Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Adabiyotlar: 
1.
Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий 
асослари. Докт. дисс. Тошкент, 2003. -320 б. 
2.
Р.А.Мавлонова, Б.Нормуродова. “Тарбиявий ишлар методикаси”. –Т., 2007 
йил. 


362 
ФИО автора: 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti 
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi

Naimova Risolatxon Shuhrat qizi 
Название публикации:
«ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-
XORAZMIYNING DIDAKTIK G'OYALARI. ABU RAYHON BERUNIYNING 
PEDAGOGIK QARASHLARI» 
Anotatsiya: Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al- Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug’ildi. 
Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab – madrasada o’rgandi. U shaharda birinchi o’quvchi 
edi. U ilmiy masalalarni o’z o’qituvchilaridan yaxshiroq tushunar, juda ko’p o’qir, o’z ustida tinimsiz ishlar, 
madrasaning majburiy darslari bilan chegaralanib qolmas edi. Yuqorida aytilganlaridan Xorazmiy buyuk 
iste’dod egasi ekani ko’rinadi. Ammo uning yoshlik davri Xorazmni arablar zabt etgan, Xorazm o’z boshidan 
tushkunlik kechirayotgan davrga to’g’ri keladi. Shu sababli Xorazmiy VIII asr oxirida Bag’dodga ketadi. Bu 
asrning o’rtalarida davlat boshiga abbosiylar kelgan va sharqiy arab xalifaligida hayot iziga tusha boshlagan 
edi. Bag’dodga turli kasb egalari, olimlar to’plana boshladi. 
Kalit so'zlar: falokiyot jadvallari; ilmiy meros; mutafakkir; risolalar; yodgorliklar.
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-
kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. 
• U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. 
• Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. 
• Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik 
jadvallar tuzdi. 
Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va 
astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. 
Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va 
eng faol a’zolaridan biri edi. 
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al- Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug’ildi. Xorazmiy 
o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab – madrasada o’rgandi. U shaharda birinchi o’quvchi edi. U 
ilmiy masalalarni o’z o’qituvchilaridan yaxshiroq tushunar, juda ko’p o’qir, o’z ustida tinimsiz ishlar, 
madrasaning majburiy darslari bilan chegaralanib qolmas edi. Yuqorida aytilganlaridan Xorazmiy buyuk 
iste’dod egasi ekani ko’rinadi. Ammo uning yoshlik davri Xorazmni arablar zabt etgan, Xorazm o’z boshidan 
tushkunlik kechirayotgan davrga to’g’ri keladi. Shu sababli Xorazmiy VIII asr oxirida Bag’dodga ketadi. Bu 
asrning o’rtalarida davlat boshiga abbosiylar kelgan va sharqiy arab xalifaligida hayot iziga tusha boshlagan 
edi. Bag’dodga turli kasb egalari, olimlar to’plana boshladi. 
Movarounnahrda ilm-fan va ma`rifat sohasida o`z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo`lgan faylasuf va 
munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom 
qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o`z ilmiy merosida ta`limiy-axloqiy 


363 
asarlar yaratishga ham katta e`tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g`oyalar insonning ham aqliy, ham 
axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega 
bo`ldi. 
Qomusiy olimlar o`z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta 
e`tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy 
munosabatlarni yo`lga qo`yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to`g`risidagi g`oyani ilgari 
surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o`rin egallaydi. 
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o`zining ulkan hissasini qo`shdi. “Al-kitob al-
muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va –l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli 
kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo`llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. 
Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo`lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik 
qism-algebraik usul qo`llab o`lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo`lib, muallif uni “Vasiyatlar 
kitobi” deb ataydi. 
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko`rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli 
vositalari, savol-javob, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan 
foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon 
etishga e`tibor berganligini ko`rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o`z ichiga oluvchi 
“Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta`lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma 
tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o`lchashda, 
kanallar o`tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun 
zarurdir”1.Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon 
etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo`lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini 
namoyon etadi. 
O‘rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo‘lib, uning 
olim sifatida shakllanishida o‘sha davrning allomalari al-Xorazimiy, al-Forobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu 
Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar 
soni 150 dan ortiq bo‘lib, deyarli barcha fan sohalariga bag‘ishlab yozilgan. Olimiing "O‘tmish yodgorliklari", 
"Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", ―Hindiston", ―Qonuni Mas‘udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" 
kabi asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, 
biroq uning barcha asarlarida ta‘lim-tarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogik qarashlar 
sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning 
ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi 
bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan. 
―Beruniy ilmiy merosida u yaratgan tabiatni o‘rganish va bilish metodi katta o‘rin egallaydi. Bu uning 
dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan. Uningcha, fan javob berolmagan bilim 
sohalarini diniy bilimlardan izlash lozim. U hech qachon dinga qarshi bormagan, dinga e‘tiqodli, chin 
musulmon bo‘lgan Beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida uning obyektivli kuzatish, tajribalarga 
tayanish, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, faktlarga tanqidiy yondashish, ularni allaqachon ma‘lum 
bo‘lgan haqiqat bilan chatishtirish, mantiqan umumlashtirishga, aqliy umumlashtirishdan nazariya hosil qilish 
kabi ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi. Beruniy milodning 1000 yilida "O‘tmish 
xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unda qadimiy Sharq xalqlari, arablar, suriyaliklar, yahudiylar, 
eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning urf odatlarini ilmiy asosda tekshirib, bu bilan Sharq 
xalqlari etnografiyasiga asos soladi. Bu asar Sharq xalqlari etnografiyasi tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlar 
asosida yozilgan. Uning mazkur asari A.Rasulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, qisqacha 


364 
mazmuni prof.A.Qayumovning Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan. Asarda 
kecha va kunduzning almashinishi, quyosh va yer harakati, yil va oy haqida, eroniylar, sug‘diylar, 
xorazmiylarning qarashlari to‘grisida shaxsiy ma‘lumotlar bayon qilingan. Sharq mamlakatlari, rimliklar, 
yahudiylar, arablar yil hisobi haqida xabar berilgan. Unda inson yashay boshlagan payt hisobiga doir jadval 
mavjud, unda turli xalqlar orasidagi inson paydo bo‘lishiga doir tasavvurlar qaqida ham ma‘lumotlar mavjud. 
Masalan eronliklar tarixining boshlanishini Qayumarsdan Aleksandr Makadonskiyning Doro ustidan g‘alaba 
qozonganigacha, bu davrdan Sosoniylar shoxi Ardasher Babak (226-241) davrigacha so‘ngra, u davrdan 
Islomgacha bo‘lgan jami uch davrga bo‘ladilar. Xorazimliklarning tarix hisobi xaqida esa Beruniy 
quyidagalarini yozadi: "Ular (Xorazmliklar - Yu.A.) Xorazmga odam joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. 
Bu Iskandardan 980 yil ilgari edi. U Qutayba tomonidan Xorazm xatini biladigan savodli dindagi kishilarning 
barchasi o‘ldirilgani xaqida ham xabar qiladi. 
Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos 
madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik 
uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti 
va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- 
bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi 
ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila 
va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar 
kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari 
hisoblanadilar. 
Eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, 
Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi IX-
VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, 
eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar 
va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi. 
Qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning 
hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning 
namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning 
«Tarix», Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, 
Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish 
insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. 
Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» 
kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. 
Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar 
bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan. 
Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at 
sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. 
Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda 
erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI 
VA AHAMIYATI. 
2. Turg’Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA “O’TTIZ YILLIK URUSH” NING 


365 
AHAMIYATI. 
3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON 
MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI. 
4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI.
5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA ELAM 
DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI.
6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDAGI 
ISLOHOTLAR. 
7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI 
O’RGANILISHI.
8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O’RNI VA AHAMYATI.


366 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish