Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Masharipova Barno Erkin qizi, 
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti, Magistratura bo'limi 70110201- 
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( Maktabgacha ta'lim) 1- kurs magistranti

Название публикации:
«MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA 
BO‘LAJAK 
PEDAGOG 

TARBIYACHILARNING 
KASBIY 
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH» 
Annotation: 
this article describes the views on the formation of professional 
competence of future teachers in preschool organizations. 
Keywords: 
future teacher, responsibility for the profession, the purpose and 
means of upbringing, Organization, young generation, mental, aesthetic.
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak 
pedagog - tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish xususida fikrlar 
bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: 
Bo’lajak o’qituvchi, kasbiga ma’suliyat, tarbiya maqsadi va 
vositalari, MTT, tashkilot, yosh avlod, aqliyintellektual, estetik. 
KIRISH. (Introduction) 
 
Turli yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni u hoh matematik, fizik, tarixchi yoki tarbiya 
o‘qituvchisi bo‘lsin uning ish uslubi bevosita pedagogik faoliyat bilan bog‘liqdir. 
Darsning mazmunli va sifatli olib borilishi o‘z navbatida, uning pedagogik mahorati, 
pedagogik ko‘nikmasi, pedagogik malakasi, umuman pedagogik faoliyati bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy: “Pedagogik 
rahbarlikning sirlaridan biri o‘qituvchilarda muntazam izlanish va o‘z ishining tahliliga 
qiziqish uyg‘otishdan iborat. Kimki o‘z darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro 
munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida 
bo‘lishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi” - 


378 
deb, pedagogik faoliyatga o‘z ta’rifini shunday ifodalagan edi. Shu nuqtai nazardan 
olganda, o‘z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh bo‘lg‘usi tarbiya 
o‘qituvchisi umuman jismonan va ruhan bo‘shashishi yoki butunlay osoyishtalikka 
berilishi mumkin emas. Bizga ma’lumki, bu tuyg‘u psixologiya fanida “relaksatsiya” 
deb atalib, kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida 
e’tirof etiladi. 
Har bir bo‘lg‘usi tarbiya o‘qituvchisi pedagogik mahoratni to‘liq egallashi 
uchun: 
birinchidan, o‘z o‘quv fanini davr talablari asosida o‘zlashtirgan bo‘lishi; 
ikkinchidan, psixologik va pedagogik bilimlarga ega bo‘lishi (o‘quvchilar 
xarakteriga mos usullarni qo‘llay olishi); 
uchinchidan, o‘zida pedagogik izlanuvchanlik va fidoyilikni tarkib toptirishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Rus olimi I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi 
sifatida quyidagi fikrni bildiradi: “Pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining 
pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal 
egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga 
axloqiy-estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi 
tushuniladi”. Shuningdek, bo‘lajak tarbiya o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida 
o‘qituvchilik kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z fanini o‘qitish metodikasini mukammal 
bilishi, pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi, pedagogik texnikani o‘z o‘rnida 
qo‘llay bilishi eng muhim komponentlardan bo‘lib hisoblanadi.
 
Respublikamizda 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi 
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab 
chiqildi. Kontseptsiya O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni 
rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, o’rta va uzoq muddatli 
istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish 


379 
uchun asos bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, ma’naviy 
salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik 
kasb emoqda. Bu borada pedagog rahbar–jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga 
qo’ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda 
jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida 
maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim 
berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. 
Aynan, maktabgacha ta’limni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan 
belgilanuvchi ta’lim sifatini oshirish muhim va zaruriy bo’lib hisoblanadi. 
Bugungi kunda ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, 
ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. 
O’zbekistonda uchinchi Renessans uyg’onish davri, ya’ni jamiyat hayotida har bir soha 
bo’yicha, shuningdek, ilm-fanda, ta’lim-tarbiyada uzoq muddatli turg’unlikdan keyin 
qayta jonlanish, tez suratlarda rivojlanish, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat 
bosqichiga chiqishidir. Bu borada bugungi kunda mamlakatimizda ham muxtaram 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, 
ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag’ishlangan qator 
videoselektor yig’ilishlar o’tkazildi va joriy yilning 6 noyabr kuni qabul qilingan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida 
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-
6108-son farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qabul qarorida ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya 
beruvchi pedagogkadrlar nafaqat bilimdon, balki, eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar 
sohibi bo’lishi lozim. Darhaqiqat, talaba-yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar 
tanlashi, uni o’rganishi, malakali mutaxassis bo’lib etishishida ta’lim-tarbiya 
beruvchilarning ma’naviy qiyofasi, ahloqiy fazilati, kasb ma’suliyati muhim 
ahamiyatga ega. 


380 
Bo‘lg‘usi tarbiya o‘qituvchilari o‘z pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan 
ishlash jarayonida teran, ta’sirli, mantiqli, chiroyli gapira olishi va o‘z o‘rnida 
tarbiyaviy ahamiyatga molik iboralardan o‘rnida to‘g‘ri foydalana olishi zarur. Shuni 
esdan chiqarmaslik kerakki, o‘qituvchining nutqi har bir o‘quvchi uchun ibrat manbai 
bo‘lib, hatto beparvolik bilan uning jahlini chiqarib, intizomni buzib turgan o‘quvchiga 
nisbatan qo‘pol muomala, haqoratlash, kamsitish, shaxsiyatiga tegish bilan emas, balki 
pozitiv yondashgan holda vaziyatdan chiqib ketish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. 
O‘qituvchi dars mashg‘ulotini olib borar ekan, uning ovozi auditoriyani boshqarish 
quroli bo‘lishi lozim. Tarbiya bilan bog‘liq mashqlarni tushuntirish vaqtida u ovozini 
kerakli o‘rinda ko‘tarish va pasaytirish orqali o‘quvchilarning nimalarga asosiy urg‘u 
berish kerakligini bildira olishi kerak. 
Kreativlik bo‘lajak o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlari 
jarayonida an’anaviy yondoshuv va fikrlashidan farqli ravishda mashg‘ulot 
samaradorligini ta’minlashga qaratilgan yangi g‘oyalarni yaratish va mavjud 
muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi, aniq maqsadga erishish uchun 
mavjud muammolarni yechimini topish va uni bartaraf etish qobiliyati shakllanganligi, 
tasodifan yuzaga kelgan muammolarni oqilona, tezkorlik bilan hal qilinishiga yordam 
beradi. Bo‘lajak tarbiya o‘qituvchilari ilmiy pedagogik faolitida kreativlik quyidagi 
hollarda namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin: 
o‘qituvchi fikri va nutqining ravonligi; 
- o‘qituvchi o‘z fikrni aniq belgilangan maqsadga muvofiq yo‘naltira olishi; 
- o‘qituvchining ijodkorligidagi o‘ziga xoslik (originallik); 

o‘qituvchidagi 
qiziquvchanlik, 
yangi 
g‘oyalarni 
yaratuvchanlik, 
fantaziyasining kengligi, farazlar yaratish qobiliyati; 
- o‘quvchining qobiliyatini, layoqatini o‘rganish va uni aniq baholash; 
- o‘qituvchi fan metodikasini o‘zlashtirgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etishi; 


381 
- o‘qituvchi fan yutuqlariga oid yangi ma’lumotlar bo‘yicha hamkasblari bilan 
ijodiy fikr almashishi; 
- o‘qituvchi sohasiga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni mustaqil o‘rganishi va 
amaliyotda qo‘llay bilishi; 
- o‘qituvchi uzluksiz ravishda o‘z bilimi, ko‘nikma va malakasini oshirib 
borishi; 
- o‘qituvchi o‘quvchining ishonchiga kira olishi, uning qalbiga yo‘l topa olishi 
va u bilan muloqot bog‘lay olishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning, “Bugun biz 
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan 
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon 
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya, 
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajakdir” - degan fikrlari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi ta’lim sohasini innovatsiyasiz tasavvur 
qilish qiyin albatta. 
O‘z navbatida, bo‘lajak tarbiya o‘qituvchilarini davr xarakteridan kelib chiqib, 
ularni innovatsion faoliyatga tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish 
zaruratining oshib borishi va ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faoliyatini 
boshqarish eng avvalo, tarbiya mashg‘ulotlarining bevosita barkamol shaxs tarbiyasiga 
yo‘naltirilishi bilan uzviy bog‘lik ekanligini unutmaslik lozim. 
Tarbiya maqsadi va vositalar yangilanishi o’quvchilarning ma’naviy qiyofasida 
birmuncha o’zgartirishlarga sabab bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish 
uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan 
tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Ma’naviy tarbiya, aslida, ajdodlar hayot 
tajribasini yoshlarga etkazishga va shu asosda ularning jamiyatda o’z o’rnilarini 
topishga imkon beradigan murakkab jarayondir.Bugungi kunda tarbiyaviy ishlar 
bo’yicha yangi konsepsiyani yaratishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’lim 
muassasalari tarbiyaviy jarayonni tashkil kilish va muvaffakiyatli davom ettirish uchun 


382 
zarur bo’lgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo’llash 
masalalari pedagogik jamoalariing eng muhim muammosi bo’lib kolmoqda. Ta’lim 
muassasalarida o’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini 
oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to’g’ri tashkil kilish va qo’llashga bog’liq. 
Bu esa, o’z navbatida ta’lim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish 
uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab 
etadi. Fikrimizcha, ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodii 
faollik, mustakil fikrlash va moxirona harakatlarga io’naltirilgan bo’liish va tarbiyachi 
xamda o’kuvchilar tomonidan minimal kuch sarflagats xolda tarbiyaviy ishlar bo’yicha 
ko’iilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish, 
tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy 
faoliyatining asosiy kismidan iborat bo’lishi kerak. 
Bo’lajak pedagog-kadrlarning insoniy sifatlarini shakllantirish, kasbiga nisbatan 
ma’suliyat hissini tarbiyalash, o’ta muhim vazifa bo’lib turibdi. Tarbiyaviy faoliyat 
borasida so’z ketganda kasbiy ma’suliyat haqida gapirish mumkin. Kasbiga ma’suliyat 
hissini oshirishda tarbiyaviy ishlarning o’rni judayam muhimdir. 
Bu maqsadlarga erishishda talaba ongiga ta’sir etish zaruriyati mavjud. Inson 
ongiga ta’sir ettirishda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati judayam yuqori o’rinni egallaydi. 
Ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalangan xalqning ijtimoiy va ma’naviy 
imkoniyatlari tobora yuksalib boradi. Fan-texnika taraqqiyoti va yoshlarni hayotga 
tayyorlash muammosi ta’lim-tarbiya jarayonida jarayonida zamonaviy axborot 
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrgacha bo’lgan vaqt 
mobaynida, oliy ta’lim muassasalarida elektron axborot resurslarini yaratish hamda 
informatsion va ta’limiy saytlar yaratish, o’quv jarayoniga axborot texnologiyalarini 
joriy qilish bo’yicha etarlicha tajriba orttirilgan. 
Ta’limni axborotlashtirish , ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurslaridan 
foydalanish so’zsiz o’z samarali natijasini bermoqda. Shu o’rinda aytishimiz joizdirki 
, axborotlashgan ta’lim tizimida nafaqat ta’lim resurslari, balki elektron tarbiya 


