Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish
predmeti
sifatida har qanday
moddiy boyliklar (buyumlar, ashyolar), shuningdek turli mulkiy foyda,
mulkiy tusga ega xizmatlarni aytish mumkin.
Moddiy boyliklar
ga mazkur holatda muayyan
bahoga ega har qanday
qimmatliklar tushuniladi (pul, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, shu
jumladan valuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar, nodir toshlar).
Mulkiy foyda
deganda tegishli mansabdor shaxsga tekin tarzda va
(yoki) ochiqchasiga o‘ta pasaytirilgan narxda amalga oshiriladigan turli xil
xizmatlar va (yoki) moddiy naf keltirish tushuniladi.
Mulkiy tusga ega foyda berish deganda shuningdek, tegishli mansabdor
shaxsning sanatoriy yoki turistik yo‘llanmasi, yo‘lkira biletlarini to‘lash,
uning xarajatlari va o‘yin-kulgi, sayr-tomoshasi
sarf-xarajatini qoplash,
ushbu shaxs foydasini ko‘zlab, ta’mirlash, qurilish, restavratsiya va boshqa
ishlarni bajarish tushuniladi.
Qandaydir nomulkiy manfaatlar tijoratda pora evaziga og‘dirib olish
predmeti bo‘lishi mumkin emas. Masalan, jinsiy aloqa qilish, ijobiy
tavsiyanoma, taqriz, tavsifnoma berish, nashrda
chop ettirish, televideniye
orqali namoyish etish va h.k.
Moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy manfaatdor etish
obyektiv
tomondan
nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat
tashkilotining mansabdor shaxsiga o‘z vakolatlaridan foydalangan
holda
sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora
evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi
yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, shaxsan yoki
vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor
etishda ifodalanadi.
Moddiy qimmatliklar yoki mulkiy foyda
berish nodavlat tijorat
tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsi
tomonidan tijoratda pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs foydasiga uning
xizmat vakolatiga kiradigan harakatlar (harakatsizlik) amalga oshirish,
yoki mansabdor shaxs egallab
turgan mansabidan foydalanib, boshqa
mansabdor shaxs tomonidan uning xizmat vakolatiga kiradigan harakatlar
(harakatsizlik) amalga oshirishiga ko‘maklashish, yoxud tijoratda pora
268
evaziga og‘dirib olayotgan shaxs yoki uning vakillariga
xizmat yuzasidan
umumiy homiylik qilish, shu bilan birga mansabdor shaxsning xizmat
bo‘yicha qonunga xilof harakatlariga beparvolik bilan qarashi evaziga
qonunga xilof ravishda shaxsan yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar
taqdim etish, berish, topshirish yoki mulkiy foyda berishda ifodalanadi.
Pora evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan subyekt
mansabdor shaxsni
jinoyat sodir etishga tortsa, u nafaqat pora evaziga og‘dirib olish jinoyati,
balki mansabdor shaxsning jinoyatida ishtirok etganligi (dalolatchilik)
uchun javobgar bo‘lishi lozim.
JKning
Do'stlaringiz bilan baham: