Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Xavfli retsidivist 
tomonidan pora olinishi JK 210-moddasi 2-qismi «a» 
bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Mansabdor shaxs tomonidan qonuniy manfaatlarining buzilishi tahdidi 
bilan shaxsdan pora talab qilishi yoxud o‘zining qonuniy manfaatlari 
buzilishining oldini olish maqsadida pora berishga majbur bo‘lgan ahvolga 
solib qo‘yilishi 
tovlamachilik yo‘li bilan pora olish 
jinoyatining tarkibini 
364 


hosil qiladi. 
Pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab uning qonunga xilof talablarini 
bajarganlik uchun pora talab qilish tovlamachilik yo‘li bilan pora olishning 
tarkibini hosil qilmaydi. 
Mansabdor shaxs tovlamachilik yo‘li bilan pora olishda 
pora 
predmetini ololmagan bo‘lsa, qilmish jinoyatni sodir etishga suiqasd deb 
topiladi. 
Jinoyatni sodir etishda uni amalga oshirish haqida oldindan kelishib 
olgan ikki yoki undan ortiq mansabdor shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, 
mansabdor shaxsning harakatlari bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan 
oldindan til biriktirib sodir etilgan pora olish deb kvalifikatsiya qilinmog‘i 
lozim. Bunday hollarda, jinoyat mansabdor shaxslardan bittasi poraning 
loaqal bir qismini olgan paytdan e’tiboran 
tugallangan 
deb topiladi. 
JK 210-moddasi 3-qismida

a) juda ko‘p miqdorda
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab pora olganlik uchun jinoiy 
javobgarlik nazarda tutilgan. 
7-§. Pora berish (JK 211-moddasi) 
Jinoyatning 
obyekti 
va 
predmeti 
pora olish jinoyati tarkibi belgilari 
bilan bir xil. 
(Bu haqda batafsil JK 210-moddasi tahliliga qarang.) 
Obyektiv tomondan 
pora berish, mansabdor shaxsning o‘z xizmat 
mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan 
muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi 
yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orqali qonunga 
xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy 
manfaatdor etishda ifodalanadi. 
Pora berish, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan 
foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan 
harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki 
bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orqali qonunga xilof 
ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy 
365 


manfaatdor etishda namoyon bo‘ladigan harakatlarda ko‘rinadi. 
Agar pora beruvchi shaxs mansabdor shaxsni xizmat bo‘yicha 
noqonuniy harakatlarni sodir etishga jalb qilsa, uning harakati nafaqat pora 
berish, balki mansabdor shaxsni jinoyat sodir etishga jalb qilish bilan ham 
kvalifikatsiya qilinadi. 
Agar pora berish bir necha harakatlarda sodir etilsa, jinoyat pora 
oluvchiga poraning hech bo‘lmaganda bir qismi berilgan paytdan e’tiboran 
tugallangan 
hisoblanadi. Konvertga solingan pulni mansabdor shaxsning 
stoli yoki kabinetidagi boshqa joyga qo‘yish, agar bu pul olinmagan 
bo‘lsa, pora berishga suiqasd qilish hisoblanadi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish