Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Subyektiv tomondan 
jinoyat 
to‘g‘ri qasd bilan 
sodir etiladi. Subyektiv 
tomonning zaruriy belgisi soxtakorlikni amalga oshiruvchi mansabdor 
shaxsning g‘arazli yoki boshqa manfaati hisoblanadi. 
Mansab soxtakorligi yolg‘on hujjatlardan foydalanib, boshqa jinoyat 
sodir etish uchun amalga oshirilgan holatlarda qilmish jinoyatlar majmui 
357 


bo‘yicha, ya’ni mansab soxtakorligi va boshqa jinoyat sodir etishga 
tayyorgarlik ko‘rish sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Boshqa manfaatlarni ko‘zlash deganda, amalparastlik, oshna-
og‘aynigarchilik, haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish istagi, ishdagi 
kamchiliklarni yashirish va h.k. tushuniladi. 
Mansab soxtakorligi negizida g‘arazli manfaat, subyektning rasmiy 
hujjatlarga oldindan yolg‘on ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, qalbaki 
hujjatlar tayyorlash yoki tuzish va berish orqali moddiy manfaatdorligi 
yotadi. 
Mansab soxtakorligi motivi kabi, boshqa shaxsiy manfaatdorlik subyekt 
o‘z harakatlari orqali nomoddiy xarakterga ega foyda olishidan iborat. 
Jinoyat 
subyekti 
18 yoshga to‘lgan mansabdor shaxs hisoblanadi. 
«Amaldagi qonunchilikka ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning rahbarlari ham mansabdor shaxslar 
toifasiga kiradilar. Shuning uchun, mazkur mansabdor shaxslar tomonidan 
bankka yoki boshqa kredit muassasasiga xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy-xo‘jalik ahvoli to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni 
taqdim qilish yo‘li bilan kredit yoxud kredit olish uchun imtiyozlarning 
olinishi, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yoki tekinga olish maqsadi 
bo‘lmagan taqdirda, agar bu xatti-harakatlar oqibatida davlat yoki jamiyat 
manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 209-
moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan tavsiflanishi kerak»
1

Mansabdor bo‘lmagan shaxs tomonidan rasmiy hujjatlarga soxta 
ma’lumotlar yoki yozuvlar kiritilgan hollarda qilmish JK 228-moddasi 
(Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni 
qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan kvalifikatsiya 
qilinishi lozim. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish