Obyektiv tomondan
surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilishda
ifodalanadi.
Oshkor etish
deganda, ishdagi ma’lumotlarning oshkor qilinishiga yo‘l
qo‘yib bo‘lmasligi haqida tergovchi tomonidan ogohlantirilgan
jabrlanuvchi, guvoh, himoyachi yoxud boshqa shaxslarning ana shunday
axborotni uchinchi shaxslarga har qanday ko‘rinishda oshkor qilishini
tushunish zarur.
Aksariyat hollarda, surishtiruv, dastlabki tergovning oshkor qilib
bo‘lmaydigan ma’lumotlariga muayyan ishdagi jiddiy ahamiyatga molik
axborotlar (guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi va h.k.lar) ham
kiradi.
Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish jarayonida olingan
ma’lumotlar
jinoyat
predmeti
hisoblanadi.
Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlari
deb, surishtiruv va
dastlabki
tergov jarayonida olingan, so‘roq, yuzlashtirish, tintuv, tergov
eksperimentlari bayonnomalarida, ekspertiza materiallari va boshqa
hujjatlarda mavjud ma’lumotlarga aytiladi. Biroq sharhlanayotgan modda
nuqtai
nazaridan
ma’lumotlar
deganda, faqat surishtiruv va dastlabki
tergov jarayonida olinib, ularga nisbatan tergovchi,
surishtiruvchi yoki
prokuror ularni ovoza qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida
ogohlantirgan hamda bu haqda tegishli tilxat olingan ma’lumotlargina
tushuniladi.
Agar shaxs ma’lumotlarni ovoza qilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida
ogohlantirilmagan bo‘lsa, uni sharhlanayotgan modda bo‘yicha
javobgarlikka jalb qilish mumkin emas.
Bu ma’lumotlar, shuningdek, boshqa yo‘l bilan (masalan, shohid, guvoh,
boshqa shaxslar bilan suhbatlashuv natijasida) olingan bo‘lishi mumkin.
Biroq surishtiruv va dastlabki tergovga oid ma’lumot sifatida e’tirof
etilishi uchun ularga nisbatan aybdordan JPK 353-moddasiga binoan tilxat
olingan bo‘lishi shart. Bunda bu ma’lumotlar kimga yoki nimaga
taalluqliligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, ekspert o‘zi o‘tkazgan
ekspertiza ma’lumotlarini, guvoh — o‘z ko‘rsatmalarini ovoza
qilish
515
huquqiga ega emas. JPK 353-moddasi 1-qismiga ko‘ra, «tergovchi jinoyat
ishidagi barcha ma’lumotlarni yoki uning muayyan qismidagi
ma’lumotlarni oshkor qilinmaydigan deb e’tirof etishga haqli. Ana shu
asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki
tergov harakatlarini
bajarishda hozir bo‘lgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan
shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni
uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida majburiyat yuklatilgani
haqida tilxat olishi mumkin».
Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlari oshkor qilingan, ana shu
axborotlar begona shaxslar mulkiga aylangan paytdan e’tiboran jinoyat
Do'stlaringiz bilan baham: