Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

192
9
-moddasi 2-qismi
da nazarda tutilgan jinoyat obyekti va 
predmeti, mazkur moddaning 1-qismida belgilangan jinoyat obyekti va 
predmeti bilan bir xildir. 
Moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaat ko‘rish 
obyektiv 
tomondan
nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkiloti 
mansabdor shaxsining pora olish jinoyati obyektiv tomondan nodavlat 
tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o‘z 
vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan 
muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs 
manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof 
ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor 
bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Mazkur holatda kengaytirilgan sharhlashni 
qo‘llab, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining 
mansabdor shaxsi tomonidan tijoratda pora evaziga og‘dirib olish 
predmetlarini shaxsan yoki vositachi orqali olishni ham JKning 192
9
-
moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilish lozim. 
Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish predmetini olish usullari turlicha 
bo‘lishi mumkin: shaxsan qo‘ldan-qo‘lga, vositachi orqali, pochta orqali 
va h.k. 
Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish predmeti ko‘pincha oshkora 
beriladi, ammo sud-tergov amaliyotida o‘ziga xos yashirin og‘dirish 
holatlari ham uchraydi, masalan, nodavlat tijorat tashkilotining yoki 
boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining tug‘ilgan kuni yoki 
boshqa tadbiri munosabati bilan sovg‘a berish, qarta o‘yinida yutqazish va 
h.k.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda shuni inobatga olish zarurki, aybdor 
pora evaziga og‘dirib olish predmetini og‘dirib olayotgan manfaatida 
ma’lum aniq harakatni bajarish yoki bajarmaslik evaziga olib, bunda 
o‘zining xizmat vokalatlaridan foydalanadi. Shu bilan birga, mazkur 
harakat (harakatsizlik) mansabdor shaxsning xizmat vakolatlari doirasiga 
kirishi lozim. Mansabdor shaxsning xizmat vakolatlari – bu uning qonuniy 
270 


va huquq doirasida harakatlari (harakatsizligi) bo‘lib, shaxs ularni bajarishi 
yoki bajarmasligi lozim edi. Bundan tashqari, tijoratda pora evaziga 
og‘dirib olishni amalga oshirish vaqtiga ko‘ra, moddiy qimmatliklar yoki 
mulkiy foyda avvaldan, «avans» tariqasida berib qo‘yilishi yoki tijoratda 
pora evaziga og‘dirib olish predmeti oluvchisi tomonidan qilmish 
bajarilganidan so‘ng topshirilishi mumkin.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish