Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi 
deganda, 
nafaqat mansabdor shaxsning o‘z xizmat vakolatlari doirasiga kiradigan 
harakatlarni sodir etishi, balki boshqa mansabdor shaxslarga ta’sir 
ko‘rsatishi va ularning vakolatlaridan foydalangan holda pora 
beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi tushuniladi. 
Mansabdor shaxs tomonidan o‘zining shaxsiy aloqalaridan foydalanish 
xizmat mavqeidan foydalanish sifatida baholanmasligi kerak. 
Mansabdor shaxsning nafaqat xizmat mavqeiga kiruvchi harakatlarni, 
balki boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlari o‘rtasida pora 
oluvchining mansab mavqei bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu shaxslar muayyan 
tomonidan harakatlarning sodir etilishiga ta’sir ko‘rsatishi va ularning 
vakolatlaridan foydalanishi jinoyatni mazkur modda bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilishning zaruriy shartidir. 
Pora olish — pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab muayyan 
harakatlarni sodir etganlik uchun g‘ayriqonuniy haq olishidir. 
Pora beruvchining manfaatlari 
deganda, nafaqat uning shaxsiy 
manfaatlari, balki uchinchi shaxslar, yaqin qarindoshlar, yaqin shaxslar va 
boshqa shu kabilarning ham har qanday manfaatlari tushuniladi. 
Mansabdor shaxs tomonidan o‘z bo‘ysunuvidagi shaxslardan ularning 
manfaatlari yo‘lida biror harakat qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa 
qimmatliklarning olinishi pora olish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Bunda sud hukmida pora beruvchi manfaatlarida qaysi harakatni sodir 
etish yoki etmaslik uchun pora olinganligi ko‘rsatilishi lozim. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, mansabdor shaxs qilmishini pora olish deb 
kvalifikatsiya qilish uchun pora predmetini olish vaqti hech qanday 
ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Pora mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchi manfaatida muayyan 
harakatni sodir etishgacha bo‘lgan vaqtda (sotib olish porasi) yoki pora 
361 


predmeti mansabdor shaxs tomonidan pora beruvchi manfaatida muayyan 
harakat sodir etilgandan keyin olinishi mumkin (pora-mukofot). Bunda 
qilmishni kvalifikatsiya qilish chog‘ida poraning oldindan 
shartlashilganligi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Mansabdor shaxsning biror-bir mulkiy manfaatlarni ko‘rish yoki moddiy 
qiymatliklar olish maqsadida o‘z xizmat yoki mansab vakolatlariga 
kirmaydigan harakatlarni sodir etishga qaratilgan harakatlarini firibgarlik 
(JKning 168-moddasi) yo‘li bilan o‘zganing mulkini olishga qaratilgan 
harakat sifatida tavsiflash lozim. 
Pora olish jinoyati pora oluvchi tomonidan pora beruvchining 
manfaatlarini ko‘zlab, aniq harakatlar sodir etilgan yoki etilmaganligidan 
qat’i nazar, pora predmetining loaqal bir qismi olingan paytdan e’tiboran 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish