Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

poraning 
predmeti 
bo‘lishi mumkin. 
Shu bilan birga, mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan foydalar pora 
predmeti bo‘lishi mumkin emas. Masalan, mansabdor shaxs tomonidan 
boshqa shaxs manfaatlariga qaratilgan o‘z harakatlari uchun nomoddiy 
xarakterdagi xizmatlar olish: ijobiy tavsifnoma, tavsiyanoma, maqolaga 
taqriz va boshqalar. Muayyan shartlar mavjud bo‘lgan holda mazkur 
harakatlar mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki mansab vakolatidan 
359 


chetga chiqish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Mansabdor shaxs 
tomonidan biror harakat sodir etilganligi uchun u bilan jinsiy aloqaga 
kirishish ham pora predmeti hisoblanmaydi, muayyan shartlar bo‘lgan 
hollarda esa mazkur harakat JK 121-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinishi mumkin. 
Obyektiv tomondan 
pora olish mansabdor shaxsning o‘z xizmat 
mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan 
muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab 
bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali 
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud 
mulkiy naf ko‘rishida ifodalanadi. Garchi ko‘p hollarda pora bevosita yoki 
vositachi orqali pul berish shaklida berilishiga qaramay, sharhlanayotgan 
jinoyat predmetining serqirraligi pora olish va berishning xuddi shunday 
serqirra usullarini keltirib chiqaradi. Amaliyotda pora berishning qimmatli 
buyumni arzon sotish, karta o‘yinida oldindan til biriktirgan holda yutqizib 
qo‘yish, soxta mansab berish va pora oluvchi, uning qarindoshlari yoki 
boshqa ishonchli shaxslarga muntazam ravishda ish haqi to‘lab turish kabi 
boshqa «niqoblangan» usullari ham mavjud. 
Amaliyotda shunday hollar ham uchrab turadiki, moddiy qimmatliklarni 
olayotgan mansabdor shaxs moddiy qimmatliklar muassasa tomonidan 
ko‘rsatilgan xizmat evaziga olinayotganligiga ishontirish orqali mazkur 
qilmishlarning qonuniyligini ko‘rsatish uchun ularni berayotgan shaxslarni 
chalg‘itishga harakat qiladi. Pora predmetlari pora oluvchiga — 
mansabdor shaxsga bevosita va vositachi — oila a’zolari, tanishlar va 
hokazolar orqali berilishi, shuningdek, pora oluvchining bankdagi hisob 
raqamiga ko‘chirilishi ham mumkin. Pora olish usuli va shakli qilmishni 
kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Mansabdor shaxs tomonidan uning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi biror-
bir voqea munosabati bilan qiymati jihatidan uncha qimmat bo‘lmagan 
sovg‘alar olinishi pora hisoblanmaydi. Masalan, yubiley munosabati bilan 
uncha qimmat bo‘lmagan qo‘l soati, dissertatsiya himoyasi munosabati 
bilan guldasta, konfet, faxriy unvonlar olinishi. 
Oldindan til biriktirmagan holda pora olishda aybdor shaxslarning 
360 


javobgarligi masalasini hal etish vaqtida pora beruvchining motivi va 
poraning predmetiga e’tibor qaratish lozim. Shuning uchun, agar olingan 
predmet qiymati uncha katta bo‘lmasa va pora beruvchi uni 
minnatdorchilik sifatida bergan bo‘lsa, u holda qilmish ijtimoiy xavflilik 
xususiyatiga ega bo‘lmagan qilmish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish