‘ra, ajratilgan vaktga ko‘ra.
O‘quv predmetlariga ekskursiyaning kuyidagicha turlari farklanadi: ona tilidan lingvestik ekskursiya tarixdan
tarixiy obidalarga ekskursiya, fizika va ximiyadan zavod va fabrikalarga ekskursiya, tabiatshunoslikdan
tabiatga ekskursiya.
Ta’lim jarayoni o‘rniga ko‘ra ekskursiyaning kuyidagi turlari ajratiladi: kirish ekskursiyalari - o‘kuv
predmetiga oid faktlar to‘planadi, joriy ekskursiya - o'quv predmetini, uning biror bo‘limini o‘rganish bilan
376
bilan alokador ekskursiya. Ekskursiyaning bu turi o‘quv predmetiga oid ekskursiya. Bunday ekskursiya
materiallari geogrfiya, biologiya, fizika kabi qator o‘quv predmetlari bo‘yicha to‘planadi. Ajratilgan vaqtga
ko‘ra ekskursichning ikki turi farqlanadi: qiska muddatli ekskursiya - Masalan: biologiyadan «gulning
tuzilishi» mavzusini o‘tishdan oldin qisqa muddatli ekskursiya o‘tkazish, yerga tushgan gullarni to‘plash,
dars paytida ulardan jonli material sifatida foydalaniladi: uzoq muddatli ekskursiyalarga bir kun, xatto o‘quv
xaftasi ajratilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. О‘zbekistonninng о‘z istiqlol va taraqqiyot
yо‘li. – Toshkent, О‘zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
3. О‘zRning “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod –
О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq
nashriyot-matbaa konserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq
merosi nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika
nazariyasi / M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar. Prof.
M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent:
“Iqtisod-moliya”, 1996.
377
Do'stlaringiz bilan baham: |