383 
resurslaridan ham foydalanish shubhasiz muhim hisoblanadi, chunki har qanday 
ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlashgandagina etuk ma’naviyatga zamin bo’ladi. Bu esa 
o’z-o’zidan ta’lim tizimi oldiga elektron tarbiya resurslari yaratish muammosini 
qo’yadi. Bugungi kungacha bo’lgan ta’lim tizimidagi elektron resurslarning holati 
tahlili ko’rsatishicha, ta’lim muassasalarining mahalliy tarmoq negizini faqatgina 
ta’limiy saytlar hamda o’quv - metodik materiallar tashkil etadi. Shunday ekan, 
elektron ta’lim resurslariga qo’shimcha elektron tarbiya resurslarini ham yaratish 
shubhasiz dolzarb va muhim hisoblanadi. 
Biz elektron tarbiya resurslarini maqsadiga ko’ra qo’yidagi turlarga ajratishimiz 
mumkin: 
-Ma’naviy tarbiya elektron resurslari: Bunda milliy va umumbashariy 
qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi, ota-bobolarimizning milliy urf-odat 
va an’analarini targ’ib qiluvchi hamda o’zbek halqining, ma’naviyatining buyuk 
namoyandalari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn 
Sino, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Kamoliddin Behzod, Umar 
Hayyom va boshqa allomalarning ilmiy merosi, ma’naviy-ahloqiy qarashlarida komil 
inson tarbiyasi haqidagi konsepsiyalari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Asrlar osha 
ajdodlarimiz, alloma-donishmandlarimiz, amalga oshirgan o’ziga xos milliy tuyg’ular 
bilan sayqal topgan urf-odatlar, qadriyatlar, madaniyat va sa’nat asarlari jahon 
ma’naviyatida insoniyatning ustuvor yutuqlari hisoblanadi. 
-Axloqiy 
tarbiya 
resurslari: 
Axloqiy 
tarbiya 
jarayonida 
ko’proq 
o’gitnasihatlardan, buyuk allomalarning YUsuf Xos Xojibning “ Qutadg’u bilig”, 
Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx 
Sa’diyning “Bo’ston va Guliston”, Jomiyning “Bahoriston” i, Alisher Navoiyning 
“Hayratulabror” va “ Mahbubul-qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi 
pandnoma, nasihatnoma tarzida yozilgan asarlaridan foydalanish. 
Estetik tarbiya resurslari: Xalq amaliy sa’nati va hunarmandchiligi milliy 
qadriyat sifatida uzoq tarixga ega.Amaliy sa’nat turlaridan o’ymakorlik (yog’och, 
ganch va mis o’ymakorligi), zargarlik, zardo’zlik, kashtado’zlik, kulolchilik kabilar 


384 
yoshlarda go’zallikni his qilish tuyg’ularini shakllantiradi. Milliy ohanglarning estetik 
tarbiyadagi o’rni juda ham beqiyos. SHuning uchun ham halq ohanglari, nola va 
qochirimlarini va boshqa milliy zarblarni tinglagan kishi uni befarq tinglay olmaydi, 
unga mutelarcha ergashadi, qo’shilib hirgoyi qiladi, raqsga tushadi – musiqa uni o’z 
sehrli og’ushiga oladi. Mumtoz qo’shiqlar estetik tarbiya omili bo’lmasdan, o’ziga xos 
ma’naviy tarbiya omili hamdir. 
-Jismoniy tarbiya elektron resurslari: Jismoniy tarbiya sog’liq garovi ekanligini 
bilgan holda turli jismoniy mashqlar haqida, ajdodlarimizning milliy sport turlaridan 
bo’lgan – kurash xaqida va yana salomatlik saboqlari asosida elektron saytlar 
yaratiladi. 
Bo’lajak o’qituvchining chuqur bilim va samarali faoliyat yurita olish 
mahoratiga ega bo’lishi ma’lum fan asoslari borasida unda etarli nazariy va amaliy 
bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli 
foydalashish malakasining nechog’lik shakllanganiga bog’liqdir. SHunga ko’ra, ta’lim 
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirish va undan unumli 
foydalanishning metodik hamda amaliy asoslarini yaratish muhim vazifalardan 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish hamda keng ko’lamda ko’llash jahon taraqqiyotining global yo’nalishi 
hisoblanadi. Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, mamlakatda axborot-lashtirish 
jarayoni tez sur’atlar bilan o’sib borayottan hozirgi davrda axborot texnologiyalari 
ta’limi jarayonida shu kabi elektron tarbiya resurslar yaratish amaliy ishlari olib borilsa 
ham ta’limning, ham tarbiyaning samaradorligiga erishish mumkin bo’ladi. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish