Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Jinoyat kodeksi 240-moddasining 2-qismiga



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet434/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Jinoyat kodeksi 240-moddasining 2-qismiga
muvofiq, gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari 
guvohlik ko‘rsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi 
uchun, shuningdek, guvoh o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishni rad etganda 
javobgarlikka tortilmaydilar. 
13-§. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish
(JK 241-moddasi) 
Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirishning 
bevosita obyekti
— mazmuni odil sudlovni amalga oshiradigan sud, prokuratura, dastlabki 
tergov yoki surishtiruv idoralarining bir me’yordagi faoliyatidan iborat 
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar. 
Obyektiv tomondan 
JK 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan 
jinoyat tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir 
jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslikdan iboratdir. 
NOTA BENE ! 
Xabar bermaslik 
deganda, o‘z faoliyati munosabati bilan yoxud boshqa 
sabablarga ko‘ra qandaydir shaxslar tomonidan og‘ir yoki o‘ta og‘ir 
jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi yoxud tugallangan 
jinoyatdan xabar topgan shaxsning shu haqdagi axborotni davlat 
hokimiyati, huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazmasligini 
tushunish zarur. 
Tayyorlanayotgan jinoyat 
— bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan qilmishni sodir 
etishni tayyorlashga qaratilgan harakatlar. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish 
zarur qurol, portlovchi moddalar, vaziyatni o‘rganish, ishtirokchilarni 
qidirish va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
518 


Sodir etilgan jinoyat 
— jinoyatning tugallangan tarkibini tashkil 
qiluvchi harakatdir. Sodir etilgan jinoyat kabi, jinoyat sodir etishga suiqasd 
qilish ham sharhlanayotgan modda doirasida ko‘rib chiqilishi kerak.
Tayyorlanayotgani aniq ma’lum bo‘lgan yoki sodir etilgan jinoyat 
haqida ayblanuvchi huquqni muhofaza qilish organlari: surishtiruv, 
dastlabki tergov, prokuratura va sudga xabar bermagan holdagina xabar 
bermaslikni tan olish mumkin. Bunday organlarga xabar berish yozma 
yoki oQzaki; shaxsan yoki vositachi orqali; anonim yoki ochiq tarzda 
amalga oshirilishi mumkin, xabar berishning shakli va turi ahamiyatga ega 
emas. 
Mazkur modda bo‘yicha javobgarlik yuzaga kelishining muhim sharti — 
ma’lumotlar aybdorga aniq ma’lum bo‘lishi lozimligi. 
Shaxsda

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish